‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari



Download 39 Kb.
Sana27.02.2021
Hajmi39 Kb.
#60363
Bog'liq
rivojlanish ps


1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari

0 ‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bolgan

davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nis￾batan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka

ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish

oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda 0‘smir￾lik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir

bola emas, biroq katta ham emas» ayni shu ta’rif o‘smirlik davri￾ning muhim xarakterini bildiradi. 0 ‘smirlik — bolalikdan katta￾likka o‘tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga

xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera

boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarish￾lardir. Bo‘yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o'ssa￾lar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon

ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi

hisobiga ro‘y beradi.

Oglz bo‘shlig‘i va halqumdagi o'zgarishlar oqibatida tovush

tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan

ko'proq darajada sodir boladi. O'g'il bolalarning tovushi vaz￾minroq bolib qoladi, do'rillaydi.

Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o'ssa ham,

mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo'l suyaklarining

o'sish sur’ati orqada qoladi. O'smirlarda bu xususiyat ularning

beso'naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo'pollikka,

katta-katta odim tashlashlariga sabab boladi.

Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan

bogliq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivoj￾lanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan

shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zga￾rishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan

bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezi￾ning funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalari￾ning o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon

bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.

Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy or￾ganlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo boli￾shi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga

nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning

yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislo￾rod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi.
2. 0 ‘spirinlik psixologik yosh sifatida rivojlanishning ijtimoiy

shart-sharoitlari


Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi» deb ta’riflanadi. Bu

kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni

o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini komp￾leks o‘rganishni da’vat etadi.

Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati

bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma

vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegara￾si endi 15—16 dan 23 yoshgacha bolmoqda. Bunda ilk o‘spirinlik

15—18 yosh, o‘spirinlik 18—23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichi￾ga oladi. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu ta￾raqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy

sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni,

ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qa￾tor boshqa omillar ijtimoiy sharoitlarga bogliqdir.

Ilk o‘spirinlik yoshidagi bolalar bu 15 yoshdan 17—18 yosh￾gacha bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi￾laridir. 0 ‘spirinlik — bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi,

uning ijtimoiy jihatdan yetilishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, ijti￾moiy hayotda faol ishtirok etishi davri, fuqaro va vatanparvarning

ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol ijtimoiy hayot,

o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlar￾da dunyoqarashning shakllanishiga, ularda mustaqillik va burch

hissining tarkib topishiga, bilimning turli sohalarida ularning

ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir kolsatadi.

Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs mo￾tivatsion sohasining rivojlanishiga urg‘u beradi: o‘quvchilarning

hayotda o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarash￾ning shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga

va axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.


3. Yetuklik psixologik bosqich sifatida
Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davr￾lardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi:

— ilk yetuklik (yoshlik);

— o‘rta yetuklik;

— yetuklik (qarilik va keksayish).

Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivoj￾lanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuk￾likning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin1:

— jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko'proq kognitiv takomilla￾shish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri;

— yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qar￾shilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez mosla￾shish;

— tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’u￾liyatni his qilish;

— xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdon￾lilik, hamdardlik bildirish va boshqalar).

«Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tu￾shunchalar emas. Yetuklik — hayot faoliyatining eng ijtimoiy

faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, un￾da shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga eri￾shiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «акте» deb

atashgan, «cho‘qqi», oliy bosqich, gullagan davr degan ma’no￾larni anglatadi.

Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va

b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta

ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qi￾ladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegarala￾nib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlar￾ga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar.

0 ‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni ta￾lab qiladigan jarayondir.


Yetuklikni davrlashtirish muammosi

Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha tal￾qin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bolib davrlashtir￾gan Sh.Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning besh￾ta bosqichini ajratgan:

Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan

oldin keladi.

Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) - urinib

ko‘rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.). Bu davr￾da hayotiy maqsadlar noreal bolib, o‘zgarib turadi.

Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan 45—50 yoshgacha) - yetuk￾lik davri: inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yosh￾larda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini ba￾holay boshlaydi.

To'rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qar￾tayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish

va faol o‘z-o‘zini belgilashning yo‘qolishi.

Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o‘tmishni

eslash va tinchlikni xohlash.

Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud

kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davr￾lashtirishini misol sifatida keltiradi1.
4. Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida
Qarilikning birinchi davri gerontogenez yoki keksayish davri

deb ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 dan

keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yosh￾dan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan.

Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga bo'lish mumkin: qariyalar,

keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar.

Xorij olimi Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60—69

yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70—79 yoshgacha qarilik, 80—

89 yoshgacha keksalik, 90—99 yoshgacha munkillagan qarilik.

Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bi￾lan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini

bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik

jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining

ortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chi￾qish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollaming yo‘qoli￾shi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni

anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat.
5. Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar

Qarilik ijtimoiy kategoriya sifatida XX asrda ajratildi. Bu oxirgi

yuz yilda Yer planetasidagi demografik o‘zgarishlar bilan bogliq.

Dunyo aholisining keksayishi ro‘y bermoqda, ya’ni rivojlangan

davlatlarda keksa insonlar soni ortib bormoqda. Aholi keksayishi￾ning sabablaridan biri tug'ilishning kamayishi, salomatlikning

yaxshilanishi, kichik va katta yoshdagilarda o‘lim sonining ka￾mayishi, hayotning individual davomiyligining ortishidir. Bron￾za davrida hayotning o‘rtacha davomiyligi 18—20 yil bolsa, o‘rta

asrlarda 35 yil, XIX asrda 44 yil bolsa, XX asrda 68-72 yilni

tashkil etadi.

Aholining keksayishi fenomeni iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, si￾yosiy va boshqa muammolarni tug‘diradi. Saylovchilar va tovar

iste’molchilarining ko‘pchilik qismi keksalar bolganligi uchun

barcha tizimlarni qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Rivojlangan

Yevropa va Amerika mamlakatlarida ham keksalar muammolar￾ini hal qilish borgan sayin qiyinlashib bormoqda (hatto uni «se￾kin ta’sir qiladigan demograflk bomba, deb atashmoqda)1. Ay￾rim mamlakatlarda nafaqa yoshini qayta ko‘rib chiqish masalasi

qo‘yilgan (masalan, Buyuk Britaniyada 2010-yildan keyin ayollar

uchun nafaqa yoshi 65 yosh deb belgilab qo‘yildi).

Gerontopsixologiya — yosh psixologiyasining bolimi bolib,

keksalik muammolarini o‘rganuvchi psixologiya tarmogl sifatida

so'nggi vaqtlarda ko‘p tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Qariyalarda bilish jarayonlaridagi farqlar bo‘yicha o‘tkazilgan

tadqiqotlarga ko‘ra, xotirani tekshirishda standart topshiriqlarni ba￾jarishda 30 yoshli va 70 yoshli kishilar turli tezlikda bajaradi. Sod￾da kognitiv topshiriqlar, ya’ni turli predmetlarni kattaligi bo'yicha

xotirada taqqoslashda qariyalarga yoshlarga qaraganda 50% ko‘p



vaqt talab etilgan. Topshiriq murakkablashtirilganda yoshlarga qar￾aganda qariyalarga 2 barobar ko‘p vaqt talab etilgan (Baltes, 1993).

Qariyalarda kognitiv jarayonlar o‘zgarishiga baglshlangan tad￾qiqotlarda operatsiyalarning bajarish tezligini yo'qotishni kom￾pensatsiya qilish mumkin.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish