Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab EXMning chorak milliardan ziyod turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy kompyuterlardir. Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard (HP), DEC, Compaq kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng tarqalgan. Ularning mahsulotlari foydalanuvchilar orasida anchagina taniqlidir.
ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta kompaniya IBM (Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kompaniya yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kompaniya bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar IBM firmasining Pentium II, III, IV protsessorlari qo‘llangan kompyuterlar hisoblanadi.
IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli Macintosh modelli ShKlari egallab kelmoqda. Bu firma 1998-yildan boshlab yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power Book va iBook noutbuklar, Power Macintosh oilasiga mansub ishchi stansiya modellarini ishlab chiqaradi.
HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi stansiyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan ixcham (mobil) ishchi stansiyalarni ishlab chiqaradi.
Kompyuterlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari
Samaradorlik. Bu ko‘rsatkich taktlash chastotasi (Hz) va tezkorlik (operatsiya/s) kabi texnik ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq. Kompyuter rivojlanishining dastlabki davrida iqtisodiy, muhandisli-texnik, matematik kabi turli masalalar uchun unumdorlikni baholashning o‘rtacha qiymati olinar edi. Haqiqiy tezlik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha maxsus testlar mavjud bo‘lgan va hozir ham mavjuddir.
Asosiy xotira hajmi. Asosiy xotira saqlash qurilmalarining ikki turidan tashkil topgan:
doimiy xotira qurilmasi (DXQ) - (ROM – Read Only Memory), konstantalar va nomalum boshqaruv dasturlarini saqlashga mo‘ljallangan, bunda axborot DXQdan faqat o‘qiladi;
tezkor xotira qurilmasi TXQ - (RAM – Random Access Memory), axborotlarga ishlov beruvchi dasturlar ko‘rinishid agi axborotni yozish, saqlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan.
Asosiy xotiraning afzalligi uning yuqori tezligi va saqlash matritsasining har bir xotira yacheykasiga murojaat qila olish imkoniyatidir. Asosiy xotira hajmi foydalanilayotgan protsessor turiga va uning so‘z uzunligiga bog‘liq, bu kompyuterning manzil maydoni deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |