Yoshlar hayotida virtuallashuv omillari



Download 56,5 Kb.
Sana20.09.2022
Hajmi56,5 Kb.
#849427
Bog'liq
Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari


YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV OMILLARI
Xurramova Lobarxon Akramjonovna
Termiz davlat universiteti
“Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo’nalishi
4-bosqich talabasi

Tel: +99899 956 21 98; +99890 568 97 98


Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlar hayotida ijtimoiylashuvning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’layotgan virtuallashuv jarayoniga bag’ishlangan bo’lib, o’zaro tahlillar, kuzatuvlar asosida mavzu mohiyati namoyon etilgan.
Kalit so’zlar: ijtimoiylashuv, virtual olam, yoshlar reaksiyasi, asosiy belgi va holatlar, o’zaro taqqoslash, real hayot, sabablar yuzasidan kelib chiqqan omillar.
Inson miyasi doimo axborot oqimi ta’sirida bo’lib kelgan, u muntazam ravishda axborotni ongli qabul qiladi, qayta ishlaydi va uzatadi. Bu uchlik bosqich hayotimizda uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Inson miyasi va ruhiyati har bir voqea, predmet, holat yuzasidan hukm, xulosa chiqaradi, buni esa atrofidagi muloqotchilari bilan bevosita bo’lishadi. O’zaro fikr almashishda asosiy vosita til, bu shubhasiz, ammo inson o’zining jismoniy holatidek, ya’ni evolutsion rivojlanish bosqichlaridagi ko’rinishiga bevosita bog’liq holda ongi ham yuksalishlarga yuz tutgan. Bulardan dastlabkisi jamoa tarzida yashab ov qilish, hayoti uchun kerak bo’lgan ashyolarni yasash, olovni ixtiro qilishini, yozuv va tilni kashf qilishini keltirsak, keyingi bosqichlarda qo’l mehnati yordamida qisqa muddat ichida hattoki o’zlarini ham hayron qoldiradigan mo’jizalar (dunyoning yetti mo’jizasi, aqlbovar qilmas tarixiy inshootlar, qurol-aslaha, maishiy buyumlar va boshqalar ) yaratganligi uning ongi doimo rivojlanishda, yaratuvchanlikda bo’lganligini ko’rsatadi.
Inson ongi, sezgi a’zolari asrlar osha uning uchun to’xtovsiz izlanishda bo’ldi, oqibatda biz shunday asrga yetib keldikki, intellektual salohiyat rekord darajaga chiqdi. Dunyo bo’ylab eng, eng, englarga qiziqish ortib ketdi. Bu asrda biz texnologiya, sun’iy intellekt, raqamlashuv, elektronika, axborotlashuv jarayonlarining yaratuvchisi hamda boshqaruvchisiga aylandik. Bunday jadallashuvga sabab esa inson ehtiyojlarining yangi ko’rinishi hamda bunga bevosita inson ongining ta’siridir. Insonlar tomonidan yaratilgan texnologiyalar faqat o’zi uchungina emas, butun koinotga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Jahonda real hayotdan ko’ra sun’iy yaratilgan, barcha sharoitga ega unda faqatgina inson iste’molchi bo’lgan hayotni afzal ko’rishmoqdaki, bu bir qancha xavotirli holatlarni keltirib chiqarmoqda. Real, qiyinchilikka to’la hayotdan ko’ra sun’iy yaratilgan yasama olamga qiziqish, unda soatlab qolib ketish, qaramlikka tushib qolish holatlari tez-tez kuzatilyapti. Buning yaqqol ifodasi , albatta, ijtimoiy tarmoqlar, asrimizning so’nggi texnologiyalari mahsulotlari (robotatexnika, raqamli texnika, 3D qurilmalari, shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar ), ishlab chiqarish sohasida xizmat qilayotgan har qanday elektronlashgan elementlarni keltirish mumkin. Bir tarafdan inson ularning boshqaruvchisi bo’lib tuyulishi mumkin, ularsiz yashay olmaydigandek tasavvur ham uyg’onishi bor gap, ammo asosiy e’tibor inson o’zining virtual hayotga tobeligini yuqoridagi holatlar bilan ifodalayotgan bo’lishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. Texnologiyalar hayotimizni misli ko’rilmagan darajada osonlashtirib yubordiki, hattoki oddiy yumushlarda ham ular yordamidan “tortinmay” foydalanadigan bo’ldik. Zamonaviylashuv, zamon bilan hamnafaslikda hattoki yuqori avlod vakillari ham yosh qatlamdan qolishayotgani yo’q. Ya’niki, biz jadal sur’atlarda o’zimiz yaratgan sun’iy olam – virtualizm muhitiga berilib ketyapmizki, biz uchun real hayot yondosh olamdek tasavvur uyg’otyapti. Virtual olamda o’zimiz yakka qahramonga aylanyapmiz (turli xil kompyuter o’yinlari), u yerda o’zimizga o’xshagan ko’plab do’stlarga egamiz ( ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan “baxt izlash”), inson tasavvuriga sig’maydigan fantaziyalarni ko’ngilochar tomoshalar-u, to’qima lentalarga muhrlayapmiz (3D qurilmalarining ommalashuvi yoki shu tasvirga ega fantastik media mahsulotlari). Aniq yoki mavjud bo’lgan haqiqiylikka yoki jismoniy kuchlarga qarama-qarshi bo’lgan narsa, holat, voqeliklarning barchasi virtual olam deyiladi. Ushbu atama hozirda kompyuter fanlari, raqamli texnologiya sohasida eng ko’p qo’llanilayotgan tushunchalardan biridir. Biz virtuallikni kompyuter, ijtimoiy tarmoqlarga (Instagramm, Facebook, Whatsapp, turli xil messenjerlar) nisbatan qo’llashimiz mumkin bo’lsada, hozirda u tibbiyot va transport sohalarida ham “yoyilmoqda”. Statistik maʼlumotlarga koʻra, Yer sharidagi insonlarning qariyb 70 % qaysidir ijtimoiy tarmoq, ayrimlari esa yana bir qancha tarmoq aʼzosi ekan. Virtual olam tubiga “gʻarq” boʻlayotganlarning aksariyatini yoshlar tashkil etmoqda. Rossiyada har bir foydalanuvchi bir kunda 11 soat, Angliyada 6, Gretsiyada 7, mamlakatimizda esa taxminan 6 soatdan koʻproq vaqtini ijtimoiy tarmoqlar uchun sarflar ekan. Respublikamizdagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan internet tarmog’ining oila mustahkamligiga, bolalar ongiga ta’sirini o’rganish yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot natijalarini havola qilmoqchimiz:
Markaz rahbari Dilorom Toshmuhammedova bu mavzu yuzasidan quyidagilarni aytib o’tgan: <Yuqoridagi statistika bizni hushyor tortib, holatni chuqurroq o’rganishimizga sabab bo’ladi. Yoshlarimizni mutlaqo virtual olamdan ayira olmaymiz, chunki bu olamning salbiy ta’siri bilan birgalikda ijobiy ta’sirlari ham talaygina. Ammo biz ularga me’yorni o’rgatishimiz kerak, natijada bola ijtimoiy tarmoqdan ongli ravishda, tayinli maqsadlarda foydalansin. Undan bo’sh vaqtini o’tkazish vositasi sifatida emas, balki vaqtini yana ham tejash maqsadida foydalanishni o’rgatsakkina virtual olam o’z ijobiy tomonlarini ocha boshlaydi. Dunyo bo’yicha IT milliarderlari shunaqangi real hayotdan farq qilmaydigan borliqni yaratishyaptiki, bu olamda inson ta’siri deyarli sezilmaydi. U to’qima obrazni, voqelikni o’zi yaratganligiga ishonadi. U yerda o’zini qahramon sanaydi, hattoki emotsiyalarini ham yashirib o’tirmaydi. Biroq bizning sezgi a’zolarimiz real, mavjud narsani axborot deya qabul qilishi va darhol miyaga signal berishini inobatga olsak, biz o’zimizni o’zimiz “aldayotgan” bo’lamiz. Inson ko’zi orqali chetdan 70% ma’lumotlarni qabul qiladi, natijada uni aynan ko’z orqali ulashgandagina, ya’ni suhbatdoshi bilan bevosita nigohlar orqali axborot almashinish holatida axborotini haqiqiy deb o’ylashi foizlari oshar ekan. Biz bu olam orqali faqatgina ko’zimiz va quloqlarimiznigina “rag’batlantiryotganimizda” boshqa sezgi a’zolarimiz real hayotga qaytganidan so’ng ularda bir-birini rad etish holatlari yuzaga kelishi tabiiy hol bo’lib qoladi. Buning ma’nosi shuki, inson uzoq vaqt davomida “sun’iy olam” ta’sirida bo’lib real hayotga qaytganda unda ishonchsizlik, shubha, qo’rqish, tahlikali holatlar, hattoki “o’sha yasama olam”ni real hayotda qurishga intilishi uning qaramligini ifoda qilishi bilan birgalikda turli xil ko’ngilsiz holatlarni keltirib chiqaradi ( 2018-yillarda ommalashgan “ Синий кит” o’yinini eslang). Bu holatlar bizga notanish emas, kompyuter xonalarni to’ldirib, ekran qarshisida o’z hissiyotlarini oshkor qilayotganlar orasida aksariyat 7-14 yoshdagi yoshlarni ko’rishimiz mumkin. Biz shu vaqt ichida ularning qoyilmaqom natijalariga emas, balki vaqtini nimaga sarflayotgani-yu, qarovsiz qoldirilganligini o’ylashimiz masala yechimiga yetaklashi shubhasiz. Sezganingizdek bu jarayon uchun ma’sul shaxslar ota-onalardir. Mazkur holatlarni bevosita o’zimiz ko’p bora guvohi bo’lganimiz uchun, ya’ni bo’lajak o’qituvchi sifatida ( asosiy vazifamiz yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, intellektual salohiyatlarini ruhiy hamda jismoniy tomonlama bir xilda rivojlantirish) ularga bir nechta tavsiyalarimiz bor. Tavsiyalarni berishdan oldin virtuallashuvning bir ko’rinish sifatida namoyon bo’layotgan kompyuter o’yinlariga “shaydolik” ka sabab bo’layotgan omillarni isbotlasak nur ustiga a’lo nur bo’lardi.
Demak, birinchi omil bu illyustratsiya, ya’ni biron predmet, hodisani ko’rgazmali tasvirlash, yoritish natijasida tasavvur olamiga rang-baranglik olib kirishdir. Kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan ko’rgazmali obyektlar ishtirokida turli xil film, tomosha, o’yinlar ishlab chiqarilishi va bevosita faqat insongina uning “iste’molchisi”ga aylanish jarayoni bunga yaqqol misol bo’ladi.
Ikkinchi omil bu inson ruhiyatidagi ayniqsa, bolalar, o’smirlar psixikasidagi “tuyg’ular yetishmovchiligi”, bunda ular aynan o’ziga bo’lgan ishonchni, ularga kattalardek munosabat qilishlarini, qo’llab-quvvatlashlarini, mehribonchiliklar, turli xil motivatsiyalarni aynan to’qima voqelikdan topishadi.
Uchinchi omil bu virtual olamda mavjudlik hissini yaratish bo‘lib hisoblanadi, ya’niki real hayotda o’z o’rnini topa olmayotganlar omadini shu tariqa sinab ko’radilar. Odatda atrof-olam to‘g‘risidagi axborotlarning katta qismini inson o‘z ko‘zi yordamida olishini bilganimiz holda , bu hisni yaratishda kompyutеr grafikasi asosiy o‘rin tutadi. Hеch qachon o‘zi his qilmagan insonga virtual olam o‘yinlarida mavjudlik hissi nima ekanligini tushuntirish imkonsizdir. Bu uni o’z ko’zi bilan ko’rib hattoki qalban his ham qilishi kerak. Ko‘pchilik o‘yinchilar yarim soat o‘yindan so‘ng o‘yin qahramoni bilan bir insonga aylanishlarini aytadilar. O‘yinchi insonligicha qoladi, ammo atrofi xona emas, balki umuman boshqa olamga aylanadi. Shu olamni u o‘yindan tashqari hayot — haqiqiy hayot kabi aniq his etadi.

So’nggi omil esa nofaollik, ya’ni bo’sh vaqtning haddan ortiq ko’pligi yoki to’g’ri taqsimlanmaganligi. “Bekorchidan Xudo bezor” deganlaridek o’zidan-o’zi bezor bo’lgan o’smir yoki bolakay o’z vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda yoki o’yinlarga sarflaydi, bu bilan go’yoki o’zini “interfaol insondek” his qiladi. Yuqoridagi omillar ko’rib turganimizdek hattoki o’zimiz bilan ham, farzandlarimiz, biz yashab turgan muhit bilan ham reaksiyaga kirishishi mumkin.


“Kasalning oldini olgan” holda omillarni keltirib chiqaruvchi muhitni nazoratimizdan chiqarmasligimiz kerak. Buning uchun bizdan ozgina e’tibor, puxta o’ylangan kun tartibi hamda sog’lom turmush tarzi bo’lsa kifoya. Bundan tashqari davlatimizda qabul qilinayotgan qaror, qonunlarda ham bu o’z aksini topgan, albatta. Bu boradagi vazifalarni amalga oshi­rishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma» shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 7-apreldagi qo‘shma qarori aso­sida tasdiqlangan bo‘lib, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Respublika «Kamolot» YoIH Markaziy kengashi bilan kelishilgan. Mamlakatimiz yoshlarga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatlarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, eng muhimi ular ongida “tabiiy immunitet” hosil bo’lyaptiki, bu ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlarida, ta’lim-tarbiya jarayonlarini zamon talabiga muvofiq o’zlashtirishlarida muhim bosqich bo’lib hisoblanyapti.
Xulosa qilib aytganda, tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan, mo’jizalarga to’la axborot asrida biz, insonlar, ongimiz mahsulotlaridan to’g’ri foydalangan holda uning qaramlik doirasiga tushib qolmasligimiz va ulardan ilm-fan, tabiatni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazib berish maqsadlarining ishonchli vositasi sifatida tan olishimiz kerak. Buning uchun bizda yetarlicha salohiyat hamda imkoniyatlar bazasi mavjud.
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish