Topshiriqlar:
1. Davlat o’rmon kadastri nizomi bilan tanishish
2. Davlat o’rmon kadastrini yuritish
3. Atributiv jadvallar
Vazirlar mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 250-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat o`rmon kadastri - bu Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Davlat o`rmon kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va o`rmonlarning himoyalanganlik toifasini aniqlash maqsadida, o`rmonlardan oqilona foydalanishni, qo`riqlashni, muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil еtish, davlat o`rmon fondi yerlari tuzilmasida ro`y beradigan o`zgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi.
4. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o`rmonlar Davlat o`rmon kadastrining ob’ektlari hisoblanadi.
5. O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi Davlat o`rmon kadastrini yuritish bo`yicha vakolatli organ hisoblanadi.
6. Davlat o`rmon kadastri o`rmon munosabatlarini tartibga solish, o`rmonlarni qo`riqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil еtish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o`rmonlar to`g`risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun mo`ljallangan.
7. Quyidagilar Davlat o`rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o`rmonlarni to`liq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo`llanish;
o`rmonlar to`g`risidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko`rgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
8. Davlat o`rmon kadastrini yuritish Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarini taksatsiyalash, hisobga olish, baholashni o`tkazish bilan ta’minlanadi hamda Davlat yer kadastri va Davlat binolar va inshootlar kadastri axborotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
9. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko`chmas mulkka huquqlarni ro`yxatdan o`tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Davlat yer kadastridan Davlat o`rmon kadastriga beriladigan Davlat o`rmon kadastri ob’ektlariga taalluqli yer uchastkalari to`g`risidagi yer-kadastr axborotlarida yerlarning maqsadli foydalanilishi bo`yicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va zo`riqtirishlar to`g`risidagi ma’lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lishi kerak.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Davlat o`rmon kadastriga beriladigan Davlat o`rmon kadastri ob’ektlariga taalluqli binolar va inshootlar to`g`risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lishi kerak.
12. Davlat o`rmon kadastrini yuritish qog`oz va/yoki еlektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari to`g`risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
14. Davlat o`rmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat o`rmon kadastrini yuritish Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining barcha turlarini ro`yxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to`plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o`z ichiga oladi.
Quyidagilar Davlat o`rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o`rmonlarni to`liq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo`llanish;
o`rmonlar to`g`risidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko`rgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
DAVLAT O`RMON KADASTRINI
Do'stlaringiz bilan baham: |