3
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
САМАРҚАНД ИҚТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС ИНСТИТУТИ
«БАНК ИШИ» КАФЕДРАСИ
“ИНВЕСТИЦИЯ ВА ИННОВАЦИЯЛАР”
фанидан
ЎҚУВ – УСЛУБИЙ МАЖМУА
Таълим йўналишлари
:
5230700
-
Банк иши
5230600
-
Молия
5230800
-
Бухгалтерия хисоби ва аудит
САМАРҚАНД -2020
4
“Инвестиция ва инновациялар”
. Ўқув услубий мажмуа.
Фаннинг ўқув услубий мажмуаси Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти
ўқув-услубий кенгашининг 2020 йил “24” июндаги № 10 - сонли мажлис баёни
билан тасдиқланган.
Тақризчилар:
А.Суюнов
СамДАҚИ профессори
Д.Кабилов
«Ориент Финанс» ХАТБ Самарқанд филиали
бошқарувчи ўринбосари
Тузувчилар:
Нозимов Э. А.
СамИСИ «Банк ва иши» кафедраси ассистенти
Ўқув – услубий мажмуа Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти ўкув
услубий кенгашида кўриб чиқилган («24»июндаги 2020 йил 10 - сон
мажлис баённомаси) ва чоп этишга тавсия қилинган.
© Нозимов Э.А.
© СамИСИ, 2020й.
бет
5
I BO’LIM. INVESTITSIYALASH ASOSLARI
I MODUL. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA
MOHIYATI
1.1 – mavzu: “Investitsiya” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
1.
“Investitsiya” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va
boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.
2.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.
1 – savol bayoni.
Davlatning investitsion faoliyati va investitsiya dasturlarini
amalga oshirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiya kiritish
muammolarini o'rganish har doim iqtisodiy fanning diqqat markazida bo'lib kelgan.
Buning sababi shundaki, investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning chuqur poydevorlariga
ta'sir qiladi va umuman iqtisodiy o'sish jarayonini belgilaydi. Zamonaviy sharoitda
ular milliy iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy inqirozni yengish, texnologik
taraqqiyotni ta'minlash, mikro va makro darajada iqtisodiy faoliyat sifat
ko'rsatkichlarini yaxshilashning muhim vositasidir. Shu bois ham hozirgi zamon
bosqichida investitsiya fanining predmeti bo‘lib, investitsiyalarni moliyalashtirish
tizimida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek,
investitsiya fanini o‘rganishda asosiy e’tibor investitsiyalardan foydalanish
samaradorligini oshirishga qulay muhit yaratish, investitsiyalarni moliyalashtirish
manbalarini asoslash, investitsiyani boshqa moliyaviy kategoriyalar ichida tutgan
o‘rni, investitsiyalarni moliyalashtirishning mukammal shakllari bo‘lgan lizing
kreditlari va investitsiyalarni loyihalashni moliyalashtirish shakllariga, mamlakatda
investitsiya muhitini yaratishga va hokazolarga katta e’tibor berilishini talab etadi.
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda investitsiya va unga ta’sir etuvchi
omillar, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, kapital quyilmalarni mohiyati,
ularni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi, investitsiya loyihalarini
samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari, ular
tarkibida budjet, bank va boshqa moliyaviy institutlar resurslarini jalb etilishini
dinamik holatini tahlil etish va ular bo‘yicha talabalarga amaliy-nazariy savollar
yuzasidan bilim egallashlariga imkoniyat yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
fanni o‘rganishning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon talablaridan
kelib chiqib investitsiyalarni jalb etilishini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi
ahamiyati doirasida ko‘nikmalar hosil qilish bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiya sohasida to'plangan milliy va xorijiy tajribadan foydalanish va
investitsiya faoliyatini tartibga solishning umumiy printsiplari, usullari va vositalarini
ishlab chiqish zarur, bu esa ushbu faoliyatni O'zbekistonda amalga oshirish uchun
huquqiy normalar va qoidalarning umumiyligini tartibga soladi. Huquqiy baza yangi
ilg'or usullarni: moliyaviy lizing, loyihalarni kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish
va boshqalarni joriy etish imkoniyatini yaratishi kerak. Samarali investitsiya tizimi
bir vaqtning o'zida davlat va investorlarning daromadlarini ko'paytirishni, xususiy va
institutsional investorlarga huquqiy kafolatlar berishni o'z ichiga oladi. Ushbu tizim
O’zbekiston
iqtisodiyotida
investitsiya
faoliyatini
moliyalashtirish
va
rag'batlantirishning keng qamrovli maqsadli konseptsiyasi asosida yaratilishi
mumkin.
6
“Investitsiya va innovatsiyalar” fanining asosiy maqsadi – talabalarda
investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari,
investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya
loyihalarini baholash va monitoringini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimlarni shakllantirish bo‘lib hisoblanadi.
Fanning vazifasi – talabalar investitsiya fanida o‘rganadigan savollarni to‘liq
o’rganish uchun quyidagilarga e’tiborli bo’lishlari kerak:
−
investitsiya va innovatsiyalarning iqtisodiy tabiati, mazmuni va ahamiyati;
−
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
−
investitsiya jarayonlarini amalga oshirish bosqichlari;
−
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va
tashkiliy asoslari;
−
iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni o‘rni;
−
iqtisodiyotning xalqaro integrasiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va
ularning xalqaro harakatini tartibga solish;
−
iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o‘rni;
−
iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning
o‘rni va ahamiyati;
−
investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar;
−
davlat investitsiya dasturini shakllantirish tartibi;
−
kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi;
−
investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash;
−
investitsiya faoliyatida moliyaviy vositalar va investitsiya faoliyatini kreditlash;
−
investitsiyalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini to‘plash usullari va
shakllari, investitsiya faoliyatida lizing va investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish;
−
nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar;
−
innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va joylashtirish usullari;
−
innovatsiya strategiyasini mohiyati;
−
innovatsion loyihalarni venchurli moliyalashtirish;
−
mamlakat innovatsion faoliyatini baholashning xorij tajribasi;
−
venchurli moliyalashtirishda yuzaga keladigan innovatsion risklar;
−
investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo‘llari bo‘yicha nazariy-amaliy
bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Fanni o'rganish ob'ekti bo'lib investitsiya sohasidagi davlatning makroiqtisodiy
siyosati va O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish davrida investitsiya faoliyatini
moliyaviy va pul-kredit orqali tartibga solish bo'yicha to'plangan tajriba kiradi. Ushbu
fanni o'rganish uchun uslubiy asos bo’lib O'zbekiston va xorijiy olimlar va
iqtisodchilarning nazariy va amaliy ishlanmalari, O'zbekiston Respublikasida
investitsiya faoliyatini tartibga solishga oid qonunlari va normativ hujjatlari
hisoblanadi. “Investitsiya” umumkasbiy fan hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga
oshirish uchun talabalar o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Moliya”, “Xalqaro moliya
munosabatlari”, “Moliya bozori”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Sug‘urta ishi”
fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. “Investitsiya va
innovatsiyalar” fanining ishlab chiqarishdagi o‘rni aynan investitsiyalarni amalga
oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal
7
variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni
boshqarishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida har qanday mulk shaklida xo‘jalik yurituvchi subektning investitsiya
resurslariga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi mazkur fanning ishlab chiqarishda
katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |