Zamonaviy to’quv dastgohlari Reja



Download 151,86 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi151,86 Kb.
#776197
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy to’quv dastgohlari

Zamonaviy to’quv dastgohlari

Reja:

1.To'quv dastgohida toqimaning shakllanishi va unda qatnashadigan mexanizmlar

2. To‘quv dastgohlarining turlari

3. To’quv dastgohlari tarixi


To'quv dastgohida toqimaning shakllanishi va unda qatnashadigan mexanizmlar


To‘qima to‘quv dastgohida ikki sistema iplarning o‘zaro o‘rilishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘qima uzunligi bo‘ylab joylashgan iplarni tanda yoki tanda iplari, ularga tik, ya’ni to‘qima eni bo‘ylab joylashgan iplarni arqoq yoki arqoq iplari deyiladi.
To‘quv dastgohida to‘qimaning shakllanish jarayoni quyi- dagicha bajariladi: tayyorlov bo‘limida ohorlangan tanda ipi o‘ralgan to‘quv g‘altagi 1 (1.3-rasm) dastgohning orqa tomoniga o‘rnatiladi. Tanda iplari to‘quv g‘altagidan chuvalib chiqib, skalo 2 ni egib o‘tib, lamel 3 va shodalar 5,6 da o‘rnatilgan gula (galevo) 4 ning tirqishlaridan o‘tadi. So‘ngra tanda iplari tig‘ 7 ning tishlari orasidan o‘tadi. Tig‘ 6 dastgoh batan mexanizmi to‘siniga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. To‘qimani hosil qilish uchun shodalar yordamida tanda iplarining bir qismi ko‘tarilib, ikkinchisi pastga tushadi, natijada bo‘shliq – homuza (çåâ) hosil bo‘ladi, bu bo‘shliqqa moki 8 dan yoki boshqa usul bilan arqoq ipi tashlanadi.



1.3-rasm. To‘quv dastgohining texnologik chizmasi.

Tashlangan arqoq ipini tebranma harakat qilayotgan batan 15 da o‘rnatilgan tig‘ to‘qima qirg‘og‘iga surib kelib siqib qo‘yadi. Buning natijasida to‘qimaning bir elementi hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan to‘qima yo‘naltiruvchi (ãpóäíèöà) 12 ni egib, tor- tuvchi val 13 orqali yo‘naltiruvchi valiklardan o‘tib, to‘qima o‘raladigan val 14 ga o‘raladi.


To‘quv dastgohida to‘qima hosil qilishda quyidagi asosiy mexanizmlar qatnashadi:

  • tanda iplarini vertikal tekislikda harakatga keltirib, ko‘- tarilgan va pastga tushirilgan iplar orasida bo‘shliq – homuza hosil qiluvchi mexanizm;

  • hosil bo‘lgan homuzaga moki yoki boshqa usulda arqoq tashlovchi mexanizm;

  • tashlangan arqoq ipini tig‘ yordamida to‘qima qirg‘og‘iga jipslovchi (siqib qo‘yuvchi) – batan mexanizmi;

  • hosil bo‘lgan to‘qimani tortib olib maxsus valga o‘rovchi mexanizm – mato rostlagich;

  • tanda ipini to‘qima hosil bo‘lish zonasiga ma’lum taranglikda uzatuvchi mexanizm – tanda tormozlari yoki tanda rostlagichlari.

To‘quv jarayonidagi to‘qimalarda nuqsonlar bo‘lmasligini quyidagi avtomatik moslamalar nazorat qiladi:



    • tanda kuzatuvchi – to‘quv dastgohida yakka tanda ipi uzilganda, dastgohni avtomatik ravishda to‘xtatib, to‘qimada

„tanda yetishmaslik“ nuqsoni bo‘lmasligining oldini oladi;

    • arqoq nazoratchilari – to‘quv dastgohida arqoq ipi uzilganda dastgohni to‘xtatib, to‘qimada „arqoq yetishmaslik“ nuqsoni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi;

    • moki yoki arqoq tashlagichlar homuzada to‘xtab qolsa, dastgohni to‘xtatuvchi avtomatik moslama.

To‘quv dastgohining hamma mexanizm va qismlari elektr yuritmadan harakatga keladi.
Dastgohda to‘quv jarayoni to‘g‘ri boshlanishi uchun, ishlay boshlaganda uning bosh vali tez harakatga kelishi lozim. Dastgoh bosh vali elektr motordan tez harakatga kelishi zarur. Harakat elektr motordan dastgoh bosh valiga maxsus friksion uzatmalar yordamida beriladi.
To‘quv dastgohi to‘xtaganda uning bosh vali tez va ma’lum holatda to‘xtashi kerak, buni ta’minlash uchun dastgoh bosh valiga maxsus tormozlar o‘rnatiladi.
Dastgoh avtomatik ravishda yoki uni to‘quvchi to‘xtatishi yoki harakatga keltirishi uchun u qo‘yuvchi-to‘xtatuvchi mexa- nizm bilan ta’minlangan.
To‘qimaning tashqi ko‘rinishi, xossalari va nima maqsadda foydalanilishi uning tuzilishi hamda fizik-mexanik xususiyatiga bog‘liq. To‘qimaning tuzilishiga: to‘qimani hosil qiladigan yigirilgan ip yoki iplar; tanda va arqoq zichligi; o‘rilish turi va dastgohning taxtlash ko‘rsatkichlari ta’sir qiladi.



Download 151,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish