Neft va gaz kimyosi 18-01 guruh talabasi Abdulboqiyev Abdullohning Fizikaviy kimyo fanidan " Sirt tarangligi" mavzusida yozgan topshiriq javoblari.
1-savol javobi)
Suyuqlikning kapillyar nayda ko'tarilish balandligi h, nayning radiusi r va suyuqlik zichligi d bo'lsa, uning sirt tarangligi σ ushbu formuladan topiladi:
σ= 0.5rhdg
bunda g — og‛irlik kuchi tezlanishi
Suv tomchilari soni (no) yozib olinadi. Sirt taranglik ushbu formulaga ko'rsh hisoblanadi:
σ=σ0n0d/nd0
n — tekshirilayotgan suyuqlik tomchilari soni. Bu formuladagi suvning zichligi (do) tekshirilayotgan suyuqlik zichligi (d) va toza suvning sirt tarangligi (σ0) tajriba temperaturasida jadvaldan olinadi.
2-savol javobi)
Suyuqlikning kapillyar ichida ko'tarilish usuli ho'llaydigan suyuqliklarning sirt taranglik tufayli kapillyarda ko'tarilishiga asoslangan. Kapillyar suyuqlikka botirilganda suyuqlik kapillyar devorlarini ho'llab, sirt taranglik kuchp tufayli yuqoriga ko'tariladi.
3-savol javobi)
Buning sababi yuqoridagi formuladan ko'rinadiki, kapillyarning radiusi qancha kichik bo'lsa, suyuqlik shuncha baland ko'tariladi.shuning uchun σ ni suyuqlik bitta nay ichida ko‘tarilishiga qarab emas, balki ikki nay ichida qancha ko‘tarilgan balandliklar farqiga qarab topish afzalroq
4-savol javobi)
Kapillyar naylar radiusini suyuqlik qanchalik balandga ko'tarilganligiga qarab ham aniqlasa bo'ladi.
Misol uchun Qishda tuproq ezilib, zichlashganligi sababli, radiusi kichik kapilyarlar ko'pyib ketadi va qishi bilan tuproqda to'plangan suv baxorda shu kapillyarlar orkali tez ko'tarilib, bug‛lanib ketadi. Tuproqda namlikni saqlab qolish uchun yer erta baxorda boronalanadi. Bunda kapillyarlar buzilib, suvning bug‛lanishi kamayadi. Natijada tuproqda namlik ko'p saqlanib qoladi va ekinlardan yaxshi hosil olinadi.
5-savol javobi)
Suyuqliklarning sirt tarangligi suyuqlikning tabiatiga va temperaturaga bog‛liq bo'ladi.
Temperatura ortishi bilan moddalarning sirt tarangligi kamayadi. Misol tariqasida suvning turli temperaturalardagi sirt taranglik qiymatlarini keltiramiz:
Temperatura 0 10 20 30 60 80
σ, mn/m. 75.6 74.2 72.7 71.2 66.2 62.5
Suyuqliklarning sirt tarangligi uning qovushqoqligiga bog'liq Ya' ni qancha qovushqoq bo'lsa sirt tarangligi shunchalik past bo'ladi. Suyuqliklarning qovushoqligi esa temperaturaga qarab o'zgaradi: temperatura pasayganda
qovushoqlik juda ortib ketadi. Oshganda esa aksincha.
6-savol javobi)
Suyuqlik tomchisi sharga o‘xshaydi, bunda uning yuzasi juda kichik bo‘ladi. Suyuqlik sirtiga parda qoplangandek bo‘lib, bu parda suyuqlikni siqib turgandek tuyuladi. Suyuqlik sirtida bunday qavat (parda) paydo bo‘lishi quyidagicha tushuntiriladi. Suyuqlik ichida A molekula bor deb faraz qilaylik:
Molekulalarning tortilish sxemasi
Uning sirtiga shar chizamiz, sharning radiusi shu molekula bilan uni o‘rab turuvchi suyuqlik molekulalari orasidagi o‘zaro tortishuv kuchi sezilarli masofaga teng bo‘lsin. Bu teng kuchlar hamma tomonga simmetrik ravishda ta’sir etgani sababli, ularning teng ta’sir etuvchi kuchi nolga teng bo‘ladi.
7-savol javobi)
Stalagmometriya (tomchilarni sanash) usuli. Kapillyar uchidan oqib tushayotgan suyuqlik tomchisi sirt taranglik kuchi ta'sirida shar shaklini oladi. Tomchining massasi sirt taranglik kuchini yenggandagina tomchi uzilib tushadi. Bu usulda silt taranglikni aniqlash uchun muayyan hajmdagi stalagmometrdan avval suv, so'ngra tekshirilayotgan suyuqlik tomchilatib tushiriladi. Suv tomchilari soni (no) yozib olinadi. Sirt taranglik ushbu formulaga ko'rsh hisoblanadi:
σ=σ0n0d/nd0
n — tekshirilayotgan suyuqlik tomchilari soni. Bu formuladagi suvning zichligi (do) tekshirilayotgan suyuqlik zichligi (d) va toza suvning sirt tarangligi (σ0) tajriba temperaturasida jadvaldan olinadi.
Demak yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki Uzilib tushayotgan tomchi og‘irligini o‘lchash metodi bilan σ ni topish uchun sirt tarangligi ma’lum bo‘lgan standart suyuqlik olish shart emas. Suvning sirt tarangligi tajriba temperaturasida jadvaldan olinaveriladi.
8-savol)
Yog‘ kislotalarning gomologik qatorida uglerod zanjiri uzayib borgan sari, sirt-aktivlik tez ko‘payadi, bunda har gal CH2 guruh qo‘shilganda sirt aktivlik o‘rtacha hisob bilan 3,2 marta ortadi. Demak, sirt aktivlik qancha oshsa, eritmaning sirt tarangligi qiymati ham muvofiq nisbatda shuncha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |