Variatsiya ko’rsatkichlari



Download 182,36 Kb.
bet1/6
Sana09.12.2022
Hajmi182,36 Kb.
#882316
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Variatsiya ko\'rsatkichlari


Reja:
I Kirish.


Variatsiya ko’rsatkichlari
II Asosiy qism.
1) Dispersion tahlil asoslari
2)Variatsiya haqida buyuk olimlar fikrlari
III Xulosa.
Variatsiya haqida umumiy xulosalarim
IV Foydalanilgan adabiyotlar.

Variatsiya ko’rsatkichlari
Ommaviy hodisalar toʻplami, ularning taqsimotlari murakkab tuzilmali va koʻp qirrali masaladir. Ularni oʻrganishga statistika turli jihatlardan yondoshadi. Avvalambor belgining oʻrtacha darajasi (mikdoriy qiymati)ni aniqlab toʻplamni umumlashtirib taʼriflaydi, mazkur toʻplam birliklarida u olgan miqdoriy qiymatlar oʻrtasidagi farqlardan chetlanib, ularni tekislab (silliqlab) muayyan xodisalar toʻplamining rivojlanish qonuniyatlarini yoritadi. Bu — taqsimot qatorlarini taxdid qilishning bir tomoni. Mazkur masalaning ikkinchi tomoni qator variatsiyasini, oʻrganilayotgan belgi miqdoriy qiymatlari oʻrtasidagi farqlarni sinchiklab oʻrganishdan, ularni umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarni hisoblash va ular yordamida taqsimot qatoriga xos ogʻuvchanlik, boʻyiga choʻziluvchanlik, birliklarning ayrim oraliqlarda toʻplanishi konsentratsiyalanishi kabi xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Bu koʻrsatkichlarda ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat aniqligi va xususiyatlari ham namoyon boʻlishini hisobga olsak, u holda masalaning mazkur tomoni nazariy va amaliy jihatdan qanchalik katta ahamiyat kasb etishi haqida tasavvur hosil qilish qiyin emas.Variatsiya — bu qator hadlarining tebranuvchanligi, varianta qiymatlarining oʻzgaruvchanligidir.
Toʻplamda biror belgi qiymatlarining variatsiyasi deganda ayni zamon va makon sharoitida belgi miqdorlarining toʻplam birliklari boʻyicha farqlanishi, tebranishi (oʻzgaruvchanligi) tushuniladi. Toʻplam birliklari turli muhitda harakat qiladi va natijada variatsiya vujudga keladi.Demak, variatsiya sababi — sharoitlarning xilma-xilligi, ularda ko‘pdan-ko‘p omil va kuchlar mavjudligi va turlicha amal qilib, natijaga har xil me’yorda ta’sir etishidir. Hattoki, bir ota-onadan tug‘ilgan egizaklar o‘sish belgilarida, jumladan bo‘yi, og‘irligi, hulq-qiliqlarida farqlar kuzatiladi, bu onda ular ulg‘aygandan so‘ng ega bo‘ladigan mutaxassisligi, bilim darajasi, zurriyotlar soni va boshqa shu kabi belgilari ustida so‘z yuritmasa ham bo‘ladi. Beqiyos murakkab sharoitda va ko‘pdan-ko‘p omillar ta’siri ostida korxonalar, firmalar, uy xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati kechadi, ularning ish natijalari shakllanib, keng miqyosda bir biridan farq qiladi.
Ayrim belgilarni hisobga olmasak, deyarlik barcha jamiyat va tabiat hodisalariga variatsiya xosdir. Aksariyat statistika usullari yoki variatsiyani o‘lchashga asoslanadi, undan chetlanish (abstraktsiyalanish) yo‘llarini yaratishga tayanadi.
Variatsiya ommaviy hodisalarning barqaror topishi va rivojlanishi uchun, soʻzsiz, zaruriy shart hisoblanadi. Masalan, yaqin urugʻlinikoh, yaʼni ota-ona genlari (irsiy elementar birliklari)ning juda oz farqlanishi noraso nasl qoldirishga sabab boʻladi (jismoniy nosogʻlom zurriyot tugʻiladi). Gʻoʻza, bugʻdoy, mevali daraxtlar va boshqa oʻsimliklar uchun chetdan changlanish yuqori hosil olishning muhim shartidir. Kuchli farqlanuvchi sharoitlarda oʻsgan hayvon va oʻsimliklarni, masalan, madaniy gʻoʻza navini yovvoyi gʻoʻza navi bilan changlatish serhosilli va chidamli oʻsimlik (gʻoʻza) navi va hayvon zotini yaratishning asosiy yoʻli hisoblanadi. Shu bilan birga oʻz xossalari jihatidan tubdan farq qiluvchi hayvon va oʻsimliklardan, har xil tur, urugʻ va oilalarga mansub mavjudotlardan, masalan, gʻoʻza va bugʻdoydan, mushuk va kuchukdan nayel olib boʻlmaydi. Gen tiplarining juda kuchli variatsiyasi oʻsish uchun toʻgʻanoq boʻladi. Sanoatda ham, ayniqsa stanok, avtomashina, televizor kabi ommaviy mahsulot turlarini ishlab chiqarishda butlovchi qism mahsulotlar oʻlchami va belgilari qattiq standart norma bilan chegaralanishi, yaʼni ishlov berish uchun qoldirilgan qoʻyim maʼlum miqdordan oshmasligi kerak. Aks holda pirovard tayyor mahsulotlar sifati ziyon koʻradi.
Shunday qilib, jamiyat hayotida ham, tabiatda ham ommaviy toʻplam va jarayonlar oʻzgaruvchan unsurlardan tarkib topadi, ularning oʻzgaruvchanligi maʼlum xususiy meʼyor chegarasida boʻlganda mazkur jarayon optimal darajada kechadi.
Menejerlar, tadbirkorlar va ilmiy xodimlar variatsiyani boshqarishi va oʻrganishi uchun statistikada maxsus variatsiya koʻrsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan. Bu koʻrsatkichlar yordamida toʻplamning jinsdoshligi, oʻrtacha miqdorlarning xarakteri baholanadi, bozor hodisalarining konyukturasi, mavsumiy tebranishlari va asriy tendensiyalari oʻrganiladi. Ishlab chiqarishni bir ritmda (meʼyorda) tashkil etish ilmiy izlanish natijalarini baholash, masalan, yangi yaratilgan oʻgʻit yoki agrotexnika tadbiri, texnika vositasi, texnologiya usuli, boshqarish yoʻlining samaradorligini aniqlash bu koʻrsatkichlarga tayanadi. Tanlama tekshirishlarni tashkil etish va natijalarini baholash, hodisalar orasidagi bogʻlanishlarni oʻrganish, olingan natijalarining ishonchliligi va muhimligini aniqlashda ham variatsiya koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
Endi bu koʻrsatkichlarni qarab chiqamiz. Eng muhim variatsiya koʻrsatkichlari 8.1 -tarxda tasvirlangan.

Download 182,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish