2 – savol bayoni.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘ziga xos
yo‘nalishini belgilab olishda investitsiyalarning o‘rnini beqiyosligi investitsiyaning
barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan holda
o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Investitsiyani mamlakat iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari
aniqlashdi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish, shu orqali
investitsiyani iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini va mohiyatini har tomonlama o‘rganishda
olimlar fikrini tadqiq etish ushbu fanni o‘rganishni muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Chunki investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyati to‘g‘risida
iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlarni mavjudligi ularni yagona tizimga
keltirish iqtisodchi olimlar o‘rtasida katta ilmiy qiziqish uyg‘otmoqda.
Bugugi kunda investitsiya tushunchasini jadal sur’atlarda kirib kelishi, uning
mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda investitsion
faoliyatga qaratilayotgan e’tibor xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning
samarali faoliyat ko’rsatishi va ularga yaratib berayotgan qulayliklari fikrimiz
dalilidir. Investitsiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, ularning yordamida iqtisodiyotning innovatsiyalar va
yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanadi, import o‘rnini bosish
va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish siyosatlari muvaffaqiyatli amalga
oshiriladi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlantiriladi, yangidan-yangi ish joylari
yaratilib, ishsizlik muammosining oldi olinadi, eng asosiysi erkin raqobat va
tadbirkorlik munosabatlariga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizim rivojlantiriladi.
Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday
mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.
Investitsiya, investitsiya muhiti va shu kabilarni iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi
olimlar tomonidan chuqur tadqiq va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Shu
o‘rinda aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda investitsiyaga
quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish
maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga
tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga
bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar,
shuningdek reinvestitsiyalar
1
”, deb ta’rif berilgan bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga
olishi mumkin:
-
mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el
valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni,
obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, ko‘char va ko‘chmas mol-
mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);
1
https://lex.uz/doks/4664142
8
-
intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab
chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va
ishlab
chiqarish
tajribasi
tarzida
rasmiylashtirilgan,
patentlangan
yoki
patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
qimmatliklarni. Ushbu ta’rifga tayangan holda aytish joizki, “investitsiya – bu
kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga investorlar tomonidan qonun doirasida
qo’yiladagan yoki taqdim etiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va
intekllektual boyliklar tushuniladi”. Bunday ta’rifni e’tirof etishdan ko‘zlangan
maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash barcha ishlab chiqarish
tarmoqlari va sohalar majmuini yanada takomillashtirish, aholi bandligini to‘laroq
ta’minlash, eksport xajmini oshirish bilan birga investitsiya miqdorini ko‘paytirish
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya oqimlari mamlakatning
uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rejalarini amalga oshirishda barqaror
moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi. Keyingi paytda iqtisodiy adabiyotlarda va
amaliyotchilar tomonidan investitsiya, investitsiya oqimi, investitsiya muhiti kabi
iqtisodiy atamalarga katta e’tibor bergan holda ularga bir nuqtada kesishayotgan
ta’riflar berila boshlandi. Ammo yuqorida qayd etilgan fikrlarga katta diqqat qaratish
bu katta tadqiqot ishini talab etilishini e’tiborga olgan holda biz ayni paytda asosiy
diqqatni investitsiya atamasiga qaratilish muhimroqdir.
MDH
mamlakatlari
tadqiqotchilari
orasidan
rossiyalik
mutaxassis
T.T.Frolova
2
ning fikriga ko‘ra: “investitsiya – bu xususiy sektor va davlat tomonidan
mamlakatning ichida va mamlakatdan tashqarida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va
qimmatbaho qog‘ozlarga uzoq muddatli qo‘yiladigan kapitaldir”.
M.I.Rimer
3
, A.D.Kasatov va N.N.Matiyenkolar fikrlariga ko‘ra esa: “iqtisodiy
adabiyotlarda investitsiyalar tadbirkorlik faoliyatining ob’ektlariga mablag‘larni
investitsiya qilish orqali ehtiyojlarni keyingi yillar davomida yanada to‘liq qondirish
maqsadida ne’matlarning joriy iste’mol qilinishidan voz kechishga qaratilgan harakat
sifatida e’tirof etiladi”. Shu bois investitsiya atamasini turli xil talqinlarini ko‘rib
chiqqan holda, uning ta’rifini berish muhim bo‘lib hisoblanadi.
Fanda investitsiya atamasining yuqorida keltirilganlardan tashqari bir qancha
talqinlari ham mavjud, ular quyidagicha tavsiflanadi:
- “investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida
investitsiya sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual
boyliklarni aks ettiradi”
4
;
- “investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual
maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli
tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga
2
Frolova T.A. Ekonomicheskaya teoriya: konspekt leksiy. Taganrog: TTI YUFU, 2009.
3
Rimer M.I., Kasatov A.D., Matiyenko N.N. Ekonomicheskaya otsenka investitsiy / Pod. obsh. red. M.Rimera – SPb.:
Piter, 2006.
4
Staroverova G.S., Medvedov A.Yu., Sorokina I.V. Ekonomicheskaya otsenka investitsiy: uchebnoye posobiye. – M.:
«KNORUS», 2006. – S. 11.
9
oshiriladigan harajatlar yig‘indisi tushuniladi”
5
;
- “investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy
iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli
qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi”
6
;
Investitsiyalar keng ma’noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida
ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy,
ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon
etadi.
U.Sharp,
K.Yeklund,
Kempbell
R.Makkonell,
Stanli
L.Bryular
investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan.
Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha laureati U.Sharp ta’kidlashicha:
“investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi
vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir”
7
. Ular “Investitsiyalash” atamasining
ma’nosini nimanidir amalga oshirishda deb bilishadilar. “Kelajakda foyda olish
uchun bugun puldan ajralishdir” deb qarashadilar, o‘z fikrlarini davom ettirib ular
mablag‘larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin deb
hisoblaydilar.
Investitsiya tushunchasi yagona va to‘liq belgi berishlik uchun anchagina keng
tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy fanlarning turli qismlarida va
amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‘zining xususiyatlariga ega
bo‘lgan holda ajralib ham turishadi, shu jihatdan olganda, makroiqtisodiyotda
investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va
moddiy zahiralarining o‘sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi
harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol
qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlovchi YAIM ning bir qismi
sifatida tashkil topadi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika
iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyalardan samarali
foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab respublika
hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari
hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati
bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el
investitsiyalari va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat
investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda
davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va
aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini
va inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida
esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni
bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha
so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – amaldagi muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq
bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir
8
.
Investitsiyalar – bu kelajakda investitsiyalarning boshlang'ich miqdoridan
5
Podshivalenko i dr. Investitsii: ucheb. pos. – 3-ye izd. – M.: «KNORUS», 2006. – S.7.
6
Kolmikova T.S. Investitsionniy analiz: ucheb. posobiye. – M.: «INFRA-M», 2009. – S. 27.
7
Sharp U., Aleksandr G., Beyli Dj. Investitsii. Per. s. angl. – M.: «Infra-M», 1997. – S. 979.
8
Mertens A.V. Investitsii: kurs leksiy po sovremennoy finansovoy teorii. – Kiyev: Kiyevskoye investitsionnoye
agenstvo, 1997. 71 str.
10
oshib ketadigan yoki ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun (jamiyat hayotining
sifatini yaxshilash, madaniyat, ta'lim va hokazolarni rivojlantirish uchun) sof
daromad olish maqsadida biznes, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va boshqa loyihalarga
bo'sh kapitalni uzoq muddatli sarmoyasidir. Investitsion faoliyat deganda moliyaviy
maqsadlar va foyda olish uchun mablag'larni investitsiyalash va muayyan
harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Investitsiyalarning o'ziga xos xususiyatlari
quyidagilaridan iborat (1.1 – rasm).
1.1 – rasm
Investitsiyaning muhim jihatlaridan yana biri innovatsion loyihalarni
moliyalashtirish va tadbirkorlikning ayrim sohalarini rivojlantirish uchun
investitsiyalarni o‘rni beqiyosligi bugungi kundagi muhim masaladir. Shu bois ham
milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish
iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab beradigan asosiy omil hisobllanadi.
Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini
ta’minlovchi kuchdir. Shu bois barcha imkoniyatlarni ishga solib iqtisodiyotga
yo‘naltiriladigan investitsiyalar xajmini oshirishga xizmat qilish uchun shart-sharoit
yaratishga qaratilgan investitsiya ta’rifini va uning shakllarini asoslash muhimdir.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat amaliyotida investitsiyalarning
uch shakli bo‘lib ular bir-biridan o‘zaro farqlanadi. Fizik aktivlar deganda, asosiy
ishlab chiqarish vositalari, ya’ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat
muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi. Pul
aktivlari deganda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini olish
huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalarni anglatadi.
Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini
amalga oshirish, litsenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida
firma ega bo‘ladigan boyliklardir. Investitsiyaning uch shakli orasida eng muhimi va
hozirgi sharoitda rivojlanish bosqichida turganlaridan biri pul aktivlariga qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |