X. Bob. Zax qochirish tarmoqlarini loyixalash



Download 365,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi365,31 Kb.
#319000
  1   2   3
Bog'liq
d0erx9kagsvT9S5meSLCApsp8rrvaMf2JFWCwBcR



X. Bob. Zax qochirish tarmoqlarini loyixalash loyixalash. 

10.1. Suv o’tkazuvchi zovur  tarmoqlari.  

 

Zax qochirish tizimlari ortiqcha yer usti va tuproq sizot suvlarini boshqaruvchi zovurdan qabul 



qilib kollektorga yetkazish berish uchun xizmat qiladi. 

Zax qochirish tizimlari tarkibiga suv yig’uvchi zovurlardan tortib to suv qabul qiluvchilarga bo’lgan 

kollektor va uning tarmoqlari kiradi. 

Kollektor zaxi qochiriladigan tizimining suv  qabul   qilishini bog’lovchi asosiy qismi hisoblanadi va uni 

loyihalashda quyidagilarga rioya etish kerak: 

Zaxi qochiriladigan maydonning istalgan qismidan zax suvlarni qabul qila olishini hisobga olib, zaxi 

qochiriladigan  maydonning eng past yer sathlarida joylashtirilishi. 

Imkoni bor qadar  kam  uzunlikka ega bo’lishligi buning uchun esa yer nishabining katta qiymatlarida 

loyihalanishi. 

Kollektorning o’zani yuvilmasligi va unga loyqa cho’kmasligi. 

Kollektorni suv qabul qilish manbasiga suv quyish joyi mustahkam va to’g’ri chiziqli bo’lishi va boshqalar. 

Kollektorlar zaxi qochiriladigan maydoning quyi yer sathlarida, xo’jalik chegaralari, yo’l va himoya 

daraxtlari yoqalab loyihalanishi kerak. 

Kollektorlar o’zaro xo’jalik hududini tashkil etish sxemasi, xamda yetishtirilayotgan ekin turiga bog’liq 

holda 300-1500 m gacha bo’lgan masofada joylashadi. 

Kollektorlarni  rejada,  asosan  to’g’ri  chiziqli joylashtirishga erishish kerak, ularni 60-800 ga burilishiga 

ruxsat etiladi. Katta kollektorlar o’zaro 600 li, suv qabul qilish manbasi bilan esa 450 li burchak ostida 

tutashishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida zah qochirish tizimlarining nafaqat ko’ndalang shakli, balki bo’ylama 

shakli ham o’zgarishi mumkin. 

Buning asosiy sababi gruntlarnining mustaxkamligini susaytirish jarayoni hisoblanadi. Guruntlarning 

mustaxkamligining kamayishi yer osti suvlari tomonidan bo’ladigan bosim ta’sirida grunt zarrachalarining 

yuvilishi natijasida kelib chiqadi. 

Kollektorning deformatsiyalanish ko’rinishlari quyidagicha bo’ladi: 

1.Zax   suvlarning sizilib chiqish joylarida kollektor yon tomonlarining siljishi yoki xolatining o’zgarishi; 

2. Yon devorning yomg’ir, qor va tashlama suvlar bilan yuvilishi; 

3. Loyihalash jarayonida nishablikning yuqori bo’lshi natijasida o’zanning yuvilishi 

4. Nishablikning kichik bo’lishi oqibatida loyqa cho’kishi yoki loyqa bilan to’lib qolishi; 

5. O’zan va yon devorlarining o’tlar bilan qoplanishi. 

Yuqorida keltirilganlarning eng ko’p uchraydigani yon devorlarning sizot suvlari gidrodinimik bosimi 

ta’sirida siljishi hisoblanadi. Bu holat kollektorda suvning damlanishi va suv sathining birdan o’zgarishida 

namoyon bo’ladi. 

Zax qochirish tizimlarini loyihalashda, zax qochirish maydonidan ortiqcha tuproq namini zax-oqova suv 

holatiga aylantirib, uzoqlashtirish hisobga olinishi kerak. Zax qochirish tizimlari tarkibiga boshqaruvchi va 

yig’uvchi zovurlar, kollektorlar. kiradi. 



Bu tizimlarning har biri o’zlarining o’lchamlariga (zovurlar orasidagi masofa va zovurni yotish chuqurligi) 

ko’ra rejada ma’lum tartibda ketma-ket va bir-biriga bog’langan xolda joylashtiriladi (10.1.1-rasm). 

 

 

 



                                     10.1.1-rasm. Zah qochirish tizimi sxemasi: 

1-boshqaruvchi zovur; 2-yig’uvchi zovur; 3-xo’jalik ichki kollektori; 4-xo’jalik kollektor; 5-bosh kollektor; 

6-suv qabul qilgich. 

Zaxqochirish tarmoqlarini loyixalash printsplari 

Zaxqochirish tarmoqlarini loyixalash printsplariga quyidagilar kiradi: 

1.Loyixa topshirig’i 

2.Texnikaviy loyixa 

3.Ish chizmalari 

4.Texnik-ish loyixa 

5.Loyixa va smetalarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash. 

Loyixa topshirig’i 

Tenikaviy va texnika-ish loyixalarini ishlab chiqish to’g’risidagi topshiriqlar buyurtmachi tomonidan 

beriladi.Topshiriqlar quyidagilar asosida:ayrim daryo xavzalar yoki xavzalar gruppalaridan, tumanlar va 

ayrim xududlardan foydalanish va ularni muxofaza qilish bosh sxemasi asosida ishlab 

chiqiladi.Topshiriqlar yirik va murakkab melioratsiya tizimlari xamda inshootlari yuzasidan, shuningdek, 



mazkur melioratsiya tizimlari va inshootni qurish mumkinligi va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq 

ekanligini belgilovchi texnika-iqtisodiy dalil va isbotlar asosida beriladi.  

Loyixalash tashkilotlari vazirliklar va idoralarning yoki boshqa buyurtmachilarning topshiriiga binoan 

loyixalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashadilar.Ushbu topshiriqlar melioratsiya 

tizimining loyixa bo’yicha qilinadigan ishlar kompleksiga kiradi. 

Melioratsiya tizimining loyixa topshirig’i quyidagilarni o’z ichiga olmog’i lozim:melioratsiya tizimlarining 

nomi; loyixalashtirish uchu nasos bo’ladigan joy, tuman o’rni va maydoni, xalq xo’jaligini manfaatdor 

tomorqalari tomonidan qo’yiladigan asosiy talablar; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish 

yo’nalishlari va asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining taxminiy foiz xisobida tarkibi; xar bir mexnatga 

layoqatli kishiga to’g’ri keladigan ulush; melioratsiya tarmog’ining konstruktsiyasiga nisbatan 

qo’yiladigan talablar va suv rejimini rostlash usullari; melioratsiya tizimini bundan keyin yanada 

kengaytirish to’g’risida takliflar; loyixаlаshtirishning bosqichmа-bosqichligi; me’yorlarga muvofiq 

mo’ljallangan qurilish muddatlari; bosh loyixa  tashkilotlarning nomi; qurilish tashkiloti-bosh pudratchi 

nomi. 


Texnik loyixa. 

Texnik loyixada quyidagi masalalar xal qilinishi kerak: 

1) Meliorativ tizimning chegaralari aniqlanishi va yer fondidan foydalanish maydoni aniqlanishi: 

xo’jalikda xududni tashkil qilish; xo’jalik yo’nalishi va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil 

qilish; yer maydonlarini o’zlashtirish, qishloq xo’jalik qurilishi tadbirlari ishlab chiqiladi. 

2) Yuqori FIK li sugorish va zax qochirish tizimlari, ish unumdorligini oshirish, tuproq unumdorligini 

oshirish;  yer osti suvlari satxini zax qochirish normasi atrofida ushlab turish; manfiy suv balansini tarkib 

toptirish tadbirlari ishlab chiqiladi. 

3) Birinchi navbatda ishga tushadigan ob’ektlarni aloxida ko’rsatgan xolda qurilish ishlarini tashkil qilish 

va uning muddatini aniqlash. 

4) Qurilishda va texnik ekspluatatsiya qilishda mexnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari. (avtomatlashtirish, 

telemexanizatsiya, dispetcherlik xizmati). 

5) Qurilish narxini aniqlash (SSFR - 1,2). 

6) Qurilishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini (TIK) aniqlash (ishlab chiqarish unumdorligi, maxsulot 

tannarxi, ishlab chiqarish rentabelligi, mexanizatsiyalash darajasi, avtomatlash darajasi, kapital 

mablaglar iqtisodiy unumdorligi). 

7) Katta va murakkab inshootlar bir nechta navbat bilan (xar biri 4-5 yildan ortiq bo’lmagan) qurilishi 

mumkin. 


Loyixalash asosan meliorativ tizim bosh rejasini tuzish bilan boshlanadi. Umumiy sxemada butun qurilish 

majmuasi narxini aniqlash (yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha) bo’yicha tadbir  ishlab chiqiladi. 

Keyingi bosqichlar uchun tuzilgan loyixalar xam yuqoridagi kabi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Ishchi chizmalari. 

Ishchi chizmalar tasdiqlangan texnikaviy loyixa asosida bajariladi. Buning uchun buyurtmachi loyixaning 

barcha qismlari bo’yicha kompleks loyixa tuzishni ta’minlaydigan barcha ma’lumotlarni berish lozim. 

Ishchi chizmada qurilish-montaj ishlarini tashkil qilishda kerak bo’ladigan texnik jarayonlar ko’rsatilgan 

aniq va detallashgan chizmalar keltiriladi. 

Ishchi chizma tarkibiga quyidagilar kiradi: 



1) Titul kogozi va chizmalar ro’yxati. 

2) Aniqlangan genplan. 

3) Individual loyixa asosida bajariladigan GTI va binolar montaj qilish chizmalari. 

4) Zavod usulida tayyorlangan konstruktsiyalarning montaj qilish chizmalari 

5) Namunaviy bo’lmagan temir-beton konstruktsiyalarining umumiy ko’rinishi va detallashtirilgan 

chizmalari. 

6) Elektr bilan ta’minlash, avtomatlashtirish, radiolash-tirish, telefonlashtirish va boshqa uskunalar 

chizma-lari. 

7) Xo’jalik ichki sugorish va zax qochirish tizimlari rejasi. 

8)Bino va inshootlarni geodezik nuqtaga boglash jadvali. 

9)Kanal va kollektorlarning ko’ndalang va bo’ylama profillari. 

10)Kanal va kollektorlarning namunaviy ko’ndalang kesimlari. 

11)Inshootlarning rejada joylashishi, geologik kesimlar. 

12)Qurilish yer tekislash rejasi va yer ishlari xajmi,  ob’ektlar ko’rsatilgan jadval. 

13)Mexnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bilan boglangan asbob-uskunalar chizmalari. 

14)Ayrim ob’ektlar uchun loyixalar pasportlari. 

 

Ishchi-texnik loyixa. 



Ishchi- texnik loyixa uncha katta va murakkab bo’lmagan ob’ektlar uchun tuziladi. Bunda Tqur ( 2 yil. 

Ishchi - texnik loyixa tarkibiga quyidagilar kiradi. 

1)Qisqacha tushuntirish (meliorativ maydonning kanal, kollektorlar va drenaj tizimlariga qisqacha tavsif 

va berilgan baxo) bayoni. 

2)O’zlashtirishgacha bo’lgan yer fondi ta’rifi. 

3)Er o’zlashtirish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil qilish tadbirlarini izoxlash. 

4)Yillik ekspluatatsiya xarajatlarini xisobga olgan xolda butun tizimni ekspluatatsiya qilish to’grisida 

takliflar. 

5)Gidrogeologik, gidravlik va boshqa xisoblar natijalari. 

6)Inshootlar jadvali. 

7)Qurilish, montaj, yer ishlari xajmlari. 

8)Qurilish bosqichlari va muddatlari. 

9)Kerakli qurilish materiallari va mexanizmlar jadvali. 

10)Yigma smeta. 

11)Grafik materiallar. 

12)Jixozlar va buyurtma materiallari uchun buyurtma qaydnomalari. 




13)Loyixa va smetalarni tasdiqlash. 

 

10.3 Zovurlar ishlatishining asosiy shratlari va xisobiy suv sarflari 



Markaziy  Osiyo respublikalarida  tik zovurlvr 600 ming ga. yerga qurilgan bo’lib, 6 mingdan ko’proq 

quduqdan foydalaniladi. Suv bilan ta’minlash bilan birga esa 18 ming donadir. 

Tik zovurlarning  ishlatishning asosiy shartlari quyidagilar: 

Suv nasos orqali chiqarilganligi sababli suv o’tkazuvchi gorizontni xosil qiluvchi barcha qatlamlar orasida 

gidravlik bogliqlik bo’lishi. 

Pastki qatlam qalin va yaxshi suv o’tkazuvchan bo’lishi kerak 

 m2/sut. 

Bu yerda K - qatlamlar  o’rtacha filtratsiya koeffitsiyenti, m/sut. 

m-qatlam qalinligi, m 

Vertikal drenaj, gorizontal drenajga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega. 

sizot suvlari satxini istagan chuqurlikka tushirish imkoniyati mavjud. 

Vertikal drenajdan olingan suvni qo’shimcha sugorish yoki ichimlik suvi manbai sifatida ishlatish mumkin. 

Er ishlari xajmi keskin kamayadi. 

Vertikal drenajni yilning istagan paytida va sizot suvlari satxining istalgan chuqurligida qurish mumkin. 

Kamchiliqlari: 

1)Mayda zarrali tuproqlarda suv satxining 1 m pasayishiga nisbatan kichik debit bo’lishi. 

2)Ekspluatatsiya xarajatlarining kattaligi. 

3)Elektr energiyasini ko’p talab qilishi. 

4)Ekspluatatsiya va remont uchun shtat zarurligi. 

5)Vertikal drenajning vaqti-vaqti bilan ishlashi xisobiga nasos agregatining tez-tez ishdan chiqishi. 

Vertikal drenaj chuqurligi 20 .. 30 m lik tik quduqdan iborat bo’lib, uning o’rtacha chuqurligi 50 .. 70 m 

bo’ladi. (s.t.q ning joylashishiga qarab). 

Qazish URB-Z AM yoki boshqa burgulash mashinalarida olib borilib, qazish davomida quduq devorlari 

quvurlar bilan maxkamlab ketiladi. Loyixadagi chuqurlikkaga qazilgach, suv ko’tarish quvuri, nasos, filtr 

va tindirgich tushiriladi. 

Quduqning yuqori qismiga yer usti qo’yilish inshooti o’rnatiladi. Unda TP, kabelli o’tkazgich va o’lchash 

priborlari xammasi o’rnatilgach, kompressor yordamida namunaviy sinov ishlatib quriladi. CHuqurlik 

nasoslarining unumdorligi 50 .. 350 m3/soat bo’lib, quduq debiti suv o’tkazuvchi qatlam Kf, va suvning 

pasayish chuqurligiga, quduq diametriga va uning konstruktsiyasiga bogliq. Drenajning ta’sir radiusi - R, 

gruntning geologik tuzilishiga bogliq bo’lib, soz tuproqlarda 800 .. 1000 m, ogir tuproqlarga esa 400..500 

m, qumloq tuproqda agar quduq chuqur bo’lsa 3000 m gacha bo’ladi. 

Sizot suvlarining statik satxi bilan suv chiqargandan keyingi satxi farqiga pasayish chuqurligi deyiladi. (-S). 

Quduqdan chiqariladigan suv miqdoriga quduq debiti deyiladi. (Q). 



100



Download 365,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish