Ustoz, o`qituvchilik kasbi haqida bir umr shu kasbda ishlagan inson sifatida nima deysiz?



Download 1,42 Mb.
Sana19.02.2022
Hajmi1,42 Mb.
#457305
Bog'liq
Ustoz mehri



USTOZ MEHRI

Ustoz mehri ushbu so`zlarni o`qib, mehribon ustoz xayolingizga keldi-a? Ha, bugungi suhbatimiz ismi ham Mehri, o`zi ham mehribon ustozimiz Mehriniso Imomova bilan bo`ladi. Ushbu kichik maqolani anchadan beri yozish fikr, xayolimda bor edi-yu, hech jur’at qilolmay kelayotgandim. Bugun nasib yozmoqdaman. Meni adabiyotga, so`zga oshno bo`lishimda ustozning o`rinlari beqiyos. Ko`p yillik kasbiy faoliyati davomida qanchadan qancha shogirdlar chiqargan fidoyi ustoz bugun nafaqadalar. Ustoz bilan birga faoliyat yuritgan hamkasblar, shogirdlar ustozni hurmat va samimiyat bilan tilga oladilar. Ha o`z fanining bilimdoni, ulkan tajriba sohibi bo`lgan ustozimning suhbatlarini olish maqsadida ustoz xonadoniga tashrif buyurdim. Hayajondaman. Ustoz, ustozda,shogird, shogird………Ustoz bilan salom-alikdan so`ng, o`zimni niyatimni bildirdim. Ustoz Sizdagi tajriba biz kabi yosh o`qituvchilarga dastur va qo`llanmadir. Sizga bir nechta savollar bersam, hayotiy va pedagogic tajribangiz bilan biz bilan o`rtoqlashsangiz.


-Ustoz, o`qituvchilik kasbi haqida bir umr shu kasbda ishlagan inson sifatida nima deysiz?
-Avvalombor, Abrorjon e’tibor uchun rahmat. O`qituvchilik kasbini hamma ham tanlayvermeydi. Bizning oila o`qituvchilar oilasi desa ham bo`laveradi birinchi omil balki shudir. Beshinchi sinfda ilk bor adabiyot darsiga kirgan o`qituvchim Namozov Hazratqul domla, rahmatli bo`lib ketdi, o`sha kishi meni adabiyotga qiziqishimga sabab bo`lgan, husnixatlariga havasa qilib husnixatlarini ham o`xshatganman, eslayman maktabda ishlaganimda o`quvchilar, o`qituvchilar ham qo`yayotgan baholarim, husnixatlarimga havas qilardilar, ana shu kishining izidan boraman deb, 1972 yilda Sadridin Ayniy nomidagi til va adabiyot institutining sirtqi bo`lim o`zbek tili va adabiyoti yo`nalishiga o`qishga kirganman. O`qituvchilik-sharafli kasb, ham qiyin, ham sharafli. Qaysi kasb egasi bo`lishidan qat’iy nazar o`sha insonga harf o`rgatadigan, uning qo`llaridan tutib yozishni o`rgatadigan kim, o`qituvchi. Men o`zim shuncha yillik o`qituvchilik faoliyatida ishlagan bo`lsam kasbimdan faxrlanaman. Albatta past-u baland, o`ziga yarasha qiyinchilik, xursandchilik paytlari bo`ladi. Qayerdadir men o`qitgan o`quvchilar ustoz deb salom berib tursa shu meni yutug`im.
-Ustoz bugungi kun o`quvchisi haqida fikr bildirsangiz.
- Bugungi kun o`quvchisi haqida xulosani nevaralarimga qarab beraman. Bugun o`quvchilarga yetarlich sharoitlar yaratib berilgan deb o`ylayman. Shunga yarasha ta’lim sifatida ham o`zgarishlar bo`lyapti. Bugungi kun o`quvchisini oddiygina narsalar bilan hayratga solib bo`lmaydi, ular axborot asrida, axborot texnologiyalari rivojlangan davrda yashamoqda. Dunyoqarashi keng, maktab davridan o`z oldiga maqsad qo`ya bilyapti. Albatta, o`quvchining ta’lim olishida faqatgina maktab emas, oilada ota-onaning ham o`rni beqiyos. Men ko`p tashvishlantiradigan narsa o`quvchilarning telefon ishlatishi. Albatta bugun zamon shuni taqozo etyapti. Lekin ota-onalardan iltimos qilib qolardimki farzandlarini doimiy nazaoratda tutib ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor berishsa.
Rahmat, ustoz. Ta’limdagi kechagi va bugungi o`zgarishlar haqida nima deyolasizmi.

  • O`zim o`qituvchi bo`lganimgami, o`qituvchilar va umuman xalq ta’limi sohasidagi o`zgarishlarni doimiy kuzatib boraman bugun bizning davrdagiga nisabtan o`qituvchilarga anchayin yengiliklar yaratildi. Eng asosiysi majburiy mehnat bir paytlar o`qituvchilarning paxta dalada yurganlari-yu, qancha-qancha o`ziga taaluqli bo`lmagan ishlarga jalb etilganliklarini ko`rdik, bugun o`qituvchi bunday ishlardan batamom ozod qilindi bu kata ish, Asosiy e’tibor bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o`qituvchilar ortiqcha qog`ozbozlik, hisobotlar to`ldirishdan ozod bo`libdi, hozir eshitsam o`qituvchilar kunlik dars ishlanma (konspekt), yuklamalar, tahlillar va boshqa hujjatlar yuritishmas ekan, zamonni qarangki xattoki jurnal ham electron ekan. Bu degani o`qituvchining o`z ustida ishlashiga vaqt bo`ladi degani, o`z ustida ishlab o`z fani bo`yicha o`quvchilarga sifatli bilim berishda qoladi ish. Albatta eng asosiy ish moddiyatda bugun ustozlarning ish haqlari ham anchagina oshdi. Televizorda prezidentimiz ham o`qituvchi oyligini ming dollar qilaman deyapti, xudo xohlasa bu kunlar ham keladi.

  • Ustoz ko`p yillik tajribangizdan kelib chiqib bugungi yosh o`qituvchilarga maslahat va tavsiyalaringiz.

  • Yosh o`qituvchilarga maslahatim. Avvalo o`z ishining fidoyisi bo`lishi kerak, avvalo o`z kasbini sevishi kerak. Shundagina u shu kasbdan Baraka topadi. Xalqning bolasiga ta’lim berayotganda 45 minut darsni aldamay, vijdonan o`tkazsin.




Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish