Mavzu: Arduino IDE dasturlash muhti strukturasini ishlab chiqish.
Reja:
Kirish
I bob.
Xususiyatlari:
Foydalanuvchi uchun ko'rsatmalar.
Dastur kodi.
II bob.
2.1.Electron Workbench dasturi interfeysi haqida umumiy tasnif.
2.2.Mega va Tiny AVR mikrokontrollerlari.
2.3.Kiritish chiqarish qurilmalarining ko’rsatkichlar.
Hulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
“XXI asr axborot texnologiyalari asri” - degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot - texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojalanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir. II jahon urushi oxirlaridan boshlab hisoblash texnikalari rivojlantirilib borildi. Hozirgi paytda esa juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kompyuter qurilmalari va texnikasi yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib, mikroprosessor, tizimli blok,operativ xotira va hokazolarni keltirish mumkin. Ushbu dastur sanoatda qo’llaniladigan avtomatik elementlari qurilmalari tarkibiga kiruvchi: turli datchiklar o’zgartirgichlar, etuvchi mexanizmlar, jumladan zamonaviy harorat, namlik, bosim, sarf va boshqa mexanizmlar, transformatorlar, sinxron va asinxron dvigatellarni tuzilishi va ishlash printsiplarini, hamda zamonaviy mikroprotsessorli qurilmalarni: mikroprotsessor, mikrokontrollerlar, ularning arxitekturalari, sinflari, yaratilish texnologiyalari, dasturlash tillari kabi materiallarni bulardan tashqari virtual laboratoriya o’z ichiga olgan. Bundan tashqari instrumental vositalardan foydalanib boshqarish tizimlarini yaratilishi, ularni sintez va analiz qilish usullari ko’rib chiqilgan hamda fan tarihi va rivojining tendentsiyasi, istiqbolli va respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va xududiy muammolarning fanning rivojlanish istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi. Axborot boshqarish tizimlarining instrumental vositalari ixtisoslik fani hisoblanib 4,5 va 6 – semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari) va umumkasbiy (axborotlarga ishlov berishni algoritmlash, muhandislik dasturlari, elektronika va sxemotexnika, kompyuter tizimlari va telekkommunikatsiyalar) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi
Kurs ishi loyihasini amalga oshirish uchun Arduino Mega kompaniyasining mikrokontrolleri tanlandi. Arduino Mega ATmega2560 mikrokontrollerida qurilgan (texnik tavsif). Kengashda 54 ta raqamli kirish / chiqish (14tasi PWM chiqishi sifatida ishlatilishi mumkin), 16 ta analog kirish, 4 ta ketma-ket UART porti, 16 MGts kristalli osilator, USB ulagichi, quvvat ulagichi, ICSP ulagichi va qayta o'rnatish tugmasi mavjud. Ishlash uchun platformani kompyuterga USB kabel orqali ulashingiz yoki AC / DC adapteri yoki batareya yordamida quvvatni ishlatishingiz kerak. Arduino Mega 2560, Uno yoki Duemilanove platformalari uchun mo'ljallangan barcha kengaytirish kartalariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |