Yordamchi so‘z turkumlari. Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Undovlar mavzusida



Download 5,88 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi5,88 Kb.
#684964
Bog'liq
Yordamchi so‘z turkumlari. Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Undov-hozir.org


Yordamchi so‘z turkumlari. Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Undovlar

Yordamchi so‘z turkumlari. Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Undovlar

mavzusida

Taqdimot ishi

Reja:


  • 1. EO‘Tda yordamchi so‘zlar

  • 2. Ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalarning qo‘llanishi.

  • 3. Undov so‘zlarning ishlatilishi.

Eski o’zbek tilida yordamchi so’zlar


  • Eski o‘zbek tilida ham mustaqil so‘zlar qatorida yordamchi so‘zlar iste’molda bo‘lgan. Yordamchi so‘zlar gapda so‘zlar va kelishiklar bilan birga qo‘llanib, ularga qo‘shimcha ma’no beradi, ularni biriktirish yoki bog‘lash uchun xizmat qiladi. Eski o‘zbek tilida yordamchi so‘zlardan ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar qo‘llanilgan. Shuningdek, undov so‘zlardan ham foydalanilgan.

Ko’makchilar


Sof ko’makchilar

Funksional ko’makchilar


Sof ko‘makchilar. Sof ko‘makchilarni mustaqil so‘z turkumlaridan ajrab chiqqan, mustaqil qo‘llanishi va leksik ma’nosini yo‘qotgan so‘zlar tashkil etadi. . Eski o‘zbek tilida ham sof ko‘makchilarning ayrimlari bir xil kelishik bilan, ba’zilari esa turli kelishiklar bilan qo‘llangan. Eski o‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan sof ko‘makchilardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: üchun, birlä (birlän, bilä, bilän), ilä, kibi // kebi, yaŋlıg‘ (yaŋlıq), bikin, üzrä (üzä), ichrä, sari, taba, tabaru, tägi, tegrü (degrü), sayı // sayu // sayın kabilar.


  • Sof ko‘makchilar. Sof ko‘makchilarni mustaqil so‘z turkumlaridan ajrab chiqqan, mustaqil qo‘llanishi va leksik ma’nosini yo‘qotgan so‘zlar tashkil etadi. . Eski o‘zbek tilida ham sof ko‘makchilarning ayrimlari bir xil kelishik bilan, ba’zilari esa turli kelishiklar bilan qo‘llangan. Eski o‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan sof ko‘makchilardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: üchun, birlä (birlän, bilä, bilän), ilä, kibi // kebi, yaŋlıg‘ (yaŋlıq), bikin, üzrä (üzä), ichrä, sari, taba, tabaru, tägi, tegrü (degrü), sayı // sayu // sayın kabilar.

Funksional ko‘makchilar. Ayrim mustaqil so‘zlar qo‘llanish o‘rniga qarab ko‘makchi vazifasini ham bajaradi. Bunday so‘zlarning ko‘pchiligi ot turkumiga, ayrimlari ravish yoki fe’l turkumiga oid.


  • Funksional ko‘makchilar. Ayrim mustaqil so‘zlar qo‘llanish o‘rniga qarab ko‘makchi vazifasini ham bajaradi. Bunday so‘zlarning ko‘pchiligi ot turkumiga, ayrimlari ravish yoki fe’l turkumiga oid.

  • Funksional ko‘makchilar qaysi so‘z turkumiga aloqador bo‘lishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) ot ko‘makchilar; 2) ravish ko‘makchilar; 3) fe’l ko‘makchilar.

Bog’lovchilar


  • EO‘Tda qo‘llangan teng bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra a) biriktiruvchi bog‘lovchilar: va, -u (yu, -vu), ham, taqı // dag‘ı, yemä, mä:

  • b) ayiruvchi bog‘lovchilar: ya, gah (gahi), yaxud, xah (xahi)

  • d) zidlovchi bog‘lovchilar: lekin, valekin, lek, valek, vale, amma.

  • Eski o‘zbek tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilaridan kim, ki, faol iste’molda bo‘lgan. Kim aslida turkiy bo‘lib, ki eron tillaridan o‘zlashtirilgan. Kim bog‘lovchisi turli ergash gaplarni bosh gap bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi: Ul tag‘larda rasmdur kim, tashlarda abyat…bitib qazurlar.

Teng bog’lovchilar

Ergashtiruvchi bog’lovchilar

Yuklamalar. EO‘Tda iste’molda bo‘lgan yuklamalar tuzilishi va qo‘llanishi jihatdan ikki guruhga bo‘linadi: 1) bir guruh yuklamalar tuzilishiga ko‘ra affikslarga o‘xshab so‘zga qo‘shilib keladi va o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zga yoki butun gapga qo‘shimcha ma’no yuklaydi; 2) yuklamalarning ikkinchi guruhi so‘z yoki gap oldidan kelib, mustaqil so‘z sifatida qo‘llanadi. Lekin bunday so‘zlar mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmasdan, gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no beradi.


  • Yuklamalar. EO‘Tda iste’molda bo‘lgan yuklamalar tuzilishi va qo‘llanishi jihatdan ikki guruhga bo‘linadi: 1) bir guruh yuklamalar tuzilishiga ko‘ra affikslarga o‘xshab so‘zga qo‘shilib keladi va o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zga yoki butun gapga qo‘shimcha ma’no yuklaydi; 2) yuklamalarning ikkinchi guruhi so‘z yoki gap oldidan kelib, mustaqil so‘z sifatida qo‘llanadi. Lekin bunday so‘zlar mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmasdan, gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no beradi.


So‘zga qo‘shilib keladigan yuklamalar: -mu, -oq, -la, -g‘ına/-ginä, -chı / -chi: Dilraba, seŋä keräkmäs-mu savab? (Furqat). Toy bashlab kelädür-la og‘luŋ // g‘amnı tashlab kälädür-la og‘luŋ (ShN).

Mustaqil so‘z sifatida qo‘llanadigan yuklamalar: -magar, kashkä (kashke), shayad, balki (balkim), goya: Magar eli anı mayparast etkäy // razini aŋlag‘ay chu mast etkäy (Navoiy, SS). Ey kashkä bolsa erdi meni baxt-u davlatım (Muqimiy).

Undovlar. EO‘Tda undovlarning bir guruhi so‘zlovchining tinglovchiga murojaati, xitob qilish, fikrni jalb etish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bular: ey (e), hay, aya, ya, ah, vah, vay, ey vay, ya rabb. Masalan: Barg‘ıl, ey zahid, seni sevmäs ko‘ŋül (Munis). Aya ko‘rk ichrä alam padishahı // jahan tuttı seniŋ husnuŋ sipahı (MN)
http://hozir.org
Download 5,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish