4-§. V a z i r l a r M a h k a m a s i n i n g boshqa hok imi yat tuzil-
m a l a r i , o r g a n l a r va t a s h k i l o t l a r bilan munosabati
Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga
rahbarlikni amalga oshirar ekan, mavjud barcha turdagi hokimiyat
tuzilmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasalar bilan hamda
nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, tegishli munosabat
lar o'rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi ning barcha tashkilotlar bilan munosa
bati o' zaro hamkorlik qilish, hisob berish, bo'ysundirish, nazorat
qilish shaklida bo'lishi mumkin.
411
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vazirlar M a h k a m a s i n i n g O ' z b e k i s t o n Prezi de nt i bilan muno-
sabati alohida o'ringa ega. P re zi de n t Vazirlar M a h k a m a s i maj-
lislariga raislik qilish huquqiga ega, yuqorida aytilganidek, uni
shakllantirishda asosiy rol o' ynaydi. P re zi de n t va Vazirl ar Mahk a
masi mun os ab at i hisobdorlikka, y a ’ni P r e zi d e nt oldida hisob be
rishga m a s' u l ekanligiga asoslanadi. Vazirlar M a h k a m a s i asosiy
masalalarni hal qilishda P rezi de nt bilan masl ah at l as hadi . Prezi
dent Vazirlar M a h k a m a s i n i n g qaror, farmoyishlarini, Bosh vazir
farmoyishlarini bekor qilishi mumki n.
Davlat hayotida Vazirlar M a h k a m a s i n i n g Oliy Majlis bilan
munosabat i alohida ah am iy at g a ega.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar M a h k a m a s i O ' z b ek i st o n Res
publikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O ' z b e k i s t o n Respub
likasi Oliy Majlisiga ko'rib chiqish uch un o' z vakolatlari davridagi
faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar M a hk ama s i O 'z beki t on Respublikasini iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, O'zbekiston
Respublikasi davlat budjetining asosiy ko' rsatkichlarini va un
ga kiritilgan o'zgartirishlarni ishlab chiqadi h amda O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ko'rib chiqishi u c h u n t aqdi m etadi.
O' zb ek is to n Respublikasi Oliy Majl isining palatalari Vazirlar
M a h k a m a s i muayyan a ’zosining o'zi rahbarlik qilayotgan davlat
yoki xo'jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan
axborotni eshitishlari hamda zar ur bo' lganda uni i s t e ’foga chiqa
rish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ko'rib chiqishi
uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar M ah ka ma s in in g a ’zolari O 'z b e k i s t o n Respublikasi
Oliy Majlisi palatalari majlislarida, pal atal ar ning qo' mitalari maj-
lislarida hozir bo'lish va axborot berishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majl isining Qonunchilik pa-
latasi deputatlari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati a zolari tomonidan Vazirlar M a h k a m a s i yoki u n in g muay
yan a zolari faoliyatiga taalluqli masal alar qo'yilgan taqdirda,
Bosh vazir shu masalalar yuzasidan z a r ur t us hu nt i ri shl ar olish va
tushuntirishlar berishga haqli.
412
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vazirlar M ah k ama s i O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari qo mitalarining O'zbekiston Respublikasi Hukumati
faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko'rib chiqadi
hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar koradi. Tavsiyalar va tak-
liflarni ko'rib chiqish natijasi haqida hamda ko'rilgan chora-tadbir-
lar to' g' risida Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining tegishli qo'mitalariga kelishilgan muddatda
m a ’lum qiladi.
Vazirlar M a hk am a si - hukumat tutgan yo'lini va dasturiga
yoki uni ng ayrim yo'nalishlariga qo'shilmagan siyosiy partiya
fraksiyalari yoki deputatlar guruhi hukumatga nisbatan o'zini
muholifot deb e ’lon qilishi mumkin.
K o n s t i t u t s i y a g a kiritilgan oxirgi o'zgartirishlar asosida
Bosh vazi r va Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus
olsa, bu Bosh vazi rga nisbatan ishonchsizlik votumi bildi ri I ish i-
ga, u esa Vazi rl ar M a h k am a s i n i n g i s t e ’foga chiqishiga sabab
bo'ladi.
P a rl a m en t so'roviga javob berish tartibining mavjudligi ham
Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini ko'rsatuvchi
bir holatdir.
O' zbekis ton Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palata-
sidan, Qonunchilik palatasi deputatlaridan, O'zbekiston Respub
likasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a ’zosidan O'zbekiston
Respublikasi Hukumat ining yoki unga bo'ysunuvchi davlat yoxud
xo'jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so rovi
olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O'zbekiston Respublikasi Hu
kumati a ’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda О zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og'za-
ki yoki yozma javob berishi shart.
Oliy Majlis bilan Vazirlar Mahkamasining munosabati Vazir
lar M a h ka ma si n in g Oliy Majlis oldida hisobdorligi, mas ulligi
asosiga quriladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika hu
kumati sifatida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
bilan mun os ab at o'rnatadi.
413
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vazirlar Mahkamasi :
Qor aqalpog' ist on Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o'zaro
hamkorlik qiladi, u n in g O ' z b ek i st o n Respublikasi qonunlari, O ' z
bekiston Respublikasi Oliy Majl isining h am d a Oliy Majlis pala-
talarining qarorlari, O 'z b ek is to n Respublikasi Prezidentining
farmonlari. qarorlari va farmoyishlari h a m d a xo'jalik va ijtimoiy
madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujj atl ar qand ay ba-
jarilayotganligi haqida m a ’lumotlarini eshitadi;
Vazirlar M a h k a m a s i n i n g vakolatiga kiruvchi masal alar bo'
yicha Qor aqalpog' ist on Respublikasi Vazirlar K e ng as hi ni ng tak-
liflarini ko'rib chiqadi;
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar h am d a davlat va xo'
jalik bo shqar uvini ng boshqa organlari t om on id an tarmoqlararo
va mintaqaviy o' ta m uh i m kompleks das tur lar ni a m a lg a oshirish-
da Qor aqalpog' ist on Respublikasi huquqlari ga rioya etilishini
t a ’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masal alarni hal etadi;
Q o ra q a l p o g ' i s t o n Respublikasi Vazi rl ar K e n g a s h i n i n g O ' z b e
kiston Res pu bl i kas ini ng Kon st i tut si yas iga, O ' z b e k i s t o n Res pub
likasi qonunlari ga, O 'z b ek is to n Res publi kas i P r ezi de nt in ing
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga h a m d a Va zi rl a r M a h k a
m a si n i n g qarorlariga zid bo' lgan qarorlari va f armoyishlarining
ijro etilishini o'z vakolati doirasida t o ' x t a t i b q o' yis h huquqiga
ega.
Qoraqalpog' iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni
muxofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar M a h k a m a s i tomo
nidan hal etilayotganda Qor aqalpog' ist on Respublikasi Vazirlar
Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Ma hk ama s i huzurida Qor aqal pog 'i st on Respublikasi
Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatxonasi faoliyat ko'rsatadi.
Vazirlar Ma hk ama s i Respublikadagi barcha mahalliy ijro or
ganlari bilan yaqindan mun os ab at o'rnatadi.
Vazirlar Mah kama si o'z vakolatlari doirasida:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini
ta minlash bilan bog'liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimi
yat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
414
www.ziyouz.com kutubxonasi
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mah ka
masi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir
takliflarini ко rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmo-
yishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga
oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rah-
barlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va
xo jalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent
s ha ha r hokimlari bilan o'zaro hamkorligini t a ’minlaydi, bunda chi-
qib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko'r-
satkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devoni-
ning soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlari-
ga zid bo'lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to'xtatib qo'yish
hamda ularni bekor qilishga haqli.
Bu mun o sa ba t Vazirlar Mahkamasining rahbarligi, ustunligi
mahalliy organlarning Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunishi, uning
oldida hisob berishi prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlariga kiruvchi masalalar
yuzasidan mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan
o'zaro hamkorlik qiladi, ularga zarur yordamlar ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |