Xoliqulov Muhammad 1-savolga javob



Download 27,16 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2021
Hajmi27,16 Kb.
#67121
  1   2
Bog'liq
Manaviyatshunoslikdan 2 -oraliq


Xoliqulov Muhammad

1-savolga javob.

Yagona Turkistonning parchalanishi va Rossiya imperiyasining makkorona siyosati.

Turkiy millat buyuk millat edi. Taqdir 2 marta bu millatning toleini yuksaklarga ko’tardi. Birinchi marta V-VII asrlarda Buyuk Turk xoqonligining vujudga kelishi bilan katta bir mintaqada milliy davlat, milliy adabiy til shakllangan bo’lsa, ikkinchi marta deyarli 1000 yil davomida butun mintaqada siyosiy hukmronlik turkiy elat namoyandalari qo’lida bo’lganligi bundan darak beradi. Shu bilan birga 2 marta jiddiy ogohlantirish ham berildi. Birinchisi, Xorazmshohlar davrida mo’g’ullar bosqini orqali, ikkinchi marta Rossiya imperiyasining asorati, bolshevizm qatag’onlari va makkor siyosati ko’rinishida. Islom mintaqasida turkiy sulolalar bir-biri bilan jang olib borib, oxir-natijada millatni parokanda qildilar. Ayniqsa, Movarounnahrdagi oxirgi uch xonlikning o’zaro mojarolari avval Rossiyaga qaramlikka, so’ng yagona Vatan - Turkistonning uzil-kesil parchalanib ketishiga olib keldi.

Bugungi voqelikda turkiy elatlarning yangi bosqichda yaqinlashuvi o’zbek xalqining barcha dunyo millatlari bilan do’stona hamkorligiga rahna solmagan holda asos maqsadlarimizdan bo’lmog’i tabiiydir. Arablar ham turli davlatlardan tashkil topgan. Ammo o’zaro yaqinlashuvga harakatlari bor. Barcha islom davlatlarining xalqaro tashkilotlari ham ezgu maqsadlarni ko’zda tutib tuzilgan. Insoniyat o’z tarixiy taraqqiyoti davomida erishgan yutuqlarini qo’ldan bermasligi kerak.

XIX-XX asrlar xalqimiz tarixida iztirobli davr bo’ldi. XVII-XVIII asrlarda milliy turg’unlik, milliy parchalanish fojialari elning eng jonkuyar farzandlari dilini qiynoqli dard bo’lib kuydirgan bo’lsa, endi bevosita milliy qaramlik ma’naviy xo’rlik keltirdi, xalq ham ma’naviy, ham iqtisodiy kamsitildi, ezildi, oyoqosti qilindi.

Elni ozod qilishni Feruz va Furqatlar ma’rifatda ko’rgan bo’lsa, Muhammad Ali eshon kabilar xalqni bevosita jihodga chorladilar. Muqimiy tasviridagi «tanobchilar», «moskovchi boylar» xalqni talashda mustamlakachilar bilan «musobaqa» qilishgan bo’lishsa, Buxoro amiri jadidlarni qatag’on qilishda bolsheviklarga o’rnak ko’rsatdi. XVIII-XIX asrlar o’lkamizda ta’lim tizimi ham turg’unlikka yuz tutganligini inkor etib bo’lmaydi. Fitratning 1912 yilda Istambulda nashr etilgan «Hind sayyohining qissasi» asari XX asr boshlarida o’lkamiz ma’naviy hayotida yuzaga kelgan buhroniy holatning achchiq manzarasini Buxoro amirligi misolida shafqatsiz ochib tashlagan. Shu sababli bugungi mustaqillik sharofati bilan o’tmishimizni xolis o’rganish imkoni yaralgan ekan, yutuqlarimiz bilan bir qatorda ayblarimiz, xatolarimizni ham ro’yi-rost ko’ra olaylik.

Behbudiy, Fayzulla Xo’jaev, Fitrat kabi millat va Vatan fidoiylari johillik va ijtimoiy adolatsizlikni ma’rifat vositasi bilan enga olmagach, avval Rossiya mustabidlari, so’ng sovetlar bilan murosa qilishga majbur bo’ldilar va, oxir-oqibatda, nafaqat ezgu niyatlari, balki tabarruk boshlari ham munofiqlar jodusida qirqildi. XX asr boshlarida yarq etgan Milliy uyg’onish harakati «kommunistik proletar utopiyasi» yo’lida mutaassib va munofiq tuzum tomonidan ayovsiz mahv etildi. Turkiston muxtoriyati harbiy kuch bilan yo’q qilindi. Yagona zamin sun’iy ravishda bir necha alohida «respublika»larga bo’lib yuborildi. Turar Risqulov kabi mahalliy siyosiy arboblarning dalil-isbotlari na o’lkaga maxsus yuborilgan «shovinist-kommunist»lar, na Moskvadagi ularning dohiylari tomonidan tan olinmadi.

Siyosiy qaramlik davrida ma’naviyatimiz ahvoli yoki Milliy ma’naviyatimizning Yangi davr Evropa madaniyati bilan bevosita to’qna-shuvi - Yangi davr milliy ma’navi-yatimiz takomilining ikkinchi bosqichi bo’lib, bu jarayon boshlanishdanoq foje’ bir tarzda - qadim Turon xalqla-rining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va 150 yillik mustamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi. Bu bosqichdagi milliy ma’naviyatimiz uchun eng ahamiyatli hodisa Milliy uyg’onish va jadidlarning madaniy-ma’rifiy faoliyatidir.

Usuli jadid” maktablari - Yangi davr ma’rifatchilari (jadidlar) ishlab chiqqan usuli savtiya, ya’ni savod chiqarishning tovush tizimi asosidagi yangicha maktablar.

2-savolga javob.

Lison ut-tayr (arab. — "Qushlar tili") — Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attornnt "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. Lison ut-tayr falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvufiy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olga suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.

Lison ut-tayr 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi.

Mustaqil shaxs - ma’naviy kamolotning muayyan darajasiga etishgan insondir. Ma’naviy kamolotning chegarasi yo‘q. SHu sababli uning muayyan darajasi deganda nimani tushunmoq kerak? Bu yo‘nalishda biror aniqlikka erishish uchun suhbatni inson tabiati va unga ma’naviyatning nisbati mavzusidan boshlamoq maqbul ko‘rinadi.

Go‘daklikdan o‘smirlikka o‘tishda inson ruhining mustaqil "men"ligi shakllanar ekan, unda o‘z moddiy mavjudligiga nisbatan mas’uliyat hissi paydo bo‘ladi. SHu davrda u izlanadi, "Men kimman?" degan savol uni qiynaydi. Bu savolga insoniyat tarixida turli javoblar mavjud. Masalan, dahriy-materialist aytadi: "Sen boshqa barcha jonzotlar yanglig‘ biologik mavjudotsan, eb-ichib, uylanib, o‘zingdan zurriyot qoldirib, bu dunyodan tugal o‘tib ketasan, SHu sabab - dunyodan oladiganingni olib qol, baxt - oniy lazzatdadir". Marksist aytadi: "Sen yoki proletariatsan - dunyodagi barcha o‘zing singari yo‘qsillar bilan birlashib, xususiy mulkka qarshi ayovsiz kurash olib borsang - avlodlaring kommunizmda yashaydi yoki sen burjua sinfi vakilisan, feodal singari, quldor singari tarixan o‘tkinchisan, agar ixtiyoriy ravishda o‘zligingdan kechmasang, ayovsiz sinfiy kurashda yo‘q qilinasan." Dinni zohiriy talqin etuvchi aytadi: "Sen Allohning bir ojiz bandasisan, YAratgandan qo‘rq, unga ibodat qil, jannatga tushasan." Boshqa turli talqinlar ham ko‘p. Umumlashtirib aytsak, bu borada har bir insonning o‘z qarashi bor deyish ham mumkin.

Tavhid imoni asosida shakllangan milliy ma’naviyatimiz uchun ayovsiz "qarama-qarshilik" va ular orasidagi "murosasiz kurash" tushunchalari mohiyatan yotdir. Jumladan, shaxs va jamiyat, millat va bashariyat manfaatlari biz uchun o‘zaro zid emas, balki uyg‘un va mohiyatiga ko‘ra bir-biriga muvofiq bo‘lib, ularni zidlashtirish qandaydir yovuz kuchlarning qabih nayranglari emas, balki ko‘proq hodisalarni faqat tashqaridan, yuzaki bir tarzda ko‘rib, ular mohiyatidagi o‘zaro tutashlikni payqamay shoshqaloq xulosalar chiqarish natijasidir. Asli voqelik, Moniy tasavvur qilganidek, ezgulik va yovuzlikning mutlaq kurashi asosiga qurilgan emas, biz duch kelgan ziddiyatlarning aksariyati esa, agar chuqurroq tahlil etilsa, yagona Alloh haqiqatini insonlar noqis tushunganligi, oxirigacha mulohaza yuritishga tobu toqati etmasligi, jiddiy riyozat chekishga bo‘yni yor bermay, muammolarni engil-elpi zohiriy hal qilib o‘tib ketishga moyilligi tufayli yuzaga kelishi ma’lum bo‘ladi.

Insonning yaralishi haqida, uning tabiatidagi azaliy murakkablikni izohlab, Alisher Navoiy yozadi:




Download 27,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish