xromosomaning gaploid to`plami va birikish guruhi 10 ga, no‘xatda



Download 2,29 Mb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi2,29 Mb.
#792688
  1   2   3   4
Bog'liq
genetik xarita 2

Birikkan holda irsiylanuvchi bir xromosomada joylashgan genlar majmuiga birikish guruhi deyiladi. Organizmdagi genlaming birikish guruhi shu organizm xromosomalarining gaploid to`plamiga teng bo`ladi. Jumladan makkajo`xorida (Zea mays) xromosomaning gaploid to`plami va birikish guruhi 10 ga, no‘xatda (Pisum sativum) 7 ga, drozofila meva pashshasida (Drosophila melanogaster) 4 ga, odamda (Homo sapiens) 23 ga teng.

Ma’lum birikish guruhga kirgan genlarning joylashish tasviri genetik xarita deyiladi. Birinchi marotaba genetik xarita 1911-yili A.Stertevant tomonidan X xromosomada tuzilgan. Genetik xarita tuzish nihoyatda murakkab jarayon bo`lib, hozircha drozofila, makkajo‘xori, no`xat, pomidor, sichqon, neyrospora, ichak tayoqchasi akteriyasi, odamning genetik xaritasi tuzilgan.

Genetik xarita deyilganda genlar guruhlanishining ana shu guruhda genlarning qanday izchillikda joylashganligi, ular orasidagi masofa tushuniladi. Birinchi marta genetik xarita drozofila meva pashshasida T.Morgan va uning shogirdlari tomonidan tuzilgan. Ular genlarning guruhlanishini birikkan holda irsiylanish, genlar orasidagi masofani esa krossingover hodisasiga qarab belgilashgan. Birikkan holda irsiylanishdagi krossingover, ya’ni F2 ota-onaga o'xshamagan duragaylar foizi genetik xaritada morganid birligi bilan belgilanadi. Bu birlik Morganning genetika fani oldidagi xizmatlarini ulug'lash maqsadida e’tirof etilgan. Hozirgi davrga kelib drozofiladan tashqari odam, sichqon, quyon, tovuq, tut ipak qurti, jo'xori, pomidor va boshqa o'simliklarning genetik xaritasi tuzilgan. Bu haqdagi ma’lumotlar I.A.Zaxarovning «Генетические карты высших организмов» kitobida


keltirilgan.

Genetik xarita tuzish uchun nihoyatda ko‘p genlarni irsiylanish tipi o‘rganiladi. Chunonchi, drozofila 4 ta birikish guruhidagi 500, makkajo‘xorida 10 ta guruhga birikkan 400 ta genlar, uy sichqonida 15 guruhga birikkan 200 ta genlarni irsiylanish tiplari o`rganilgan. Genetik xaritada organizmning xar bir birikish guruhi alohida tasvirlanadi va ularda joylashgan genlaming qisqartirilgan liomi, genlar orasidagi masofa krossingover foizlari natijalariga qarab belgilanadi. Genlar orasidagi masofani ifodalashda xromosomaning bosh qismini lokusini nol deb olinib unga nisbatan genlami krossingover foizlari hisoblanadi. Shuning uchun genetik xaritada genlami lokusini krossingover miqdorida ifodalashda 50, 100 va undan ortiq raqamlar uchrashi mumkin.


Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish