Agar yuqoridagi tadbirlar o’zi oqar tizim uchun samarali bo’lmasa, unda suvni mexaniq ko’tarish tadbirini
qo’llash lozim.
Suv qabul qilgich o’zanini rostlash:
Bunda:
Ko’ndalang kesim yuzasi kengaytiriladi.
O’zan begona o’tlardan tozalanadi.
Egri-bugri uchastkalar to’grilanadi.
Dimlanishga sabab bo’lgan inshootlar olib tashlanadi.
Suv qabul qilgich o’zanini rostlash.Tekis yerdagi daryolar egri-bugri o’zanli bo’ladi. Bunda Kegri = 2-3 va
bu uning suv o’tqazish qobiliyatiga ta’sir etadi. Daryo o’zani 2 xil usulda to’grilanadi.
agar o’zan oqimi miqdori uncha katta bo’lmasa eski o’zan xolatiga qaramasdan butun uzunlik bo’yicha
to’grilanadi.
Agar oqim katta bo’lsa, unda faqat eng katta egriliqlar to’grilanadi.
O’zanning barcha uzunligi bo’ylab bir xil oqim xosil qilish uchun to’grilash ishlari olib boriladi.
Suv qabul qilgich zax qochirish tizimining oxirgi qismi hisoblanib, unga zax suvlar qo’shilgandan so’ng
quyi maydonlarni suv bosmasligi, zax suvlarni o’zlashtira olishi kerak. Agar suv qabul qilgich daryo bo’lsa,
undagi suvning sifati yaroqsiz bo’lib qolmishigayo’l qo’ymaslik talab qilinadi.
Zah qochiriladigan maydonlardan oqib chiqqan suvni qabul qiluvchi daryo hisoblansa, bu manbaga
quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Daryodagi suv sathi, zax qochirish tizimidan yil davomida oqib chiqadigan suvni qabul qilish jarayonida
zax qochirish tizimidagi suv sathiga to’sqinlik qilmasligi, ya’ni suv sathi past bo’lishi kerak.
2. Zah suvlarni o’zlashtira olishi, ya’ni daryo suv sathini ko’tarmagan holda, zax suvlarni qo’shib oqizib
ketishini ta’minlashi shart.
3.Suv qabul qilgichning suv qabul qilish nuqtasi barqaror bo’lishi shart (aks holda, suv qabul qilish
manbasi bilan zax qochirish tizimi o’rtasidagi aloqa buzilishi mumkin).
Suv qabul qilgichning yomon ahvolda bo’lishining asosiy sabablari:
1.Daryo o’zanining o’tlar bilan qoplanishi «n» g’adir-budirlik koeffitsiyentining katta bo’lishi, ya’ni n =
0,7 - 1,0 da « v »-kichik, « h »-katta bo’ladi va undagi suv sathining baland bo’lishi.
2.Daryo o’zanining notekis va qiyshiqligi.
3.Daryo ko’ndalang kesim yuzasining, ba’zi joylari kichik bo’lishi xamda uzunligi bo’yicha barqaror
emasligi.
4.Daryo o’zanida sun’iy qurilgan inshootlar (to’g’on, ko’prik, suv ombori va h.k.) talab darajasida
emasligi.
5.Daryo o’zani qismlarining ba’zi sabablarga ko’ra turli rejimlarda ishlashi.
Bu ko’rsatilgan kamchiliklar daryo suv oqimini boshqarish natijasida bartaraf etilgandagina daryodan suv
qabul qilgich sifatida foydalanish mumkin. Ba’zi xollarda zax suv qabul qilgichlar bo’lib, tabiiy pastliklar,
ko’llar xizmat qiladi.