Zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti



Download 220,62 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi220,62 Kb.
#833042
Bog'liq
Armatura


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
Qurilish materiallari,buyimlari va konstruktsiyalari texnologiyasi kafedrasi

70730701 - “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” mutaxassisligi magistranti
“Temir-beton konstruktsiyalarini loyihalash”fanidan
Mustaqil ish

Fan oqituvchisi: t.f.d, prof X.A.Akramov


Topshirdi : Sabirpv F. O

Toshkent-2022


Temir-beton konstruksiyalarining armaturasi. Armaturaning klassifikatsiyasi.
Temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda foydalaniladigan armaturalar sterjenli va simli armaturalarga bo’linadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalarga bo’linadi. Armaturadan foydalanish usuliga qarab u zo’riqtirilgan va oddiy armaturaga bo’linadi. Armatura konstruksiyada bajaradigan ishiga ko’ra ishchi va montaj armaturaga bo’linadi. Ishchi armatura hisoblash yo’li bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga ko’ra o’rnatiladi. Taqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armaturasi turiga qo’shiladi. O’zining mexanik xossalariga qarab armaturabop po’latlar quyidagi klasslarga bo’linadi:
a) sterjenli armaturalar:
 A-I (qizdirib prokatlangan, tekis sirtli);
 A-II, A-III, A-IV, A-V va A-VI (qizdirib prokatlangan, davriy profilli);
 Aт- III, Aт-IV, Aт-V va Aт-VI (o’tda toblangan).
b) simli armaturalar:
 В-I (sovuqlayin cho’zilgan, oddiy tekis);
 В-II (yuqori darajada mustahkam, tekis);
 Вр- II (yuqori darajada mustahkam, davriy profilli);
 K-7, K-19 (V-II klassli simdan to’qilgan arqon - kanat).
Armatura klasslarini belgilashda zo’riqish natijasida korrozion yorilishga yuqori chidamlilariga «K» harfi (misol uchun, Aт-IVK), payvadlanadiganiga esa «С» harfi (misol uchun Aт-VIC) qo'shiladi. Agarda armatura payvandlanadigan va yuqori chidamlikka ega bo’lsa «CK» harflari (misol uchun, Aт-VCK) qo’shiladi. A-I klassli po’lat armatura 6 - 40 mm li diametrlarda dumaloq tekis shaklda tayyorlanadi. Nisbiy oquvchanlik chegarasi (235MPa) nisbatan yuqori bo’lmaganligi va tekis yuzali bo’lganligi tufayli undan ishchi armatura sifatida foydalanishga tavsiya etilmaydi. A-II klassli armatura 10 - 40 mm li diametrli uglerodli, diametri 40 – 80 mm bo’lganlari esa past uglerodli po’latdan tayyorlanadi. Uning nisbiy oquvchanlik chegarasi 295 MPa ga teng. Sterjenlar davriy profilga ega bo’lib, ikki qovurg’a va ketma-ket qaytariladigan bo’rtib chiqqan vintsimon chiziqlardan iborat (a - rasm). Sterjenning diametri uning hisobiy dumaloq qismining diametriga mos keladi.


A-III klassli davriy profilli armaturaning bo’rtib chiqqan qismi archasimon bo’lib (b - rasm), diametri 6 – 40 mm ga teng va nisbiy oquvchanlik chegarasi 390 MPa ga teng. Davriy profilli A-IV klassli po’lat, A-III klassli armaturaga o’xshagan bo’lib, 10 – 22 mm li qilib tayyorlanadi. Uning minimal nisbiy oquvchanlik chegarasi ko’rsatkichi 590 MPa ga teng. A-V (diametri 10-32 mm) va A-VI (diametri 10-22 mm) klassli armatura davriy profilga ega bo’lib, nisbiy oquvchanlik chegarasining ko’rsatkichi 785; 980 MPa ga teng. Armaturaning yuqori mexanik sifati legirlovchi qo’shimchalar qo’shish orqali amalga oshiriladi va bu esa po’latning plastiklik xossalarini pasaytiradi. Ammo, po’latning plastiklik xossalari armaturani payvadlash, sterjenlarni bukish va temir-beton elementlarni buzilish vaqtida etarli deformativligini, konstruksiyani yuk ta‘sirida ishlash sharoitini yaxshilash va mo’rtlikdan buzilishning oldini olish imkonini beradi.
Termik mustahkamlangan Aт-IV, Aт-V, Aт-VI va Aт-VII klassli armatura po’latlari 10-32 mm diametrlarda tayyorlanib, nisbiy oquvchanlik chegarasining eng past ko’rsatkichi 590; 785; 980 va 1175 MPa, uzilishdagi nisbiy cho’zilish tegishli ravishda - 8%; 1; 6 va 5,5% ga teng bo’ladi. Korrozion yorilishga chidamli Aт-IVK - Aт-VIK klassli po’lat armaturalar ham Aт-IV-Aт-VI klassli po’latlar kabi profil va mustahkamlik xossalariga ega.
Armaturaning asosiy turlari GOST 5781 bo’yicha belgilanadi. 2, a – rasmda xalqali profil ko’rsatilgan. U dumaloq shakldagi o’zakka bo’ylama bo’rtiq bilan kesishuvchi xalqasimon ko’ndalang bo’rtiqlarni hosil qilish natijasida yasaladi. 2, b – rasmda o’roqsimon profil ko’rsatilgan. 2, v-rasmda avvalgilaridan farqlanadigan profil ko’rsatilgan bo’lib, u beton bilan yaxshi tishlashish imkonini beradi.



Temir-beton konstruksiyalarni armaturalashda diametri 3-5 mm, eng past nisbiy oquvchanlik chegarasi 410 MPa bo’lgan -I klassli armatura simlaridan keng ko’lamda foydalaniladi. Tekis va davriy profilli V - II va -II klassli yuqori mustahkamlikka ega (shatrli oquvchanlik chegarasi V-II-1500-1100MPa va -II-1500-1000 MPa) armatura simlari 3-8 mm diametrlarda sovuq xolda cho’zib tayyorlanadi.


Temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarishda armatura konstruksiyaning turi, betonning turi va klassi, armatura mahsulotlarini tayyorlash va foydalanish sharoiti (korroziyaning xavfliligi) va boshqalarni hisobga olgan xolda tanlanadi. Oddiy temir-beton konstruksiyalarida asosiy ishchi armatura sifatida asosan A-III va -I klassli armaturalardan foydalaniladi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda asosan yuqori mustahkamlikka ega -II , --II, A-VI, Aт-VI, A-V, Aт-V va Aт-VI klassli po’latlardan foydalaniladi.


Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1. X.X.Kamilov “ Oldindan zo’riqtirilgan temir-beton konstruksiyalari texnologiyasi” 2015-yil
2. H.A.Akramov, H.N.Nuritdinov “Beton va temir-beton buyimlari ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent-2011 yil
3. H.A.Akramov, M. Turopov “Beton va temir-beton texnologiyasi”
Toshkent-2019 yil
Download 220,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish