Vaqt qadri reja: I. Kirish: Vaqtning inson hayotidagi ahamiyati II. Asosiy qism



Download 22,1 Kb.
Sana19.05.2022
Hajmi22,1 Kb.
#604736
Bog'liq
VAQT QADRI 9 sinf ijodiy bayon namuna uchun Husayin UZ Chust tumani


VAQT QADRI


Reja:


I.Kirish: Vaqtning inson hayotidagi ahamiyati
II. Asosiy qism:
1.Rum shahriga bir yosh savdogar tashrifi voqeyasi
2. Vaqt – oltindan qimmat.
3. Vaqtning ahamiyati
III.Xulosa
“Inson hayotidagi vaqt nima, uning mohiyati nimada?” degan savollarga donolar shunday javob beradi: "Vaqt - go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz hamda bebaho bo‘ladi".Agar iplar sifatsiz va to‘zigan bo‘lsa hayot ham tuban, mazmunsiz kechadi. Vaqtning yana bir xususiyati - agar u o‘tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf qiladigan asosiy dastmoyadir. Qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ozdir. Barakali bo‘lsa, ko‘p. Shu bois ham inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli hamda barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.Islom ta'limoti yalqovlik, loqaydlik, kabi illatlardan uzoqda bo‘lishimizga amr qiladi va har kuni erta turishga, xayrli amallarni qilishga hamda yoshlik, sihat-salomatlik, bo‘sh vaqtni g‘animat bilishga chorlaydi.
Rum shahriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaharda mashhur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xohladi. Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qaerdaligini so‘radi.
Mo‘ysafid unga chevarning do‘koni qaerda ekanligini tushuntirib berdi va ogohlantirdi:
- Bolam, u mashhur chevar bo‘lgani bilan qo‘li egri. Ehtiyot bo‘l. Mana man deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib oladi.
- Eh otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan ko‘pini ko‘ribmanmi? Hali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri tug‘ilmagan!
- Bolam, u juda mohir o‘g‘ri-da!
- Otaxon, mendan hech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun rahmat!
Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan qimmatbaho matoni yoydi. Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi. O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari haqida gapirardi, turli xil latifalar aytardi.
Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qahqaha otib kulardi. Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi. Hikoyadagi savdogar bu - siz, men, barcha insonlar. Mo‘ysafid bizga nasihat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, hikoya, ibratli voqea va hokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaho matosi esa insonning qimmatli vaqtidir. Dunyo shunday, sizga kulgili, ko‘ngilochar narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan “zip” etib qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va o‘zimga nasihat qildim.
Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo'lsa, u ham bo'lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor o'tgani - ixtiyorimizda bo'lgan fursatning zoye bo'lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g'animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo'lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon ko'rinishi - vaqtni bekor o'tkazishdir.
Inson har tong yangi kunni qarshi olar ekan uning ixtiyoriga 24 soat vaqt beriladi. Bu unga har kuni beriladigan 1440 daqiqa yoki 86400 soniyalik fursatdir. Oʻtayotgan vaqtimiz haqida tafakkur qilib koʻradigan boʻlsak, soat millarining “chiq-chiq”lari, aslida aziz umrimizning toʻxtovsiz parchalanib ketayotgan onlari ekanini his etamiz. Ushbu onlar bizning yaxshi yo yomon amallarimizga guvoh boʻlib oʻtib bormoqda. Bu esa vaqtning ahamiyatli ekanini bildiradi.
Agar vaqtning ahamiyati haqida tafakkur qiladigan boʻlsak, ularning naqadar gʻanimat lahzalar ekanligi koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Muhtaram yurtboshimiz ham bugungi kun yoshlarini kitobxonligi pasayib ketganligini ta'kidlab o‘tdilar. Jamiyatimizdagi barcha insonlar, ular kim va qanday mavqega ega bo‘lmasinlar, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni oltindan qimmat bo‘lgan ne'matdan unumli foydalanishlari lozimligini tushuntirmoqligimiz kerak. Yoshi ulug‘larimiz, muhtaram ota-onalar farzandlari ta'lim-tarbiyasiga beparvo bo‘lmasliklari, vaqtlarini to‘g‘ri sarflashga o‘rgatishlari kerak. Chunki, bugungi kunimiz va porloq kelajagimiz, ana shunday salohiyatli farzandlar qo‘lidadir.



Husniddin Ortiqov Chust tuman 18- maktab o`qitivchisi 97 255 90 35
9-sinf Ijodiy bayon namuna uchun

Download 22,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish