1-bilet
1. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror oʻsishini, resurslarning toʻliq bandliligini, inflyatsiyaning past surʼatlarini va toʻlov balansining muvozanatini taʼminlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini oʻrganadi. Makroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy muammolar bular: iqtisodiy oʻsish va uning surʻatlari; iqtisodiy tebranish va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik muammosi; umumiy narxlar darajasi va inflyatsiya muammosi; foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammosi; davlat byudjeti holati, davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzlari muammosi; toʻlov balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari.
2.Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay boʻlishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, yaʼni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini toʻgʻri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Koʻpgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini oʻtaydi. Shu sababli YAMMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan koʻp marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy isteʼmol, jamgʻarish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmrtlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YAIMga qoʻshilmaydi..
Qoʻshilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM koʻrsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning oʻzgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.
2-jadval maʼlumotlariga tayangan holda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan YAIMning tarmoq tuzilishini koʻrib chiqamiz (2-jadval).
Avvalam bor respublikamizda barqaror iqtisodiy oʻsish tendensiyasiga erishilganligi va 2004-yilda real oʻsish surʼati 107,7 foizni, YAIMning nominal hajmi esa 12189,5 mlrd. soʻmni tashkil etganini qayd etish zarur.
2004-yilda YAIMning 17,1 foizi sanoat tarmoqlarida, 26,8 foizi qishloq xoʻjaligida, 4,5 foizi qurilish sohasida va 37,6 foizi xizmat koʻrsatish sohasida yaratildi. Iqtisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chiqarish samaradrligi oshib borishi bilan sanoat va ayniqsa xizmat koʻrsatish sohalarining YAIMdagi ulushi ortib borilishi jahon iqtisodiy tarixida kuzatilgan hodisadir. Oʻzbekiston Respublikasida 2002-2004-yillarda sanoat tarmoqlarining YAIM dagi ulushi ortib borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi. Qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi koʻrinishida hisoblangan YAIM tarkibiga sof bilvosita soliqlar, yaʼni davlat byudjetiga tushgan qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona boji toʻlovlari bilvosita soliqlar bilan davlat byudjetidan ishlab chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar oʻrtasidagi farq ham qoʻshiladi.
Sof soliqlarning YAIMdagi ulushi 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 14 foizni tashkil etdi
3.Pul taklifi (Ms) oʻz ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur
boʻlganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin boʻlgan
depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida
banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq
huquqiga ega”* Ammo pul taklifini koʻpaytirish imkoniga yoki pul yaratish
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, toʻlov vositalari
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi.
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan koʻrinib rr koeffitsentiga bogʻliq boʻlib, uni
bankturibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi
multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha
zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin boʻlgan yangi kredit
pullarining eng koʻp miqdorini bildiradi.
2-bilet
1.Макроиқтисодиёт фанининг тадқиқот усулларига илмий мавҳумлашиш, анализ ва синтез, дедукция, индукция, статистик кузатув, иқтисодий математик моделлаштириш усуллари киради.
Агрегатлаш, яъни бир қанча иқтисодий кўрсаткичлар ва категорияларни ягона макроиқтисодий кўрсаткич ёки категорияга умумлаштириш орқали миллий иқтисодиётдаги макроиқтисодий жараёнларни тадқиқ қилиш имконияти юзага келади.. Агрегат кўрсаткичлар ёрдамида минглаб алоҳида бозорларни мамлакатнинг ягона бозори сифатида кўриб чиқиш мумкин бўлади. Макроиқтисодий таҳлил жараёнида алоҳида товарлар ва хизматларнинг баҳоси, уларга бўлган талаб ва уларни таклиф этиш ҳажмлари кўрсаткичлари эмас, балки агрегат кўрсаткичлар ҳисобланган баҳоларнинг ўртача даражаси, ялпи талаб ва ялпи таклиф кўрсаткичларидан фойдаланилади. Давлат облигациялари бўйча фоиз ставкалари, Марказий банкнинг ҳисоб ставкаси, тижорат банкларининг кредитлар учун белгилаган фоиз ставкалари каби капитал учун тўлов ставкалари умумлаштирилиб уларнингт ўртача миқдори бозор фоиз ставкаси деб юритилади ва макроиқтисодий таҳлил жараёнида бу агрегат кўрсаткичдан фойдаланилади.
Макроиқтисодий таҳлилда асосий тадқиқот усули макроиқтисодий жараёнларни агрегат кўрсаткичлардан фойдаланган ҳолда иқтисодий математик моделлаштиришдир.
Макроиқтисодий моделлар иқтисодий кўрсаткичлар ва жараёнлар ўртасидаги миқдорий, сабаб- оқибат боғланишларини математик формула, график ва чизмалар кўринишида ифодалайди.
2.Oukenqonuni — qisqamudsatliishsizlikdarajasiningoʻsishibilanishlabchiqarishhajmidagiyoʻqotishlaroʻrtasidagibogʻliqniifodalaydiganqonun. AmerikalikiqtisodchiArturOuken (1929— 1979) aniklangan. Buqonungakoʻra, yalpimilliymahsulotningyillikoʻsishi 2,5%nitashkiletgandaishsizlikdarajasiamaldadoimiyboʻlibqoladi. Ishsizlikdarajasidagioʻzgarishlargaqarabyalpimilliymahsulotrealhajminingpotensialhajmiganisbatioʻzgarishlari (elastikligi) doimiyvataxminan 3% gateng. Mac., ishsizlikning 1% gaoʻsishirealishlabchiqarishhajmida 3% gatengqisqarishgaolibkeladiyokiaksincha.
Shusabablimamlakatdaishsizliknitabiiydarajasidasaklashvatartibgasolibturishmuhimahamiyatgaega. Muayyanmilliyiqtisodiyotbarchaishlashnixohlovchilargavamehnatgalayo-qatlifuqarolargayangiishjoylariniyaratibberaolmasekan, buiqtisodiyottovarvaxizmatlarishlabchiqarishpotensialinitoʻliqishgasolaolmaydi. Oukenqonunidunyodagideyarlibarchamamlakatlariqtisodiyotidagiishsizlikmuammolarinitartibgasolishdakattaahamiyatgaega.
3.Пул қиймат ўлчови сифатида. Пулнинг биринчи функцияси унинг қиймат ўлчови эканлигидир, яъни пул барча товарларнинг қий-матини ўлчайди, уларнинг баҳосини аниқлашда воситачи бўлиб хиз-мат қилади.
Муомала воситаси функцияси. Муомала воситаси функция-сида пул ёрдамида товар ўзининг пул қийматига айирбош қилинади.
Пулнинг тўлов воситаси функцияси.Товар ҳаракати амалга ошгандан маълум вақт ўтгандан кейин пул ҳаракати содир бўлади. Тўлов воситаси функциясининг асосий хусу-сияти товар ва пул ҳаракатининг бир вақтда амалга ошмаслиги, ҳара-катнинг бир томонламалиги ва ҳаракатда бўлинишлар мавжудлиги-дадир.
Пул жамғарма воситаси. Пулнинг бу функцияси сотиш ва со-тиб олиш жараёнига зарурат бўлмаган ҳолда юзага келади. Агар товар ишлаб чиқарувчи товарни сотгандан кейин узоқ вақт давомида бошқа товар сотиб олмаса, пул муомала ва тўлов айланмасидан чет-лашади
3-bilet
1.Ҳар қандай иқтисодий тизимда товарлар ва хизматларни такрор ишлаб чиқариш умумий жараёнини ресурслар, товар ва хизматлар, даромадлар ҳамда харажатларнинг доиравий оқими модели кўринишида тасаввур қилиш мумкин. Бу содда модел макроиқтисодий таҳлил асосини ташкил этади. Фақат хусусий мулкка таянган ( яъни давлат иштироки мавжуд бўлмаган) ёпиқ иқтисодиётда бундай доиравий оқими фирмалар ва уй хўжаликлари ўртасида амалга оширилади (2-чизма).
Уй хўжаликлари ишлаб чиқариш учун зарур бўлган барча иқтисодий ресурсларни ресурслар бозорига етказиб берадилар, корхоналар эса бу ресурсларни сотиб олиб турли хил маҳсулотларга, хизматларга айлантирадилар, сўнгра эса уларни тайёр маҳсулотлар ва хизматлар бозорига етказиб берадилар. Айни пайтда “ресурслар - товарлар ва хизматлар” оқимига қарама қарши йўналишда “даромадлар - харажатлар”нинг ҳам доиравий оқими амалга оширилади.
2.Инфляция ( лотинча inflatio - шишиш, бўртиш, таранглашиш) – маълум даврмобайнида мамлакатда баҳолар ўртача (умумий) даражасининг барқарор ўсиши, пулнингхаридқобилиятиниузоқмуддатлипасайиши. Инфляциябозориқтисодиётинингасосийизданчиқарувчиомилларижумласигакиради, унингсуръатиқанчаликюқорибўлса,иқтисодиётгахавфлитаъсиришунчаликкаттабўлади. Айниқсабириқтисодийтизимданиккинчибириқтисодийтизимгаўтаётганмамлакатлардаинфляциянингиқтисодиётгатаъсирианчахавфли. Чунки, будаврнархларнингэркинлашувивашунгамувофиқ
уларнингумумийдаражасикескиношибкетишибиланбоғлиқ.
Кейнсчиар мактаби намоёндалари бундай номутаносибликнинг сабаби тўлиқ
бандлик шароитида талабнинг ҳаддан зиёд бўлишида деб билишади. Шу сабабли улар
ишлаб чиқариш қувватларидан фойдаланиш даражаси паст бўлса бюджет тақчиллиги ва
қўшимча пул чиқариш йўли билан харид қобилиятини, бошқача айтганда ялпи талабни
кўпайтириш инфляцияга олиб келмайди деб ҳисоблашишади.
Неоклассик ёндошув тарафдорлари инфляциянинг манбаи ишлаб чиқаришнинг
ҳаддан зиёд ўсишида, ишлаб чиқариш харажатларининг кўпайишида деб билишади.
Инфляция баҳо индекслари - дефлятор ва истеъмол нархлар индекси ёрдамида
aниқланади.Баҳолар ўртача (умумий) даражасининг нисбий ўзгариши инфляция даражаси
(баҳоларнинг ўсиш суръати) деб аталади. Макроиқтисодий моделларда инфляция
даражаси қуйидагича ифодаланиши мумкин:
бунда: – йиллик инфляция суръати;
P - жорий йилнинг нархлар индекси; P-1 - ўтган йилнинг нархлар индекси
Инфляцияни миқдоран ўлчаш учун макроиқтисодиётда «70-миқдор қоидаси» деб
аталган усулдан ҳам фойдаланилади. Бу усул нархларнинг барқарор ўсиши шароитида
инфляция даражаси неча йилда икки бараварга ошишини аниқлаш имконини беради.
Бунинг учун 70 ни йиллик инфляция даражасига бўлиш кифоя:
3.Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya‘ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari +
jamg‘arma sertifikati.
M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan
to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
4-bilet
1.A)миллий иқтисодиёт;
B)давлаттомониданиқтисодийсиёсатиюритишваиқтисодиётнитартибгасолиш;
C)жаҳонхўжалигидоирасидамиллийиқтисодиётнибошқамамлакатлариқтисодиётибиланўзаромуносабатларимасаласи.
Микроиқтисодиёт-Истеъмолчиталабиназарияси,Маҳсулотишлабчиқаришватаклифэтишназарияси,Тармоқваумумийиқтисодиймувозанатназарияси,Ишлабчиқаришомилларбаҳосинишакллантиришназарияси,Ижтимоийфаровонликназарияси
Макроиқтисодиёт-Статик макроиқтисодий мувозанат назарияси,Пул назарияси,Инфляция назарияси,
Иш билан бандлилик назарияси,Иқтисодий даврлар назарияси,Иқтисодий ўсиш назарияси, Тўлов баланси ва валюта курси назарияси,Давлатнинг барқарорлаштириш сиёсати назарияси
масалалар рўйхати микроиқтисодиёт ва макроиқтисодиёт фанлари предметларини яхшироқ фарқлаб олишга ёрдам беради. Нисбатан мустақил бўлган бу икки фаннинг иқтисодий ҳодисалар ва қонуниятлар тўғрисидаги хулосалари бир бирини тўлдириб туради.
2.Пулнинг миқдорий назарияси пулга бўлган талабни алмашинув тенгламаси ёрдамида аниқлайди:
Do'stlaringiz bilan baham: |