O’zbekiston Respublikasi Oliy vaO’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy Fanlar Fakulteti Milliy G’oya:Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-kurs talabasi Safarov Akromjonning Jinoyat huquqi fanidan “ZARURIY MUDOFAA” mavzusida
Qabul qildi: Fayziyev A
Toshkent-2015
MUNDARIJA
KIRISH
1) Zazuriy mudofaa tushunchasi
Qonunga xilof tajovuz tushunchasi va turlari
Hujumni qaytarish vaqtida zarar yetkazishning maqsadi
Himoyaning zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmasligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega», deb belgilab qo‘yilgan.
Davlat fuqarolarning mazkur huquqlari himoyalanishini kafolatlaydi, biroq unga (davlatga) yordam olish uchun murojaat qilish imkoni bo‘lmay qol- gan hollarda u fuqarolarga o‘zini faol mudofaa qilish huquqini beradi. Bu huquq zaruriy mudofaa instituti sifatida mustahkamlab qo‘yilgan.
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchiboshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqma- gan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi (JK 37-m.).
Zaruriy mudofaa - subyektiv huquq bo‘lib, har qanday fuqaro undan foydalanishi yoki voz kechishi mumkin. Biroq bu xizmat faoliyati jinoiy element- larga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun ayni vaqtda kasbiy burchdir, shuning uchun ular fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini faol himoya qilishdan bo‘yin tovlay olmaydilar, aks holda bu ular uchun jinoiy yoki o‘zga javobgarlikni keltirib chiqaradi
1. Zaruriy mudofaa tushunchasi.
Zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarga jinoyatchilikka qarshi mustaqil ku- rashish, bunda hatto hujum qilgan shaxsga kuch ishlatishdan ham qaytmaslik uchun keng imkoniyat yaratadi. Qonunning bunday imkoniyat berishi fuqaro- larning jinoyatchilikka qarshi faol kurash olib borishlariga salmoqli hissa qo‘shadi va jinoyatchilikning oldini olish vositalaridan biri hisoblanadi. Fuqaroning hujumdan faol mudofaalanish huquqini bilgan jinoyatchi, asossiz ravishda qaqshatqich zarba olishdan cho‘chib, o‘z jinoiy niyatidan qaytishi mumkin.
Mudofaalanuvchining tajovuzchiga zarar yetkazish yo‘li bilan qilgan harakatining qonuniyligi to‘g‘risida darak beruvchi muhim holat hujum qiluvchi qilmishining jinoiyligi yoki qonunga xilofligi fakti hisoblanadi.
Jinoyat huquqi fani va sud amaliyoti tajovuz va undan himoyalanishga oid bir qator qoidalarni ishlab chiqqan bo‘lib, qilmishni zaruriy mudofaa deb kvalifikatsiya qilishda unga rioya qilish shart.
Tajovuzga taalluqli bo‘lgan shartlar tajovuzning huquqiy tabiatini, vaqt doirasi va haqiqiyligini tavsiflaydi. Himoyaga taalluqli shartlar uning ijtimoiy maqsadini, yo‘l qo‘yiladigan zararning chegarasi va bunday zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini tavsiflaydi. Faqat yuqorida zikr etilgan tajovuz va himoyaga oid sharoitlarning majmuasigina zaruriy mudofaaning huquqiyligini qayd etish uchun asos beradi1.
Shunday qilib, agar tajovuz:
qonunga xilof bo‘lganida (uning yuridik tabiati belgilanadi);
mavjudligida (uning xavfliligi saqlanib turgan vaqt aniqlanadi);
haqiqiyligida (qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzning haqiqiyligi aniqlanadi) zaruriy mudofaa qonuniy bo‘ladi.
Shuningdek, himoya zaruriy mudofaaning qonuniyligini asoslaydigan quyidagi shart-sharoitlar bilan tavsiflanishi kerak:
ijtimoiy maqsad - mudofaalanuvchi yoki boshqa shaxs manfaatlari yoxud davlat, jamiyat manfaatlari himoyasi;
faqat tajovuz qilgan shaxsga zarar yetkaziladi, uchinchi shaxsga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
himoya zarurat chegarasidan oshmasligi kerak.
Zaruriy mudofaa - shaxs, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya qilish vaqtida, agar zarurat doirasidan chetga chiqish bo‘lmasa, tajovuz qiluvchiga qonuniy zarar yetkazish. Zaruriy mudofaa ijtimoiy foydali qilmish singari tavsiflanadigan barcha shartlar bajarilganida, jinoyat va jazoga loyiqlik istisno etilganida qonuniydir. Zaruriy mudofaa har bir kishining subyektiv huquqi hisoblanadi va shuning uchun shaxs mudofaalanishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan masala yakka tartibda hal etiladi, u sud tomonidan munozaraga sabab bo‘lishi mumkin emas
Do'stlaringiz bilan baham: |