Uchinchidan, Agar himoyalanuvchi to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqsa, ayblanuvchi- ning harakati Jinoyat kodeksining 100 yoki 107-moddalari bilan tavsiflanishi kerak3.
Tajovuz qiluvchiga yo‘l qo‘yiladigan doiralardan yaqqol chetga chiqib zarar yetkazishni aniqlash uchun muayyan holatda himoya choralari oqlab bo‘lmaydigan darajada qattiqligi va bu ularni qo‘llash jarayonida mudofaalanuvchi kabi boshqa shaxslarga ham tushunarli bo‘lganligini, bu tajovuz bilan bog‘liq bo‘lmagan oqibatni keltirib chiqarganligini aniqlash zarur. Demak, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish - himoya va tajovuzning o‘zaro ta’sirini tavsiflaydigan shunday holatki, bunda mudofaalanuvchi o‘z himoya harakatlarining haddan tashqari intensivligini anglab yetadi va u tajovuzning xavfliligini keltirib chiqmaganligini bildiradi. Shuningdek, himoyalanuvchi tajovuzni birmuncha yengil choralar bilan ham bartaraf etishi mumkinligini anglab yetadi, biroq u bunday qilishni istamaydi.
Tajovuz qiluvchiga yo‘l qo‘yilgan chegaradan chetga chiqib zarar yet- kazishning moddiy ifodasi aynan tajovuzning xavfliligini keltirib chiqar- maydigan oqibat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining fuqaro K. ishi bo‘yicha chiqargan qarori bunga yaqqol misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. U dastlab qasddan odam o‘ldirganligi uchun hukm qilingan, keyinchalik uning harakatlari zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish (JK 100-m.) sifatida qayta kvalifikatsiya qilingan. K. xonadoniga bostirib kirgan va bolg‘a bilan o‘ldirishni aytib po‘pisa qilgan M.ning hujumidan himoyalana turib, hujum qiluvchidan bolg‘ani tortib olgan va uning boshiga bir necha bor urgan, natijada hujum qilgan M. o‘lgan. Bu yerda zaruriy mudofaa doirasidan chetga chiqish yaqqol ko‘rinib turgan holat - K.ning xonadoniga bostirib kirgan M.ning yiqilib tushishi hisoblangan. Uy egasi bundan foydalangan va M.ning qo‘lidan bolg‘ani tortib olib, uning boshiga bir necha bor urganda ortiqcha harakat qilgan va buni K. ning o‘zi ham yaxshi bilgan4.
Shunday qilib, ijtimoiy xavfli tajovuzni qaytarish vaqtida zarar yetkazish- ning yo‘l qo‘yiladigan chegaralaridan chetga chiqish intellektual (aqliy) va moddiy shakllarda namoyon bo‘ladi. Sub’yekt hujumni qaytarish uchun zarur bo‘lgan himoyalanish chorasi doirasidan chetga chiqayotganligini biladi va uni istaydi yoki zarurat bo‘lmagan holda, bila turib zararning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yadi.
Ijtimoiy xavfli qilmishning oldini olish vaqtida tajovuz qiluvchiga ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin emas1. Binobarin, qasddan qilingan harakat natijasida yuqorida aytib o‘tilgan oqibatlar kelib chiqishi kerak. Modomiki jinoiy qilmishdan himoyalanishda ehtiyotsizlik tufayli tajovuzchiga zarar yetkazilsa, jinoiy javobgarlik nazarda tutilmaydi. Mazkur holatlarda aybning shaklini aniqlash muammosini uning intellektual belgisiga ko‘ra hal etish lozim. Uning mazmunini shaxs sodir etgan jinoiy qilmishining haqiqiy xususiyatini, ijtimoiy mohiyatini anglashi, o‘zining xulq-atvori natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatga ko‘zi yetish qobiliyati, shuningdek, subyekt o‘z faoliyati davomida xulq-atvorning aniq bir variantini tanlash orqali tartibga solinishida namoyon bo‘ladigan aybning irodaviy belgisini tushunib yetishlari tashkil qiladi.
Chunonchi, agar himoyalanuvchi shaxs tekis joyda hujum qilayotgan shaxsni turtib yuborsa va u shu turtish natijasida yiqilib, boshi toshga tegib o‘lsa, bunday harakat ehtiyotsizlik natijasida bo‘ladi. Bu holatda oqibatga nisbatan ayb shaklining ehtiyotsizlik turi mavjud bo‘ladi. Buni sodir etilgan qilmish holatini o‘rganish orqali aniqlash mumkin.
Shundan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelsak bo‘ladi. Birinchidan, shaxs jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi bilan birga, o‘zining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilgan, ya’ni unga zarar yetish xavfi mavjud edi. Ikkinchidan, himoyalanuvchi shaxs hujum qiluvchini turtayotib o‘z qilmishi oqibatining ijtimoiy xavfliligini anglamagan. Uchinchidan, u ijtimoiy xavfli oqibatning kelib chiqishini istamagan. Shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan holatda hujumning to‘satdan paydo bo‘lishini inobatga olgan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, shaxs qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatning kelib chiqishiga ko‘zi yetishi mumkin va kerak edi. Bunda to‘satdan hujum qilish omili asosiy elementlardan biri bo‘lib, u shunday holatda ijtimoiy munosabatlarga ehtiyotsizlik orqali zarar yetkazish imkonini beradi.
Zaruriy mudofaa - shaxs, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya qilish vaqtida, agar zarurat doirasidan chetga chiqish bo‘lmasa, tajovuz qiluvchiga qonuniy zarar yetkazish. Zaruriy mudofaa ijtimoiy foydali qilmish singari tavsiflanadigan barcha shartlar bajarilganida, jinoyat va jazoga loyiqlik istisno etilganida qonuniydir. Zaruriy mudofaa har bir kishining subyektiv huquqi hisoblanadi va shuning uchun shaxs mudofaalanishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan masala yakka tartibda hal etiladi, u sud tomonidan munozaraga sabab bo‘lishi mumkin emas.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda zaruriy mudofaa – shaxs o’z hayotigabo’layotgan tajovuzni yoki Davlat yoxud jamiyat manfaatlarini himoya qilish vaqtida agar belgilangan qoidalardan chetga chiqib ketilmasa tajovuz qiluvchiga nisbatan qonuniy zarar yetkazish demakdir. Shundan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelsak bo‘ladi. Birinchidan, shaxs jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi bilan birga, o‘zining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilgan, ya’ni unga zarar yetish xavfi mavjud edi. Ikkinchidan, himoyalanuvchi shaxs hujum qiluvchini turtayotib o‘z qilmishi oqibatining ijtimoiy xavfliligini anglamagan. Uchinchidan, u ijtimoiy xavfli oqibatning kelib chiqishini istamagan. Shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan holatda hujumning to‘satdan paydo bo‘lishini inobatga olgan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, shaxs qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatning kelib chiqishiga ko‘zi yetishi mumkin va kerak edi. Bunda to‘satdan hujum qilish omili asosiy elementlardan biri bo‘lib, u shunday holatda ijtimoiy munosabatlarga ehtiyotsizlik orqali zarar yetkazish imkonini beradi.
Zaruriy mudofaa - shaxs, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya qilish vaqtida, agar zarurat doirasidan chetga chiqish bo‘lmasa, tajovuz qiluvchiga qonuniy zarar yetkazish. Zaruriy mudofaa ijtimoiy foydali qilmish singari tavsiflanadigan barcha shartlar bajarilganida, jinoyat va jazoga loyiqlik istisno etilganida qonuniydir. Zaruriy mudofaa har bir kishining subyektiv huquqi hisoblanadi va shuning uchun shaxs mudofaalanishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan masala yakka tartibda hal etiladi, u sud tomonidan munozaraga sabab bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |