Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini o’rganamiz



Download 86,87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2019
Hajmi86,87 Kb.
#25522
Bog'liq
mpdf


Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad

Boburning hayoti va ijodini o’rganamiz

Bobur  (taxallusi;  to‘liq  ismi  Zahiriddin  Muhammad  ibn

Umarshayx  Mirzo)  (1483.14.2,  Andijon  1530.26.12,  Agra)  —

o‘zbek  mumtoz  adabiyotining  yirik  vakili:  buyuk  shoir;

tarixchi,  geograf;  davlat  arbobi,  iste’dodli  sarkarda;

boburiylar  sulolasi  asoschisi,  temuriy  shahzoda.

Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi,

onasi  —  Qutlug‘  Nigorxonim  Mo‘g‘uliston  xoni  va  Toshkent

hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va

oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida

faol  ko‘mak  bergan,  harbiy  yurishlarida  unga  hamrohlik

qilgan.  Umarshayx  Mirzo  xonadoni  poytaxt  Andijonning  arki

ichida  yashar  edi.  Hokim  yoz  oylari  Sirdaryo  bo‘yida,

Axsida,  yilning  qolgan  faslini  Andijonda  o‘tkazardi.

Boburning  yoshligi  Andijonda  o‘tgan.  Bobur  barcha  temuriy

shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar

ustozligida harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini

o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi,

ilmfanga,  she’riyatga  qiziqa  boshlaydi.  Dovyurakligi  va

jasurligi  uchun  u  yoshligidan  «Bobur»  («Sher»)  laqabini

oladi.

Bobur  otasi  yo‘lidan  borib,  mashhur  sufiy  —  Xoja  Ahrorga



ixlos  qo‘yadi  va  uning  tariqati  ruhida  voyaga  yetadi,

umrining  oxiriga  qadar  shu  e’tiqodga  sodiq  qoladi.

Keyinchalik, «Boburnoma» asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir

n e c h a   b o r   u n i   m u q a r r a r   h a l o k a t d a n ,   x a s t a l i k   v a

chorasizliqdan  xalos  etganini,  eng  og‘ir  sharoitlarda

rahnamolik qilganligini ta’kidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39

yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12

yoshli  Bobur  valiahd  sifatida  taxtga  o‘tiradi  (1494  yil

iyun).

Movarounnahr  15-asr  oxirida  o‘zaro  nizolashaetgan  temuriy



shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan,

deyarli  mustaqil  bo‘lib  olgan  ko‘pdanko‘p  viloyatlarga

parchalanib  ketgan  edi.  Movarounnahr  taxti  uchun  kurash

avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi.



Buning  ustiga  Umarshayx  Mirzoga  tobe  bir  necha  bek  va

hokimlar  yosh  hukmdorga  (Boburga)  buysunishdan  bosh

tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa,

ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi, yana boshqa birlari

Boburga raqib, boshqalari amaki, tog‘alariga qo‘shilib, uni

jismonan  yo‘qotish  payiga  tushadi.  O‘z  amakisi  va  tog‘asi

bo‘lmish  Sulton  Ahmad  Mirzo  bilan  Sulton  Mahmudxon

xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2— 3

yilida  mavqeini  mustahkamlash,  bek  va  amaldorlar  bilan

o‘zaro munosabatni yaxshilash, qo‘shinni tartibga keltirish,

d a v l a t   i s h l a r i d a   i n t i z o m   o ‘ r n a t i s h   k a b i   m u h i m

choratadbirlarni  amalga  oshiradi.  Boburning  dastlabki

siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik

va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va

Movarounnahrda  markazlashgan  kuchli  davlatni  saqlash,

mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan

iborat edi. Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga

uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494

yil  iyul)  dan  keyin  taxtga  o‘tirgan  Sulton  Mahmud  Mirzo

Samarqandda davlatni 5—6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa

muddatli  kasallikdan  so‘ng  43  yoshida  vafot  etdi.  Uning

o‘rniga Buxoroda hokim bo‘lgan o‘g‘li Boysung‘ur o‘tiradi.

1 4 9 5 — 9 6   y i l l a r d a   B o b u r   S a m a r q a n d g a   i k k i   m a r t a

muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497 yil kuzida u Samarqand

atrofidagi  bir  qancha  joylarni  va  7  oylik  qamaldan  so‘ng

Samarqandni  egallaydi,  Boysung‘ur  Qunduzga  qochadi.  Shahar

qamal tufayli nihoyatda og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqtsa

edi.  Hatto  ekkulik  don  ham  topish  mushkul  edi.  Bobur

qo‘shinni  ta’minlashda  katta  qiyinchiliklarga  duch  keldi.

Navkarlaridan  ayrimlari  Andijon  va  Axsi  tomon  qochib

ketadilar.  Buning  ustiga  Andijonda  qolgan  ayrim  beklar

Boburdan  yuz  o‘girib,  uning  ukasi  Jahongir  Mirzo  tarafiga

o‘tadilar. Andijondan ko‘ngli notinch bo‘lgan va iqtisodiy

qiyinchiliklarga  uchragan,  ayni  zamonda  og‘ir  xastalikni

boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan

so‘ng,  uni  tark  etishga  qaror  kiladi.  Ammo  Xo‘jandga

yetganda  Andijon  ham  qo‘ldan  ketib,  muxoliflar  ixtiyoriga

o‘tganini  eshitadi.  Boburning  Toshkent  hokimi,  tog‘asi

Mahmudxon  ko‘magida  Andijonni  qayta  egallashga  urinishi

natija  bermaydi,  Bu  muvaffaqiyatsizlik  Bobur  qo‘shiniga



salbiy  ta’sir  etib,  ko‘pchilik  bek,  navkarlar  (700—800

kishi) Boburni tark etadi. O‘ziga sodiq kishilar (200—300)

bilan  qolgan  Bobur  ma’lum  muddat  Xo‘jandda  turgach,

Toshkentga  —  Mahmudxon  huzuriga  kelib,  Andijonni  qaytarib

olish rejasini tuza boshlaydi. Ma’lum muddat o‘tgach, Bobur

Xo‘jandga qaytadi, ko‘p o‘tmay, Marg‘ilonni qo‘lga kiritadi

hamda  Andijonni  egallash  tadbirlarini  ko‘radi.  Nihoyat,  2

yildan  so‘ng  (1498  yil  iyun)  uni  qayta  qo‘lga  kiritadi.

Bobur  ukasi  Jahongir  Mirzo  bilan  sulh  tuzib,  uning

ixtiyorida  «Xo‘jand  suvining  Axsi  tarafi  viloyatlarini…»

qoldiradi,  Andijon  tarafi  viloyatlarini  o‘z  tasarrufiga

oladi.


Temuriylarning  o‘zaro  urushlari  kuchaygan  kezlarda

Shayboniyxon  Movarounnahrni  istilo  qilishga  kirishadi.  U

1 4 9 9   y i l   J i z z a x   v a   S a m a r q a n d   o r q a l i   Q a r s h i   v a

Shahrisabzgacha  bosib  boradi,  katta  o‘lja  bilan  Dashti

Qipchoqqa  qaytadi.  Oradan  ko‘p  o‘tmay,katta  kuch  bilan

Movarounnahrga  qaytgan  Shayboniyxon  Buxoro  va  Qorako‘lni

egallaydi  (1499),  Sulton  Ali  Mirzo  kaltabinlik  bilan

Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500). Biroq,

shahar  aholisi  va  zodagonlarining  ma’lum  qismi  temuriylar

hukmdorligini  tiklash  tarafdori  edi.  Ular  Farg‘ona  hokimi

Boburga maktub yo‘llab, Samarqandni ishg‘ol qilishga da’vat

etganlar.  Bobur  1500  yil  kech  kuzida  o‘z  qo‘shini  (240

kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz

chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning

shahar  ximoyasi  uchun  qoldirgan  600  nafar  askari  qirib

tashlanadi.  Shayboniyxon  Buxoroga  chekinadi.  Qisqa  vaqt

ichida  Samarqandning  barcha  tumanlari,  Qarshi  va  G‘uzor

shaharlarida Bobur hokimligi e’tirof etiladi. Ammo shaharda

oziq-ovqat  zaxiralari  tugab,  ocharchilik  boshlangan  edi.

Bundan  xabar  topgan  Shayboniyxon  katta  kuch  to‘plab,  yana

Samarqandga  yurish  boshlaydi.  1501  yil  aprelda  Zarafshon

bo‘yidagi  Saripul  qishlog‘i  yaqinida  bo‘lgan  jangda  Bobur

qo‘shinlari  yengiladi.  Bobur  Samarqandga  chekinadi.  Shahar

yana qamal qilinib, u to‘rt oy davom etadi. Qamalda qolgan

shahar  aholisining  ochlikdan  tinkasi  quriydi,  Bobur  1501

yilning  2-yarmida  noilojlikdan  Samarqandni  tark  etib,

Toshkentga,  Mahmudxon  huzuriga  yo‘l  oladi.

Bobur  Temuriylar  saltanatini  himoya  qilish  va  uni  saqlab



qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi

bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo

mamlakatda  hukm  surgan  og‘ir  iqtisodiy  tanglik  va  siyosiy

parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503 yili

Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan

qo‘shini  Shayboniyxon  tomonidan  Sirdaryo  bo‘yida  tormor

qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda

Andijonni  Sulton  Ahmad  Tanbal  egallab  oladi.  1501—04

yillarda Bobur Farg‘ona mulkini qaytarib olish uchun Sulton

Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi

muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning to‘xtovsiz

janglari  va  og‘ir  soliqlaridan  toliqqan  xalq  Boburni

qo‘llamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504 yil iyun)

majbur buladi.

Bobur  200—300  navkari  bilan  Hisor  tog‘lari  orqali

Afg‘onistonga  o‘tadi  va  u  yerdagi  ichki  nizolardan

foydalanib  G‘azni  va  Kobulni  egallaydi.  Bobur  Kobulni

egallagach,  mustaqil  davlat  tuzishga  jadal  kirishadi,

qo‘shinni  tartibga  keltiradi,  qattiq  ichki  intizom

o‘rnatadi.  Kobulga,  umuman  Afg‘onistonga  Bobur  o‘z  yurti

kabi  qaradi,  qurilish,  obodonlashtirish,  kasbu  hunar  va

qishloq  xo’jaligini  rivojlantirish  ishlarini  boshlab

yuboradi.  «Bog‘i  Shaxroro»,  «Bog‘i  Jahonoro»,  «O‘rtabog‘»,

«Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgoxlar tashkil etdi.

Shahar  ichidagi  Bolo  Hisor  qal’asini  o‘z  qarorgohiga

aylantirib, uni qayta ta’mirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi

va  oilasi  bilan  shu  qal’ada  yashadi.  Uning  Humoyun,

Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda

tug‘iladi. 1506 yil bahorda vafot etgan Qutlug‘ Nigorxonim

Mirzo Ulug‘bek shu yerda bunyod ettirgan «Bog‘i Navro‘ziy»ga

dafn etiladi.

Bobur Afg‘onistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt,

el  obodonligi  va  ravnaqi  uchun  jon  kuydirgan  tadbirli

hukmron  sifatida  qizg‘in  faoliyat  ko‘rsatdi,  uning

manfaatlari  yo‘lida  odilona  va  oqilona  ish  tutdi.

Afg‘onistondagi  amaliy  faoliyatiga  ko‘ra,  Bobur  butun

Xuroson  va  Movarounnahrda  qudratli  davlat  boshlig‘i  va

muzaffar  sarkarda  sifatida  katga  obro‘  orttira  bordi,

mintaqadagi  siyosiy  hayot  e’tiborli  o‘ringa  ko‘tarildi.

Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi



birgalikda  chora  ko‘rish  masalasida  Sulton  Husayn  Boyqaro

barcha  temuriy  hukmdorlar  qatorida  Boburni  ham  maslahat

yig‘iniga  maxsus  taklif  etishi  ana  shunday  yuksak  nufuzni

ko‘rsatuvchi  dalildir.  Bobur  shu  taklif  bo‘yicha  Hirotga

otlanadi. Husayn Boyqaroning to‘satdan vafot etishiga (1506)

qaramay,  u  Hirotga  boradi  va  temuriy  hukmdorlar  bilan

uchrashib  muzokaralar  o‘tkazadi.  Temuriy  hukmdorlarning

birlashib Shayboniyxon qo‘shinlariga to‘siq qo‘yish rejalari

amalga  oshmaydi  va  tez  orada  birinketin  mag‘lubiyatga

uchrab,  saltanatni  batamom  qo‘ldan  chiqaradilar.

1507  yil  boshlarida  Bobur  Hindistonga  yurish  boshlaydi.

Ammo,  bu  urinishi  muvaffaqiyatsiz  tugab,  yana  poytaxt

Kobulga  qaytadi.

Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush

harakatlarini kuzatib boradi, o‘z qo‘shinlarini doimo shay

tutadi.  Shayboniyxon  Xurosonning  yirik  markazlarini  qo‘lga

kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo,

Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq to‘qnashuvda (1510)

yengiladi,  o‘zi  ham  Marvda  halok  bo‘ladi.  Shoh  Ismoil

Xuroson  va  Movarounnahrga  qo‘shin  kiritib  shayboniylarga

ketma-ket shikast yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan

harbiy-siyosiy  ittifoq  tuzib,  1511  yil  bahorida  Hisorni,

yozida  Buxoroni,  okt.  boshida  esa  Samarqandni  yana  qo‘lga

kiritadi. Boburning shia mazhabidagi eroniylar ra’yi bilan

ish tutishi aholida norozilik tug‘diradi. 1512 yil 28 apr.da

Ko‘li malik jangiaa Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan

yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512 yil kuzida Bobur

shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan

Balxda  uchrashib,  Amudaryodan  kechib  o‘tib,  avval  Huzar

(G‘uzor)  qal’asini  oladi,  so‘ng  Qarshiga  yurish  qiladi,

shahar uzoq muddatli qamaldan so‘ng taslim bo‘ladi, shahar

himoyachilari  qattiq  jazolanadi.  1512  yil  24  noyabrda

G‘ijduvon  jangila  Boburshayboniylardan  yana  yengilib,

Kobulga  qaytishga  majbur  bo‘ladi.  Bobur  Movarounnahrni

egallash  ilinjidan  uzilkesil  umidini  uzadi  va  butun

e’tiborini  Hindistonga  qaratadi.

1519  yil  bahoriga  kelib  Bobur  Hindistonni  zabt  etish

rejalarini  amalga  oshirishga  kirishadi  va  keyingi  5—6  yil

davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526 yil

apr.da  Panipatda  asosiy  raqibi,  Dehli  sultoni  Ibrohim



Lo‘diyning  yuz  ming  kishilik  qo‘shininy  12  minglik  askari

bilan  tormor  qiladi  hamda  Dehlini  egallaydi.  Oradan  ko‘p

o‘tmay,  ikkinchi  yirik  hind  sarkardasi  Rano  Sango  ustidan

ham  zafar  qozonib,  Shim.  Hindistonning  Bengaliyagacha

bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. Agrani o‘ziga poytaxt

sifatida  tanlagan  Bobur  katta  qurilish  va  obodonchilik

ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch

yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga

asos soladi.

Bobur  Hindistonda  ham,  xuddi  Afg‘onistonda  bo‘lganidek,

ko‘plab  ijtimoiyxayrli  ishlarni  amalga  oshirdi,  mamlakat

taraqqiyotiga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatdi.  Tarqoqlik  va

parokandalikka,  o‘zaro  ichki  nizo,  qirg‘inlarga  barham

berib,  viloyatlarni  birlashtirdi,  markazlashgan  davlatni

mustahkamlash  va  yurtni  obodonlashtirishga,  ilmu  hunar  va

dehqonchilikni  rivojlantirishga  katta  e’tibor  qaratdi.

Qurilish  ishlariga  boshchilik  qildi.

Boburning  o‘z  guvoxligiga  ko‘ra,  shoir  sifatida  ijodiy

faoliyati  Samarqandni  ikkinchi  marta  egallagan  vaqgda

boshlangan; «Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim»,

deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher

Navoiy tashabbusi bilan ular o‘rtasida yozishma boshlanadi.

Bobur  atrofida  ijodkorlar  to‘plana  boshlashi  ham  shu

yillarga  to‘g‘ri  keladi.  Jumladan,  Binoiy,  Abulbaraka  va

Bobur  o‘rtasidagi  ruboiy  mushoirasi  Samarqanddagi  qizg‘in

adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va ko‘p

vaqti  jangu  jadallarda  o‘tgan  sarkarda  sifatida  ijtimoiy

faoliyatining  eng  qizg‘in  davrida  ham,  shaxsiy  hayoti  va

davlati  nihoyatda  murakkab  va  xatarli  sharoitda  qolgan

chog‘larida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm,

san’at va ijod ahlini o‘z atrofiga to‘plab, homiylik qilgan,

ularni rag‘batlantirgan.

O‘tmish  adabiyot  va  tarix,  musiqa  va  san’atdan  yaxshi

xabardor bo‘lgan, diniy ta’limotga chin ixlos qo‘ygan Bobur

har  doim  olimu  fozillar  davrasida  bo‘ldi,  xususan  ijod

ahliga,  kasbu  hunar  sohiblariga  samimiy  ehtirom  ko‘rgazib

homiylik  qildi,  ularni  moddiy  va  ma’naviy  rag‘batlantirib

turdi. Ijod va san’at ahliga bunday mehrli munosabat aslo

bejiz  bo‘lmagan.  Bobur  tabiatan  ijodkor  edi.  Yigitlik

yillaridan  boshlab  to  umrining  oxirigacha  samarali  ijodiy



ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda

ham  ijoddan  to‘xtamadi,  natijada,  har  jihatdan  muhim  boy

ilmiy va adabiy meros qoldirdi.

Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va g‘azallar yoza boshlagan.

Uning «Topmadim» radifli g‘azali va «Yod etmas emish kishini

g‘urbatda kishi» misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi o‘sha

yillardagi hayoti bilan bog‘liq.

B o b u r n i n g   u l k a n   s a n ’ a t k o r l i g i   s h u n d a k i ,   s h a x s i y

kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va

natijada  asarlarida  olg‘a  surilgan  g‘oyalar  umuminsoniy

qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Bobur ijodida, xususan,

she’riyatida  kindik  qoni  to‘kilgan  ona  yurtini  dildildan

qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan

o‘tli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir

zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola

badiiy tahlil etiladi.

Bobur  ijodida  ishqmuhabbat,  sevgisadoqat,  visol  va  hijron

mavzui  ham  salmoqli  o‘rin  tutadi.  Uning  gazal  va

ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor

go‘zalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi,

nozu  karashmasi  yengil  va  o‘ynoqi,  musiqiy  va  ravon

misralarda  katta  mahorat  bilan  tarannum  etiladi.

Boburning  uz  she’riy  asarlarini  to‘plab,  devon  holiga

keltirgan sanani ko‘rsatuvchi aniqtarixiy ma’lumotlar ma’lum

emas. Ammo «Boburnoma»ning 1518—19 yillar voqealari bayoniga

bag‘ishlangan  faslida  Bobur  devonini  Kobuldan  Samarqandga

yuborganligi  to‘g‘risida  so‘z  boradi.  Demak,  shu  yillarda

u n i n g   d e v o n i g a   t a r t i b   b e r i l g a n   v a   m a z k u r   d e v o n

Movarounnahrda  ham  tarqalgan.

Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi,

10 dan optik tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60

dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi

270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan.

Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur «Mubayyin» asarini

yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va

shariat aqidalariga bag‘ishlangan bu asarda Movarounnahr va

Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti bo‘yicha

qiziqarli  ma’lumotlar  ham  jamlangan.  Valiahd  Humoyun  va

Komron  Mirzolarga  dasturulamal  sifatida  mo‘ljallangan

«Mubayyin»da,  ayni  zamonda,  namoz,  zakot  va  haj  ziyorati



to‘g‘risida  ham  shar’iy  mezonlar  bayon  qilingan.  Shu

yillarda  Bobur  Sharq  she’riyatining  asosiy  masalalaridan

biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy

risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan

shoh asari «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini 1518—19 ylarda

boshlagan (q. «Boburnoma»).

Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, «Xatti

Boburiy», shuningdek musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus

bag‘ishlangan  qator  risolalari  ham  bo‘lgan.  Ammo  keyingi

ikki  asar  matni  hanuz  topilgan  emas.  «Xagti  Boburiy»da

muallif arab alifbosini taxrir etib, yozuvni soddalashtirish

va  osonlashtirish  maqsadida  uni  turkiy  til  va  talaffuz

mezonlariga  moslashtirgan.

1526 yil 21 dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi.

Mahv  etilgan  Ibrohim  Lo‘diyning  onasi  oshpazlar  bilan  til

biriktirib,  uning  ovqatiga  zahar  qo‘shtiradi.  Shuning

asoratimi  yoki  ko‘p  yillik  mashaqqatli  va  qo‘nimsiz  hayot

ta’sirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga

chalinib  turadi.  1527  yil  oktabrda  Bobur  yana  xastalikka

uchragach,  umrining  oxirlab  qolganini  his  etadi.  Shunda

Bobur o‘zi e’tiqod qo‘ygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot

tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini

she’riy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi

qobiliyati namoyon bo‘lgan 243 baytli bu asar katta ijodiy

ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning o‘z

e’tiroficha,  tarjima  tugashi  hamonoq  batamom  sog‘ayib

ketgan. Bu yillarda u «Boburnoma» fasllari ustida ishlashni

davom  ettirdi,  yangiyangi  g‘azalruboiylar  yaratdi,  o‘z

iborasi  bilan  aytganda,  «Hindistong‘a  kelgali  aytqon

ash’orni»  tartibga  solib,  shuningdek,  «Volidiya»

tarjimasini,  «Xatti  Boburiy»  bilan  bitilgan  namuna  va

qit’alarni  Movarounnahr  va  Afg‘onistonga,  Xumoyun,  Xoja

Kalon,  Hindol  va  b.ga  yubordi.  Humoyun  Mirzoga  atalgan

ijtimoiyaxloqiy  masalalarni  tahlil  etuvchi  mashhur  maktubi

ham  Bobur  ijodiy  faoliyatining  yorqin  qirralaridan  biri

bo‘ldi.


Bir  necha  muddat  oldin  podsholikni  Humoyunga  topshirgan

Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada

vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539),

vasiyatiga  muvofiq  xoki  Kobulga  keltirilib,  o‘zi  bunyod



ettirgan  «Bog‘i  Bobur»ga  qo‘yildi  (q.  Bobur  maqbarasi).

Bobur  O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng  o‘z

yurtida  haqiqiy  qadrqimmattopdi.  O‘zbekiston  Respublikasi

P r e z i d e n t i n i n g   f a r m o n i g a   k o ‘ r a   1 9 9 3   y i l d a   B o b u r

tavalludining  510  yilligi  tantanali  nishonlandi.  Andijon

sh.da  Bobur  nomida  unt,  teatr,  kutubxona,  milliy  bog‘

(«Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmuasitsa «Bobur

va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabrmaqbarasi

bunyod  etilgan.  Shahar  markazida  (muallifi  Ravshan

Mirtojiev) va Bobur bog‘idagi yodgorlik majmuida (muallifi

Qodirjon  Salohiddinov)  shoirga  haykal  o‘rnatildi.

Andijondagi  markaziy  ko‘chalardan  biriga,  shuningdek

Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati,

Xonobod  shahridagi  istirohat  bog‘iga  Bobur  nomi  berildi.

O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasining  Bobur  nomidagi  medali

ta’sis  etildi.  Sharqshunos  olim  Ubaydulla  Karimov  bu

medalning  birinchi  sovrindori  bo‘ldi.

Andijonlik  tabiatshunos  olim  Zokirjon  Mashrabov  rahbarlik

qiladigan  Xalqaro  Bobur  jamg‘armasi  (1993.23.12)  Bobur

ijodini  o‘rganishda  katta  ishlarni  amalga  oshirdi.

Jamg‘armaning  ilmiy  ekspeditsiyasi  10  dan  ortiq  Sharq

mamlakatlari bo‘ylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib,

200  ming  km  dan  ortiq  masofani  bosib  o‘tdi,  Bobur  va

boburiylar  qadamjolari,  ularning  ilmiy  merosiga  oid  yangi

ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur

ma’lumotlar  asosida  10  dan  ziyod  ilmiy,  hujjatli,  badiiy

asarlar  (Z.  Mashrabov,  S.  Shokarimov:  «Asrlarni  bo‘ylagan

Bobur»; S. Jalilov: «Boburning Farg‘ona davlati», «Bobur va

Andijon»;  Qamchibek  Kenja:  «Hind  sorig‘a»;  X.  Sultonov:

«Boburning  tushlari»,  «Boburiynoma»;  R.  Shamsuddinov:

«Boburiylar izidan», «Boburiylar sulolasi»; T. Nizom: «Uch

so‘z»),  10  ga  yaqin  hujjatli,  videofilmlar  (F.  Rasulov:

«Bobur  izidan»,  «Muqaddas  qadamjolar»;  T.  Ro‘ziev:  «Bobur

salomi»,  «Bobur  nomidagi  Xalqaro  ilmiy  ekspeditsiya»;  T.

Hamidov: «Iftixor» va h.k.) yaratildi. Jamg‘armaning Lohur

(Pokiston),  Haydarobod  (Hindiston),  Abu  Dabi  (Birlashgan

Arab  Amirliklari),  Moskva  (RF),  O‘sh  (Qirg‘iziston),

Toshkent,  Namangan  (O‘zbekiston)  shaharlarida  bo‘limlari

mavjud.  1998  yil  Jamg‘armaning  boburshunoslik  sohasidagi

xalqaro  mukofotlari  ilk  marta  Pirimqul  Qodirov,  Sabohat



Azimjonova,  G‘aybulloh  asSalom,  Ne’matilla  Otajonov,

Xayriddin  Sultonov,  Eyje  Mano  (Yaponiya),  Muhammadali

Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afg‘oniston),

Ma’murjon  To‘xtasinov,  Ravshan  Mirtojiev,  Majid  Tursunov,

Rahmonjon  Azimov,  Muhammadjon  Mirzaevga  berildi.

* * *


Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,

Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.

Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,

Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,

Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,

Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men

Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

* * *

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,



Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,

Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,

Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q

Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.


* * *

Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,

Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.

Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,

Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.

Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim

Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.

Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,

Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.

Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,

Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.

* * *


Sendek menga bir yori jafokor topilmas,

Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen

Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko’z ollidaku ul yor ayon yo’q,

G’amxore ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida

Ko’zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.

Bobur, seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,

Olamda kishiga yo’q esa yor topilmas.

* * *

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu?!



Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,

Dahri dunparvarning o’zga muddaosi qoldimu?!

Meni o’lturdu jafoi javr birla ul quyosh,

Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!

Oshiq o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafiq,

O’zga ko’nglimning bu olamda harosi qoldimu?!


Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,

Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

* * *

G’urbatu hijrong’a qoldim, oh ul jon ilgidin,



Jong’a yettim emdi g’urbat birla hijron ilgidin.

Ko’rsatur gah tiyg’u gah o’q holatimni bilmayin,

Ne balolar ko’radurman yori nodon ilgidin.

El fig’onimdin bajonu men bu jondin, ey ajal,

Qil xalos elniyu meni jonu afg’on ilgidin.

Bobur, ul oy hajrida ishing base dushvor edi,

Shukrkim, qutqardi o’lum seni oson ilgidin.

* * *


Yor yuzumni ko’rub dardu g’amim bilsa kerak,

Yuz ko’rub dardu g’amim chorasini qilsa kerak.

Ey sabo, jonu ko’ngulni o’zining chun qildi,

Ko’ngli birla degasen joni uchun kelsa kerak.

Vaslini ne qilayin g’ayrdin ayrilmadi hech,

Yor vasli menga, u ag’yordin ayrilsa kerak.

Vaslining qadrini chun bilmadi bu telba ko’ngul,

Hajrining tiyg’i aning yuragini tilsa kerak.

Shukr Boburni bilurmen degan ermish ul oy,

Lojaram bandalarin shohlari bilsa kerak.

* * *

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,



Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul qaro qoshdin yana.

Men hud ul tifli pariyvashg’a ko’ngul berdim, vale

Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshdin yana.

Yuz yamonlig’ ko’rub andin telba bo’ldung, ey ko’ngul,

Yaxshilig’ni ko’z tutarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol meni, uyda forig’ ul pariy,

Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.


Oyog’im yetguncha Boburdek ketar erdim netay,

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.

* * *

Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,



Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o’ldi junun mulki, ey junun ahli,

Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko’ngullar,

Ko’ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko’ngli, chu ochting sochingni, Boburning,

Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.

* * *


Baloyi ishqki, har dam manda jafoyedur,

Bu ishdin kecha olmon ajab baloyedur.

Xati labig’a tutash bo’lsa, ey ko’ngul, ne ajab,

Ki Xizr chashmayi hayvong’a rahnamoyedur.

Yarar bu xasta ko’ngul dardig’a o’qin yarasi,

Magarki har yarasi yorning davoyedur.

Bahor fasliduru may havosi boshimda,

Ayoq tut menga soqiyki, xush havoyedur.

Ul oy raqibg’a bo’ldi rafiqu Boburning

Rafiqu hamdami hajrinda ohu voyedur.

* * *

Ko’zumda muttasil ul egma qosh kerak bo’lsa,



Qoshimda ko’z yorug’i ul quyosh kerak bo’lsa.

Sujud vaqtida mehrob bo’lmasun hargiz

Ki, bosh qo’yarda o’shal egma qosh kerak bo’lsa.

Habib ishqida boshdin kech, ey ko’ngul, yo’q esa,

Bu yo’lg’a qo’yma ayoq sanga bosh kerak bo’lsa.

Qo’yub ayog’ig’a bosh, so’rsa la’lidin har kim,

Boshig’a tufroqu og’zig’a tosh kerak bo’lsa.


Sening bila bari el noxush o’lsa, ey Bobur,

Ne bo’lg’usi sanga, ul yori xush kerak bo’lsa.

* * *

Ulki menga yori dilnavoz ko’rundu,



Javrin ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.

Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,

Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.

Sening uchun ulki boshin o’ynamadi hech,

Senga ajoyibki ishqboz ko’rundi.

Ishq borinda salohu tavbavu taqvo

Barchasi tahqiq bil majoz ko’rundi.

Dushmano jon o’ldi, ne qilay, sanga, Bobur,

Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi.

* * *


Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,

Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.

Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,

Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,

Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,

Bizni ham gohe sog’in shurbi mudoming borida.

Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,

Lablaridin sharbati yuhi-il izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo’lg’il ishq aro,

Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.

Bobur ul gul ko’yida bulbul kibi topting maqom,

Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.

* * *

Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo’ldim,



Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon bo’ldum.

Labing gar bermasa bo’sa nechuk jon elta olg’aymen,

Bu yo’ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo’ldum.

So’rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,

Bir og’iz so’z bila ko’rungki muncha xo’rdadon bo’ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko’rsattim,

Vale oxir malomat o’qlarig’a-o’q nishon bo’ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,

Bu Shirindurki oning birla-o’q hamdoston bo’ldum.

Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,

Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo’ldum.

* * *

Kim ko’rar xurshidni, ul mohsiymo bo’lmasa,



Kim so’rar shakkarni, ul la’li shakarxo bo’lmasa.

Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yiroq,

Sarv o’qdur bag’rima ul sarv bolo bo’lmasa.

Jannatu-l-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,

Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.

Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,

Oshiq o’lg’aymu edi ul telba rasvo bo’lmasa.

Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, sening,

Yordin ko’nglung kerakkim o’zga qat’o bo’lmasa.

* * *


Yana ko’z uyida ma’vo qilibsen,

Ko’ngul koshonasida jo qilibsen.

Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,

Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

G’aming yo’q jon agar bersam g’amingda,

O’zungni muncha beparvo qilibsen.

Qoshingdin meni o’qdek tashlar uchun

Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

Ko’zumdin yoshurib, ey bahri altof,


Ko’zumning yoshini daryo qilibsen.

Sog’inmas jannatu-l-ma’voni Bobur,

Oning ko’nglida to ma’vo qilibsen.

* * *


Jonima o’t soldi ul ruxsorayi zebo yana,

Ko’ngluma ul zulf bo’ldi moyayi savdo yana.

Ko’rsatib ruxsoru zulfin ul pariy paykar manga,

Jonu ko’nglumni qilibdur volavu shaydo yana.

Yor ko’yindagi tom sensen manga pushti panoh,

Soyayi lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.

Shodliqniyu farog’atni qo’yub oshiq bo’lib,

Mehnatu g’amni qilibmen o’zuma paydo yana.

Yorg’a qulmen degach Boburni rasvo ayladi,

Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.

* * *

Bir pariy men telbani husnig’a moyil qilg’udek,



Ko’zum ichra yer tutub ko’nglumda manzil qilg’udek.

Ko’nglumizga javr behad qildi ul nomehribon,

Jonima yuz ming g’amu mehnatni hosil qilg’udek.

Notavon ko’nglumga ishqi qayg’uni kelturgudek,

Ayshu ishratni ko’nguldin qayg’urur el qilg’udek.

Qilmadi Farhodu Majnun o’zni rasvo men kibi

Kim, bu nav’ ish ish emasdur hech oqil qilg’udek.

Ul pariy ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,

Ishq atvorini ishq ahlig’a mushkil qilg’udek.

* * *


Yangi oy yor yuzi birla ko’rub el shod bayramlar,

Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida g’amlar.

Mening bu tori mo’ yanglig’ tanimg’a toblar soldi

Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidag’i xamlar.

Havog’a dudi ohin tutratur ishq ahli g’ayratdin,


Sabo tahrikidin har gah parishon bo’lsa parchamlar.

Ochildi zulfiyu xaylar namudor o’ldi yuzinda,

Gul uzra chun bo’lur paydo kecha ochilsa shabnamlar.

Menu g’am kunjiyu ohu fig’oni ashku xunolud,

Ne xushdur go’shayi xoliy, mayi sofiyu hamdamlar.

Ko’ngulni ishq buzdi, ne osig’ pandu nasihatdin,

Mening majruh ko’nglumga yarashmas ushbu marhamlar.

Yuzi navro’zi, asli iydni Bobur g’animat tut

Ki, mundin yaxshi bo’lmas bo’lsa yuz navro’zu bayramlar.

* * *


Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,

Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.

Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,

Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,

Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.

Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,

Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,

Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.

Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,

Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,

Itobing manga ofat, hadising manga darmon.

Darmon manga hadising, ofat manga itobing,

Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,

Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.

Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,

Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

* * *

Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar,



Yoruq jahonni ko’zumga qarong’u qilmishlar.

Chag’ir bag’ri qonidur barcha ishq ahlig’a,

Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.

Ne qilsam aylama, ey yor, aybkim, menda

Jununi ishqu yigitlik bori qotilmishlar.

Salohg’a xirad ahli meni yovuq derlar,

Ko’rungki ushbu chechanlar yiroq yangilmishlar.

Ne sud ishni eldin yoshurmoq ey Bobur,

Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.

* * *

Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,



Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.

Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base

Mehru vafo raqibg’a javru jafo manga.

Begona bo’lsa aql meni telbadin, ne tong,

Chun bo’ldi ul pariy sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,

Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim ko’rub mu’olajada zoyi’ etma umr

Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

To yor kimni istaru ko’nglina kim yoqar,

Tashvishi bejihatdurur oxir sanga, manga.

Bobur bo’lubturur iki ko’zum yo’lida to’rt,

Kelsa ne bo’ldi qoshima bir-bir manga-manga.

* * *


Xati binafsha, xadi lola, zulfi rayhondur,

Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.

Engi, mengi oyu dag’i yuzi, so’zi gulu mul,

Qadi ravonu tani jonu erni marjondur.

Qoshida chin, ko’zida kiynu angabin labida,

So’zida zahru lekin tilida darmondur.

Qoshingg’a ko’p bora olmon, netay oraliqda,


Yoshim tishing duridin ayru bahri ummondur.

O’tumni tez etasen har tarafg’a sekritib ot,

Samandi noz inonini bir beri yondur.

Ne nav’ vasf qilay suvrating latofatini

Ki, husnunga sening, ey ruh, aql hayrondur.

Jafovu javr agar qilsa, Boburo, netayin,

Ne ixtiyor manga, harne qilsa sultondur.

* * *


So’rma holimniki bo’ldum burnog’idin zorroq,

Jism jondin zoru jonim jismdin afgorroq.

Banda taqrir aylay olmon band-bandim dardini,

Yuz temur band o’lsa ondin bu erur dushvorroq.

Mastu bexudliq bila unrungni o’tkarding, darig’,

Ey ko’ngul, mundin beri bo’l bir nima xushyorroq.

G’aflat uyqusidin uyg’on, gar tilar bo’lsang murod,

Kim yetar maqsadg’a har kim, bo’lsa ul bedorroq.

O’lgali yettim, mening jonim g’amin ye, ey rafiq,

Dahr aro chun yo’q kishi sendin manga g’amxorroq.

Kelmas o’xshar zaxmating islohg’a, Bobur, magar

Har davokim qildilar bo’ldung dag’i bemorroq.

* * *

Za’fdin go’yo mening bu zor jismim noldur



Kim, aning sharhin demakta xoma tili loldur.

Za’fliq jismim bila bu notavon ko’nglum aro

Dardi yor erkanga ushbu egma qaddim doldur.

Men damodam qon yutarmen hajr ayog’idin, netay,

O’zgalarning jomi vasli garchi molomoldur.

Zulfig’a vobastamen vaslig’a yo’qdur dastras,

Ey xush ul ozodakim, beqaydu forig’boldur.

Ul pariydin men nechuk jon eltayinkim, Boburo,

Vasli mushkil, hajri muhlik, g’amzasi qattoldur.


* * *

O’lum uyqusig’a borib jahondin bo’ldum osuda,

Meni istasangiz, ey do’stlar, ko’rgaysiz uyquda.

Nekim taqdir bo’lsa, ul bo’lur tahqiq bilgaysiz,

Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.

O’zungni shod tutqil, g’am yema dunyo uchun zinhor

Ki, bir dam g’am yemakka arzimas dunyoyi farsuda.

Zamona ahli ichra, ey ko’ngul, oyo topilg’aymu,

Seningdek dard paymovu meningdek dard paymuda.

Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,

Magar o’lsam bu olam ahlidin bo’lg’aymen osuda.

* * *


Qaro zulfing firoqinda parishon ro’zg’orim bor,

Yuzungni ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.

Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,

Nechun holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.

Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,

Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amg’usorim bor.

Agar muslihmen ar musfid, va gar oshiqmen ar obid,

Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.

Fig’onim oshdi bulbuldin, g’ami yo’q zarra bu quldin,

Base Bobur, o’shal guldin ko’ngulda horhorim bor.

* * *

O’zni , ko’ngul, aysh bilan tutmoq kerak,



Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Ayshu tarab gulbunig’a suv berib,

G’ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin ko’ngul,

Ishq o’ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag’a g’am yema, g’am ko’p turur,

Aysh bila o’zni unutmoq kerak.


Qo’yma mashaqqat aro, Bobur, ko’ngul,

O’zni farog’at bila tutmoq kerak.

* * *

Ne xush bo’lg’ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg’otsam,



Kechalar tori mo’yidek belig’a chirmashib yotsam.

Gahi guldek yuzini ul shakar so’zlukni islasam,

Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.

Qani Shirin bila Layliki sendin noz o’rgansa,

Qani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishq o’rgatsam.

Yoruq kunduz,qorong’u kechada anjum kibi bo’lgay,

Chekib gar oh dudini ko’ngul o’tini tutratsam.

Ko’zum ravshanlig’ida bo’lg’ay,Bobur,base kamliq,

Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga o’xshatsam.

RUBOIYLAR

Jono, bitigingki, bo‘ldi marqum manga,

Mehnat bila g‘amni qildi ma’dum manga.

Ko‘rgach ani garchi shod behad bo‘ldum,

Mazmuni, vale, bo‘lmadi ma’lum manga.

* * *

Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,



Ne toat uchun go‘shai mehrob manga,

Ne fisq qilurg‘a bordur asbob manga,

Ne zohid o‘lurg‘a toqatu tob manga.

* * *


To bo‘lg‘ali dildor o‘shal oy manga,

Holimni bilib, qilmadi parvoy manga.

Men asru harobu yor ko‘p mustag‘niy,

Ey voy manga, voy manga, voy manga!

* * *

Xush ulki, ko‘zum tushti sening ko‘zushta,



Bevosita holimni desam o‘zungga,

Bermay so‘zuma javob achig‘lanasen,

Qilding meni muhtoj chuchuk so‘zungga.

* * *

Asru ko‘p emish jur’atu ximmat sizga,



Ro‘ziy qilg‘ay Xudoy nusrat sizga.

Mardonalig‘ingizni bori el bildi,

Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!

* * *


Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,

Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,

Yahshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz,

Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur!

* * *

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,



Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,

Har neniki sevmak andin ortiq bo’lmaz,

Andin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

* * *


Taqdir yuki boshimga balolig’ bo’ldi,

Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,

Oz yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.

* * *

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,



Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.

Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,

G’urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

* * *


Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,

Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.

Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,

Bir – birini necha kuni g’animat tutungiz.



* * *

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor

Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

* * *


Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,

Sen shu’lasen,ul shu’lag’a men kuldirmen.

Nisbat yo’qdur,deb ijtinob aylamakim,

Shohmen elga,vale senga quldurmen.

TUYUQLAR

Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga,

Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.

O’qung etti ko‘p yomon yoro manga,

Marxami lutfung bila yoro manga.

* * *


Ulki, har ko‘zi g‘azoli Chindurur,

Qoshida payvaeta oning chindurur.

Chunki ko‘p yolgon aytti ul manga,

Gar desam yolg‘onchi oni chindurur.

* * *

Meni behol aylagan yor oydurur —



Kim, oning vasli menga yoroydurur.

Gar visoli bo‘lmasa, ketar yerim

Yo Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.

* * *


Ishq ahli ishq dardini taning,

Ko‘p yomondur, dardi ishqidin taning.

Har necha ko‘zum och ersa, ko‘z to‘yor

Gar ochilsa siymdek nozik taning.

* * *


Mehrkim, ko‘kka qilur ohang tong,

Ollida bo‘lsa, emas berang tong.

Xoliyu ikki labidek bo‘lmag‘ay,

Hindu ar keltursa shakkar tang-tang.

* * *

Kel, qilay jonni nisoring, o yorim,



Naqdi jonni bormu sendin oyorim?!

Bo‘sa bersang gar tamom og‘zing bila,

Kunji og‘zingdin oloyin oyorim.

* * *


Sen kibi bir dilraboni bilmanam,

Oshiki sodikki derlar, bil, manam,

Qil tasavvur ko‘z yoshimni bir tengiz,

O’zga oshiq ashki yanglig‘ bilmanam.

* * *

To chiqardi xat uzori pokidin,



Gul yuzi ozurda bo‘ldi pokidin.

Istar erdi el burun yuz mehr ila,

Emdi ul yuz mehri ketti pokidin.

* * *


To ko‘ngul berdim o‘shal qoysorig‘a,

Borgonini bilmadim qoy sorig‘a.

Do‘stlar, yorg‘a meni sog‘indurung,

Solsangiz nogah quloq qoysorig‘a.

* * *

Shah, supuray ostoning yuz ila,



Tiymanakdin necha uray yuz ila,

Ikki yuzluk muddaiydin ne g‘amim,

Gar ishim tushsa alardin yuzila?!

* * *


Ne balo biyikturur davlat tog‘i,

Ko‘hi g‘amni ne bilur davlat tog‘i.



Himmate tut, dog‘i davlat istagil,

Ximmating bo‘lsa, bo‘lur davlat tog‘i.

* * *

Jong‘a soldi da?f g‘urbat norini,



Ko‘z yoshim bo‘ldi mo‘g‘ulning norini.

Bu aroda men degandek bo‘lmasa,



Ko‘zlay Issig‘ko‘lu andin norini.

Download 86,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish