13.Tizimli blok. Tizim bloklarining turlari. Tizim bloklarining xususiyatlari.
Tizimli blok. Tizimli blok g‘ilofi turli shaklda, masalan, yassi quti (mini tower case) yoki minora ko‘rinishida (big tower case) bo‘lishi mumkin. Ba’zi tizimli bloklar monitor ichiga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
1-rasmda tizimli bloklarning uchta asosiy ko‘rinishlari ko‘rsatilgan: «a» – yassi quti ko‘rinishida; «b» – minora ko‘rinishida va «d» – korpus ichiga joylashtiriladigan yon tomoni tor bo‘lgan modul ko‘rinishida. Ular tashqi panellarida jamlagichlar uchun ajratilgan bo‘limlarga (1), elektr ta’minot bloklarining chiqishlariga (2) hamda turli ulanish elementlariga, elektr ta’minotini qo‘shish (yoqish) tugmalari, indikatorli yorug‘lik diodlari va razyomlarga ega.
a) b) d)
1-rasm. Tizimli blokning konstruksiyasi
Tizimli blok tarkibiga, odatda, tizimli plata, elektr ta’minot bloki, diskli jamlagichlar, qo‘shimcha qurilmalar uchun razyomlarni va tashqi qurilmali adapterlari yoki kontrollerli kengaytirish platalari kiradi.
O‘z navdatida tizimli platada (ko‘pincha ona plata deb yuritiladi – motherboard) quyidagilar joylashadi:
mikroprotsessor;
tizimli mikrosxemalar (chipsetlar);
takt impulslar generatori;
TXQ va DXQ modullari (mikrosxemalar);
CMOS-xotira mikrosxemalari;
klaviatura, QMDJ va EMDJ adapterlari;
uzilish kontrollerlari; – taymer.
Ona plata. Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi.
Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi inter feys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi.
2-rasm. Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi
Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktl ash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar.
Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |