XXIII bob.
О zbeksiton Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi
l-§. V a z i r l a r Ma hk amas ini ng hokimiyat t i z i mi d ag i o'rni
Davlat hokimiyati tizimida ijroiya hokimiyati alohida o'ringa
ega. Ijro hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil tarmog'i
bo'lib, o' z vazifasiga ega. Ijro hokimiyati qonunchilik hokimiyati-
dan farq qilib, yuqori va mahalliy organlar tizimidan tashkil to-
padi va quyidan yuqorigacha vertikal asosda bo'ysunish prinsipida
joriy qilinadi. Darslikning bu bobida yuqori ijro hokimiyati organi
xususida to' xtalamiz.
J a h o n davlatchilik tajribasida yuqori ijro organi sifatida huku-
mat e ’tirof etiladi. Ayrim mamlakatlarda ijro hokimiyati Prezident
va h u k u m a t tomonidan, ayrim mamlakatlarda faqat hukumat to
monidan amalga oshiriladi. Hukumat yuqori ijro organiga nis
batan ishlatiladigan atama bo'lib, hukumat turli mamlakatlarda
turli n oml ar bilan ataladi, masalan: Vazirlar Kengashi, Davlat
Kengashi, Vazirlar Mahkamasi yoki to'g'ridan-to'g'ri hukumat
deb ataladi. U ni ng boshliqlari nomi ham har xil: Hukumat raisi,
Bosh vazir, Vazirlar Kengashi Raisi, Kansler va hokazo.
Lekin, barcha mamlakatlarda hukumat kollegial organ sifati
da ish yuritadi.
H u k u m a t n i n g mavqei ham davlat boshqaruv shakllariga qa
rab har xil. Par lamen ta r respublikalarda yoki monarxiya davlat-
larida h u k u m a t n i n g mavqyei ancha yuqori va mamlakatining
ichki va tashqi siyosat yuritishida asosiy o'rnini egallaydi. Uiar
ning mavqei ham Konstitutsiyada yuqori darajada mustahkam
langan. Mas alan, Shvetsiya Konstitutsiyasida “Davlatni hukumat
boshqaradi”, — deb ko'rsatilgan bo'lsa, Ispaniya Konstitutsiyasida
“H u k u m a t ichki va tashqi siyosatga rahbarlikni amalga oshiradi,
davlat muxofazasi, Qurolli Kuchlar va fuqarolik ishlarini boshqara
di” , — deb mustahkamlangan. Bu shu davlatlarda hukumat roli-
ning naqadar yuqori ekanligini ko'rsatadi.
Prezidentlik va boshqaruvning aralash shaklidagi mamlakat
larda esa, h uku ma tn in g roli Prezident hokimiyati t a ’sirida ekan-
399
www.ziyouz.com kutubxonasi
ligi bilan belgilanadi. Bunday m a ml a k a t l a r d a davlat hokimiyatida
ham, ijro hokimiyatida ham P re zi de n t rolining ustuvorligi mavjud.
H u k u m a t to'laligicha Pr ezident ta'sirida bo'ladi, P r ezi de nt ga nis
batan ta'sir etuvchi hech qand ay vakolati y o ‘q.
Shular asosida xulosa chiqarsak, h u k u m a t ijro hokimiyatini
amalga oshirish natijasida davlat va j a m i y a t n i n g ijtimoiy, iqti
sodiy, m a ’naviy sohalariga rahbarlik qiladigan, davlat boshlig'i
va p ar la ment ni ng hujjatlari ( qonun, qaror, farmon, farmoyish)
ijrosini t a ’minlovchi, fuqarolarning h u qu q va erkinliklarini t a ’min-
lovchi davlat hokimiyat ining e n g kuchli kollegial organidir.
0 ‘zbekistonda h u k u m a t - Vazirlar M a h k a m a s i hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M a h k a m a s i n i n g shakllanishi,
0 ‘z be ki st onning mustaqilligi, P rezi de nt in st i tut i ni ng vujudga ke
lishi bilan bog'liq. Mustaqillik arafasida sobiq Ittifoqning oxirgi
yillarida Prezidentlik instituti o'rnatilib, ijro hokimiyatini mus-
tah kaml ash jarayonida h u ku ma t ni qayt a tashkil qilish uchu n ham
samarali h ar aka tl ar amalga oshirildi.
1990 -19 92 -y il lar da Prezident lavozimi tashkil qilinib, uning
ishlash mexanizmlarni shakllantirish jarayonida Pr ezide nt hoki
miyati bilan shu vaqtdagi h u k u m a t hisoblanuvchi Vazirlar Kenga-
shi birlashtirildi va Prezident xuzuridagi Vazirlar Mahk ama si ga
aylantirildi.
Shu mun os ab at bilan Prezident farmoni chiqarildi va Vazir
lar M a h ka ma s in in g tarkibi tasdiqlandi. Shu farmon bilan xalq
xo'jaligining turdosh tarmoqlaridan m a j m u a l a r tuzilib, Vazirlar
M ah kama si ga biriktirildi va ularni ng rahbarlari Vazirlar Mahka
masi tarkibiga kiritildi.
Prezident bir va qt ning o'zida Vazirlar M a h k a m a s i n i n g Raisi
ham hisoblanadi, b uning oqibatida Pr ezident va Vazirlar Mahk a
masi apparati birlashtirildi. Bu shu vaqt dagi to' g' ri yo'l edi.
Shu davrda Vitse-Prezident lavozimi t a ’sis qilinib, unga
Vazirlar M ah ka ma s ig a rahbarlik qilish va u n in g ishini yuritish
vazifasi yuklatildi. Keyinchalik bu lavozim 1992-yil 4-yanvarda tu-
gatildi va Bosh vazir lavozimi t a ’sis etildi. Bosh vazirga Vazirlar
Mahk ama si ga rahbarlik qilish va u n in g ishini yo'naltirish, tashkil
qilish vazifasi yuklatildi.
400
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu о zgarishlar о sha paytda amalda bo'lgan O'zbekiston
Konstitutsiyasiga kiritilgan qo'shimchalar asosida rasmiylashtiril-
di. Konst itut si yaning 120-moddasi quyidagi tarzda bayon qilindi:
О zbekiston hukumati Bosh vazirdan, Bosh vazirning birinchi
0 rinbosari va о rinbosarlaridan, mamlakat vazirlaridan, davlat
qo mitalarining raislaridan, yirik konsernlarning va birlashmalar-
ning rahbarlaridan iborat bo'ladi”.
O' zbek is ton Respublikasining o'sha paytdagi Konstitutsiyasi
respublika hukumati faoliyatini maxsus bobda mustahkamladi.
Konst itut si yaga asosan Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil etuvchi, unga rah-
barlik qiluvchi lavozim sifatida mustahkamlandi. Vazirlar Mahk a
masi t armog' i ixchamlashtirildi.
2000-yillardan boshlab Respublikada davlat qurilishi va bosh
qaruv sohasida chuqur islohotlar boshlandi. Hokimiyat bo'linishi
prinsipini chuqurlashtirish choralari ko'rildi. Prezident, Parlament,
Vazirlar Ma hka ma s i vakolatlarini qayta taqsimlash zarurati vujud
ga keldi. 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirish
va qo' shimchalar asosida Prezidentning Vazirlar Mahkamasi Raisi
hisoblanishi haqidagi qoida Konstitutsiyadan chiqarildi. Bu bilan
Bosh vazirning mavqei kuchaydi, u endi Vazirlar Mahkamasi raisi
bo'lib qoldi. Shu bilan birga uning m a s ’uliyati ham kuchaydi.
Shu nd an
keyin
Vazirlar Mahkamasining mustaqilligini
kengaytirish, Bosh vazir maqomini kuchaytirish ishlari davom etdi.
2005-yiIda Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisida
so' zlagan nutqida Prezidentimiz davlat qurilishi va boshqaruv so
hasidagi en g muhim vazifalar qatorida Bosh vazir va umuman
ma mlaka t hukumatini ng rolini va shu bilan birga mas uliyatini
kuchaytirishni ham ko' rsatdi1.
2007-yil 1 1-aprelda qabul qilingan qonun asosida Konsti
tutsiyaga kiritilgan o'zgartirishlar va shu paytda- qabul qilingan
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada modernizatsiya qilish-
da siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to g risida gi Konsti-
Do'stlaringiz bilan baham: |