Z. M. Bobur lirikasi. “Boburnoma” asari haqida Dars rejasi



Download 54 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi54 Kb.
#14994

Aim.uz

Z.M.Bobur lirikasi. “Boburnoma” asari haqida

Dars rejasi:

1. Z.M.Boburning ayanchli qismati.

2. “Boburnoma” zamonlar oshib.

3. Bobur lirikasi.



Tayanch so’z va iboralar: Andijon, Axsi qo’rg’oni, taxtga o’tirishi, Kobul safari, Hindiston orzusi, nozikta’b shoir, hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar, afsus-nadomat to’la she’rlar, tolesizlik, “Boburnoma” haqida, Bobur haqida yaratilgan asarlar.

Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g’oyat iste’dodli farzandi edi. “Bobur fe’li – sajiyasiga ko’ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir”, - deya yozadi tarjimon Eduard Xolden.

U o’ta notinch, sarson – sargardonlikda kechgan umrini zo’r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat qahramonliklar ila emas, ijodkorlik, bunyodkorlik bilan ham to’la edi. U 20 yoshida yangi bir yozuv – “Xatti Boburiy”ni kashf qildi. Ajoyib she’rlar yozdi, devon tartib qildi. “Boburnoma”day o’lkan tarixiy – badiiy asarni yaratdi. Musiqa bilan shug’ullandi “Chorgoh” maqomiga “savt”lar bitdi. 1521-yilda soliq ishlarini tartibga soluvchi “Mubayyin ul - zakot” (Zakot bayoni) asarini she’riy yo’lda yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida risola tuzdi. “Muxtasar” (Qisqa qo’llanma ) nomi bilan shuhrat topgan bu asar Alisher Navoiyning “Mezon ul - avzon”idan keyin aruz ilmiga bag’ishlangan ikkinchi asar edi. Boburning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” nomli asarlari hozirgacha topilgan emas.

Bobur ikki tilda – o’zbek va tojik tillarida erkin ijod etdi. U o’zbekcha she’rlarini to’plab, 1519-yilda Qobulda, 1528-1529-yilda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o’sha joylar nomi bilan “Qobul devoni”, “Hind devoni”, “Musiqa ilmi” nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan ortiq. Sundan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiy. U tarjima bilan ham shug’ullandi. Xo’ja Ahrorning “Volidiya” asarini o’zbekchaga ag’dardi.

Bobur she’rlarining bir qismi an’anaviydir. Lekin deyarli hammasi benihoya samimiy tuyg’ular bilan yo’g’rilgan. Bobur she’rlarining ko’pchiligi Vatan haqidadir. Ular Vatandan judolik azobi, u bilan birga bo’la olmaaslik iztiroblarini ifodalaydi. Shoir bularning hammasini taqdirdan, deb biladi. O’zini baxtsiz, tole’siz deb hisoblaydi. Tole’sizlik bilan chiqisha olmaydi. Alam bilan Qobulni, Hindistonni zabt etadi, biroq bundan ko’ngli taskin topmaydi. Hech bir yurt uning uchun “o’z yer”idek – Vatanidek bo’lmaydi. Aksincha, “Hind sori” borishni “xatolig`”, “yuz qarolig`” hisoblaydi. Shoir yozadi.

Tole’ yo’qi jonimga balolig’ bo’ldi,

Ne ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.

O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,

Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Ushbu she’r janriga ko’ra ruboiy. U aruzning xazaj bahridagi axrab vaznida bitilgan.

G’azal ko’pgina Sharq adabiyotida ham asosiy she’riy janrni tashkil etadi. Shoirlar she’rlarini to’plab, devonlar tuzganlarida, undan salmoqli o’rinni g’azal egallagan. Shu sababli Bobur devoning ham katta qismi g’azallardan iborat.

Bobur g’azallari ham mavzuiga ko’ra xilma – xildir. Unda hayotga qaynoq mehr aks etgan jo’shqin g’azallar ham, afsus-nadomat to’la she’rlar ham bor. Shoir goh dunyoning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan inson sifatida falsafiy mushohada yuritadi, odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz zarbalariga chiday olmay, el yurtdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. Xullas, insonga xos quvonch ham, g’am ham bu g’azallarda bor. Lekin g’am – alam ko’proq. Buning sababi shoirning o’z vatanidan ayro tushganidir.

O’zbek adabiyotidagi ruboiy janrining taraqqiyotida Boburning muhim hissasi bor. Sharqning qadim va mashhur she’riy janrlaridan bo’lgan ruboiy nomlanishiga ko’ra to’rtlikdir. Lekin tugal fikrga, mustaqil mazmunga ega bo’lgan to’rtlik. Nihoyat, u aruzning ruboiy vaznida yozilishi kerak. Bu vazn aruzning hazaj bahrida “axram” va “axrab” (maf’uvlun va maf’uvlu) shohchasida bo’lib, 24 ko’rinishga ega.

O’zbek adabiyotida g’azal singari ruboiyni ham eng ko’p va eng yaxshi yozgan Alisher Navoiydir. Uning ruboiylari miqdori 500 dan ortiq. Boburniki u qadar ko’p emas, shunga qaramasdan, uning o’zbek ruboiychiligida alohida o’rni bor. U tabiatan ijtimoiy – falsafiy bo’lgan ruboiy janriga kundalik, hayotiy mazmunni kiritdi. Uning ko’pgina ruboiylari sarson – sargardon kechgan hayotining iqromomalariday taassurot qoldiradi.

Bobur ruboiylarining tili, ifodasining soddaligi, samimiyati kitobxonni o’ziga bog’lab oladi.

Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi,

Yo barcha murodlarini tark etsa kishi.

Bu ikkisi muyassar bo’lmasa olamda,

Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.

Bobur ruboiylari mavzusiga ko’ra emas, badiiyati jihatidan ham e’tiborga sazovor ekan.

Bobur she’rlarining bosh fazilatlaridan biri tilining soddaligidir Ayniqsa, ruboiylarida so’zlar shoir, shuningdek, radif va qofiyaga ham alohida hammabop, tushunarli, ifoda tiniq. Manzara va timsollar yorqin e’tibor beradi. Ularning serma’no va serohang bo’lishiga harakat qiladi.

Boburning eng mashhur asari “Boburnoma”dir. U dastlab “Vaqoye’” (Voqealar) deb atalgan. So’ngroq “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy ”, “Boburiya” nomlarini oldi. Oxirida “Boburnoma” bo’lib shuhrat topdi. “Boburnoma” Zahiriddin Boburning butun umri davomidagi esdaliklaridir. U 12 yoshidan hayotining so’ngigacha bo’lgan voqealarni qayd qilib borgan va umrining oxirlarida 1525-1530 yillarda ushbu asarni yaratgan, deb taxmin qiladilar.

“Boburnoma” avvalo, tarixiy asardir. Unda 1494-yildan, ya’ni Bobur taxtga chiqqanidan 1530-yilgacha – umrining so’ngigacha bo’lgan voqealar o’z ifodasini topgan. Bu tafsilotlar Bobur tug’ilib voyaga yetgan Movarounnahr, so’ngroq o’zi saltanat qurgan Xuroson va Hindistonda yuz bergan bergan voqealardir. Demak, “Boburnoma” XV asrning so’nggi, XVI asrning birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o’rganishda muhim manbadir.

Muallif o’z asarida voqealar bilan cheklanmaydi, albatta, balki ularning ishtirokchilariga, markaziy qahramonlariga ham keng o’rin beradi. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, ma’naviyatimizda muhim mavqega ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan ham tanishamiz. Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Dastlab o’sha yilda yuz bergan muhim voqea bayon qilinadi. Bobur butun umri jangi jadallarda kechishiga qaramasdan, tabiatan nihoyatda ziyrak va sinchkov, g’oyat fahmli va idrokli, hamma narsaga qiziquvchan bir zot edi. U qayerga bormasin, o’sha yerning geografik joylashish o’rnidan tortib, o’simlik va hayvonot dunyosigacha, qish-u yozining ob–havosidan, elining tili-yu urf-udumigacha hamma hammasi bilan qiziqadi va yozib qoldiradi.

“Boburnoma muallifining o’ziga xos tarjimayi holi, aklini taniganidan boshlab, umrining oxirigacha kechgan hayoti solnomasi, quvonch va alam zafar va mag`lubiyat to’la hayotining qaydnomasidir. Muhimi, eng og’ir damlarda ham u o’zining tanti, jo’mard, atrofdagilarga mehribon zot sifatidagi insoniy fazilatlarini saqlab qoladi. Vataniga muhabbatini hayotining so’ngigacha asraydi.

“Boburnoma”da Boburning ilk she’r mashqlaridan tortib, yirik asarlarigacha yozilish tarixi, ular bilan bog’liq voqealar haqida ma’lumot berilgan.

Bobur vatandan uzoqda ham ona tilni ravnaqini o’ylaydi. Uning Qobul va Hindistonda turib, turkiy tilda ijod etishining o’zi ona tiliga bo’lgan muhabbatidan edi. Bobur bu bilan cheklanmaydi. Turkiy tildagi ijodni rag’batlantiradi. Tilni sof saqlash uchun kurashadi. Bu ishlarni o’zga tillarni kamsitmagan holda turli beozor shakllarda amalga oshiradi.

Bobur Navoiy bilan uchrashmagan bo’lsa-da, lekin yoshligidan uning ijodiga qiziqar edi. Chunki hijriy 80-90 yillarda Navoiyning shuhrati juda keng miqyosda yoyilgan edi. Bobur tug’ilgan 1483-yilda Navoiy o’z “Xamsa”sini yozishga kirishgan, taqdir 1494-yili taxt berib, 1498-yili Samarqandday muqaddas poytaxtni qo’lga kiritganida ulug’ shoir tartib bergan “Xazoyin ul – maoniy “dagi she’rlar dovrug’i butun dunyoga yoyilgan edi.

Ayni paytda, Navoiy ham temuriyzodalarni sinchiklab kuzatib borgan ko’rinadi. Aks holda, u Samarqandga, 15 yoshli yigit Boburga maktub yo’llamagan bo’lardi.

Bobur Husayn Boyqaroga katta ixlos bilan qaragan, uning mardlik va shijoatini, adolatini, she’riy iste’dodini qadrlagan. 1506-yilda Husayin Boyqaro temuriy beklarni Shayboniyga qarshi birlashib kurashish uchun maslahatga chorlagandi.

“Boburnoma”da katta o’rinni davrning siyosiy voqealari, temuriylar va shayboniylarning taxt – toj uchun olib borgan kurashlari, jangi jadallar o’sdi. Bu hol uni har bir qadamini o’ylab bosishga, uning natijasini qattiq tahlildan o’tkazishga o’rgatdi. Ikkinchi tomondan, uning buyuk jahongir bobosining fathlari hali-hanuz tillarda doston edi. Bobosining jang usullari joriy bo’lib, zehni, iqtidorli Bobur bulardan xabardor edi. Qolaversa, uning o’zi ham katta tajriba orttirdi, bu haqda “Harb ishi”degan maxsus asar yozdi, harb sohibi, sarkarda sifatida shuhrat topdi.

“Boburnoma”da Boburning sarkardalik faoliyati yoritilgan lavhalar juda ko’p.

Boburning voqea-hodisalarga, do’st-u dushmanlariga bo’lgan munosabatini ochiq ifodalashi, o’z xatti-harakatiga tanqidiy nazar bilan qarashi, birinchidan asarning ilmiy, tarixiy ahamiyatini oshirsa, ikkinchidan, muallif shahsiga alohida joziba bag’ishlaydi. “Boburnoma” Bobur kezgan yurtlar haqida o’ziga xos qomusdir. Lekin bu qomus faqat sinchkov emas, badiiy zavqi ham baland bo’lgan ijodkor tomonidan yozilgan. Asarda turli fanlarga oid ma’lumotlar bilan bir qatorda go’zal ijodiy kuzatishlar, chiroyli badiiy lavhalar ham bor. Ayniqsa, Xuroson va Hindiston manzaralarini chizganda, xususan, o’zbek o’quvchisiga notanish urf – udumlar, o’simlik va hayvonlar haqida hikoya qilganda Boburning badiiy iste’dodi ish beradi.

“Boburnoma” o’zbek adabiyotida nasr taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Buning yorqin namunasi Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”asarlaridir. “Boburnoma”ning tasvir va bayon usuli tarjimalar orqali boshqa adabiyotlarga ham o’tdi. Garb va Sharqning fan va davlat arboblari Boburning tarix va madaniyat oldidagi xizmatlarini belgilashda bu kitobga asosiy manbaa sifatida qaradilar, Hindiston tarixini yoritishda esa, mutaxassislar fikricha, xali ham buyuk bobomiz Beruniyning “Hindiston”idan keyingi muhim asar. “Boburnoma” bo’lib turibdi.

Shoir, olim va shoh Boburning ijodi, faoliyati mana shu xususiyatlariga ko’ra ardoqlanib keladi.

Qaro zulfing”


Qaro zulfing firoqida parishon ro’zgorim bor,

Zulfingning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor.


Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,

Nega holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.


Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,

Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amgusorim bor.

Agar muslih men, ar mufsid, va gar oshiqmen ar obid,

Ne ishing bor sening zohid, meningki ixtiyorim bor.


Fig’onim oshti bulbo’ldin, g’ami yo’q bu zarra guldin,

Basi Bobur, o’shal guldin ko’ngilda xor-xorim bor.


Nazorat savollari

1. Bobur qoldirgan ijodiy meros haqida so’zlang. Yozgan asarlarini sanang, janr, mavzu, yo’nalishlarini aytib bering.

2. Shoir ruboiylari haqida ma’lumot bering. Bobur ruboiylarini o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

3. Nima uchun Boburni “Ruboiy ustasi” deymiz?



Topshiriqlar

1. “Boburnoma”ning yozilgan payti, janri, mazmun yo’nalish, dunyoga tarqalishi va Bobur to’g’risida yozilgan asarlar to’g’risida ma’lumot bering.

2. “Boburnoma-memuar asar” mavzusida isho yozing.

3. Bobur lirikasidan yod oling.




Aim.uz


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish