Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri Reja. 1.YEBQDK xaqida tushuncha 2.YEBQDKni yuritishni tashkil etish 3.YEBQDK xizmati
YEBQDK xaqida tushuncha
O'zbekiston Respublikasi “Davlat kadastrlari to'g'risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom”, O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Etkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi to'g'risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30 iyundagi 152-son qaroriga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritiladi.
Neft`, gaz va gaz kondensatini yetkazib berishga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi
Neft`, gaz va gaz kondensatini yetkazib berishga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi
hududidagi mavjud va qurilayotgan yetkazib berish quvurlari va ularga xizmat ko'rsatish
ob'ektlari: belgilangan armaturali va yer usti inshootlari bilan birgalikda yetkazib berish
quvurlarining liniyali qismi, kompressor va nasos stantsiyalari, elektrokimyoviy himoya
munosabati bilan qo'riqlash zonasiga ega bo'lgan boshqa ko'chmas mulk YEBQDK ob'ektlari
hisoblanadi.
"O'zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi YEBQDKni yuritish bo'yicha vakolatli organ
"O'zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi YEBQDKni yuritish bo'yicha vakolatli organ
hisoblanadi.
Quyidagilar YEBQDKni yuritishning asosiy printsiplari hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasining butun hududida lokal va magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko'rsatish ob'ektlarini qamrab olish;
Makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo'llash;
barcha ob'ektlar bo'yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko'rgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
YEBQDKni yuritish "O'zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo'linmalari:
"O'zLITIneftgaz" ochiq aktsiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmati;neft`-gaz-transport korxonalarining kadastr bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
YEBQDKni yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni "O'zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi amalga oshiradi.
YEBQDK xizmati
yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo'lishini ta'minlaydi;
ma'lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni neft`-gaz-transport korxonalariga beradi,
ma'lumotlar bazasi to'g'ri to'ldirilishi ustidan nazorat qiladi;
xodimlarni yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o'qitishni tashkil etadi;
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
yetkazib berish quvurlari ob'ektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o'zgarishlar, ularning atrof muhitga ta'siri, ekologik-iqtisodiy baholash to'g'risidagi axborotlarni to'playdi va tizimlashtiradi;
yetkazib berish quvurlari ob'ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma'lumotlar bazasini to'ldiradi va ularni tizimlashtirish va yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun kadastr xizmatiga beradi;
yetkazib berish quvurlarining yangi ob'ektlarini hisobga qo'yadi, ular to'g'risidagi hisobga olish va baholash ma'lumotlarini to'playdi.