Zanjir elementlaridagi kuchlar. Zanjirli uzatma kuch sxemasi tasmali uzatma kuch sxemasiga o’xshash bo’ladi. Bunda ham quyidagicha ajratish mumkin: F1 va F2 – zanjirning yetaklovchi va yetaklanuvchi tarmoqlari tarangligi; Ft – aylana kuch; F0 – dastlabki taranglik kuchi; Fv – markazdan kuch ta’siridan taranglik kuchi. Xuddi shu o’xshashlik bo’yicha,
, (16.9)
, (16.10)
bu yerda q – zanjir uzunligining massa birligi; v – aylana tezlik.
Zanjirli uzatma uchun F0 ning qiymatini zanjirning erkni tarmog’i og’irlik kuchidan tarangligi sifatida aniqlash qabul qilinadi,
, (16.11)
bu yerda a – zanjir erkin tarmog’i uzunligi, taxminan o’qlararo masofaga teng bo’ladi; g – og’irlik kuchi tezlanishi; - salqilik koeffisienti.
Etaklanuvchi tarmoq tarangligi F2quyidagi tarangliklardan F0 , Fv kattasiga teng bo’ladi.
Amaliy hisoblarda quyidagicha qabul qilish mumkin,
, .
(16.12)
Zanjirli uzatma kinematika va dinamikasi Harakat notekisligi va zanjirning tebranishi. 16.1-rasmda zanjir sharnirlari va yetaklovchi yulduzcha tishlarining tezliklari ko’rsatilgan. Ushbu holatda sharnir A ilashmada joylashgan, sharnir B tish C bilan ilashmaga kirish uchun yaqinlashmoqda. Sharnir A ning tezligi yulduzchaning sharnir markazi bilan mos keladigan nuqtasidagi aylana tezligiga teng bo’ladi. Bu tezliklarni quyidagi tashkil etuvchilarga ajratish mumkin: -zanjir tarmog’i bo’ylab yo’nalgan tezlik va -zanjirgan perpendikulyar yo’nalgan tezlik.
16.1-rasm.
Yetaklovchi sharnir holatiga bog’liqlikda tezlik tashkil etuvchilari o’zgaradi:
, . (16.1)
Burchak ning qiymati chegarasida o’zgaradi. ( ) burchak A sharnirning, ( ) burchak esa B sharnirning ilashmaga kirish paytiga mos keladi, bunda .
16.2-rasmda va tezliklarning o’zgarish grafigi keltirilgan. Bu tezliklar t vaqtning davriy funksiyasi hisoblanadi, davr esa ga teng. Grafikda t=0 bo’lganda ; da va da esa .
16.2-rasm.
Yetaklanuvchi yulduzcha harakati tezlik bilan aniqlanadi. Ushbu tezlikning davriy o’zgarishi uzatish nisbatining o’zgaruvchanligi va qo’shimcha dinamik yuklamalar bilan birgalikda ro’y beradi. tezlik bilan zanjir tarmog’ining ko’ndalang tebranishi va zanjir sharnirining yulduzcha tishlariga beradigan zarbiy yuklamalar bog’langan. Tebranish va zarbiy yuklamalar qo’shimcha dinamik yuklamalarni vujudga keltiradi.
Yulduzchalarning tishlari soni qancha kam bo’lsa, uzatmaning sanab o’tilgan salbiy kinematik va dinamik xossalari shuncha yuqori bo’lishini (16.1) formulalar aniqlash imkonini beradi.
O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, rezonans tebranishlar bo’lmaganda va tezliklar pulsasiyasining salbiy ta’sirlari zanjirning salqiligi va elastikligi natijasida sezilarli darajada kamayadi.
Sharnirning tishga beradigan zarbasi va zanjir qadamini chegaralash. Sharnir B ning tish C bilan ilashmaga kirish paytida ularni ng tezliklarining vertikal tashkil etuvchilari va bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan – sharnirning tish bilan zarbli tutashishi yuz beradi. Zarba samarasini kinetik energiyaning yo’qotilishi bilan baholash mumkin,
.
Bu erda - zarbli tutashuvda ishtirok etuvchi zanjir massasi; -zanjir qadami; -zarba tezligi. O’zgartirishlar natijasida zanjirli uzatmalar uchun,
. (16.2)
Zarbalarning ketma-ketligi tufayli uzatmada shovqin vujudga keladi va zanjir sharnirlari va yulduzcha tishlarning shikastlanishining sababchilaridan biri hisoblanadi. Ba’zi holatlarda zarbalar roliklarning qizishiga olib keladi. Zarbalarning salbiy ta’sirlarini chegaralash uchun (16.2) bog’lanish asosida uzatmaning tezyurarligiga bog’liqlikda zanjir qadamini tanlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ishlash qobiliyati va hisoblash mezoni. Standart zanjirlarning barcha detallari mustahkamligi taxminan teng deb loyihalanadi. Zanjirli uzatmalarning ko’pchilik ishlash sharoiti uchun ishlash qobiliyati yo’qotilishining aosiy sababchisi zanjir sharnirlarining yeyilishi hisoblanadi. Bularga mos holda asosiy hisoblash sifatida sharnirlarning yeyilish bardoshligini hisoblash qabul qilingan, asosiy hisobiy mezon esa,
,