Aqsh dollari United States dollar iso 4217 : usd yoki us$ Davlat nomi



Download 249,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi249,87 Kb.
#774472
  1   2
Bog'liq
AQSh dollari - Vikipediya



AQSh dollari
AQSH dollari 
United States dollar
ISO 4217
:
USD yoki US$
Davlat nomi:
 
USA
 
AQSH
Simvol:
$
Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan
muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-
kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25
0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH
dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya
funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi
boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi
KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama,
Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya,
Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul
birliklari ham D. deb ataladi.
[1]


AQSh dollari — 
AQSh
milliy pul birligi.
Bundan 243 yil oldin, 
1778-yilning
aprelida dunyo valyutasiga aylangan AQSH dollarini
anglatuvchi $ belgisi oʻylab topilgan
[2]
.
Uning kelib chiqishi boʻyicha oʻnlab taxminlar mavjud. Ular orasida kamroq ommalashgan, biroq
eng haqiqatga yaqin boʻlgani asli irland millatiga mansub yangi orleanlik biznesmen Oliver Pollok
tomonidan birinchi marta pesoni ifodalash uchun ishlatgan $ belgisi hisoblanadi. Oʻsha davrda
ispan pul birligi hisoblangan pesoning koʻplik shakli qisqartmasi (ispancha pesos) «Ps» yoki
«Pˢ» shaklida pul birligini ifodalashda qoʻllanib kelingan. Keyinroq katta «P» harfi ustiga kichik
«s» harfi bostirib yozilgan. Oliver Pollok esa 1778-yil 1-aprel kuni kongressmen Robert
Morrisga yozgan xatida bir miqdorni avval «Ps» belgisi bilan, keyin esa zamonaviy $ bilan yozdi.
Bu birinchi marta ushbu belgi yozilgan xujjat sifatida tarixda qoldi. Keyinchalik rasmiy hujjatlarda
Morris uni qoʻllay boshladi
[2]
.
Dollar so’zi o’rta asrlardagi dastlab 
1519
yilda 
Germaniyada
paydo bo’lgan tanga nomi

Taller
”dan kelib chiqqan. 
1873
yilda taller 
Germaniyada
butunlay muomaladan chiqib ketdi.
Uning o’rniga marka kirib keldi. Biroq uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O’sha paytlarda Angliya
va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo’lgan ispan tangalari muomalada bo’lgan.
Bu tangalarni ko’p joylarda adashgan holda “dalar” deb atashar edi. Bizga mashhur bo’lgan dollar
nomi ham uning dunyoga mashhur belgisi dollar ham o’sha paytda paydo bo’lgan. Uzun inglizcha
ibora “piese of Eight”, ya’ni 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga
tanish bo’lgan dollar belgisi paydo bo'lgan.
1879-yilda 
AQSh
hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech
ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan dollar nomini tanlashdi. O’sha paytda mashhur
shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” - degan edi. 1792-
yilda muomalada bo’lgan 
AQSh
 pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6033 gr yoki 24,057 gr
sof kumushdan tarkib topgan edi. 80 yillardan so’ng, ya’ni 1876-yilda mazkur oltin tangalar
davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan so’ng uning tarkibidagi sof oltin miqdori
1,50463 gr qilib belgilandi. Bu miqdor 
AQShda
yana 30 yil, 1929-33 yillardagi jaxon iktisodiy
krizisigacha amalda bo’ldi. Shu alfozda qabul qilingan “oltin zahirasi” haqidagi hujjatga binoan,
tilla miqdori 0,88867 gr.ga, ya’ni 41 foizga tushirildi.
$ belgisining kelib chiqishi
Tarix


Shu paytda Troya unsiyasining narxi 35 dollar edi. II-jahon urushidan keyin 
AQSh
dunyodagi
hukmronligini mustahkamlanishi bilan dollarning dunyodagi o’rni ham asta-sekin bilinib bordi.
Marshal shartnomasiga asosan, vayrona holga kelgan Yevropaga 
AQSh
 
investitsiyasi
bilan
birgalikda dollarning yirik oqimi ham kirib kela boshladi. Urush tufayli achinarli axvolga tushib
qolgan Yevropada dollarning keng iste’molga kirishi qiyin kechmadi. Shu paytda Yevropaning
markaziy banklarida dollarni istalgan Yevropa davlati pul birligiga yoki kelishilgan miqdordagi
oltinga almashtirib olish mumkin edi. Biroq XX asrning 60-yillari o’rtalariga kelib, dollarning kadri
tushib keta boshladi. 
Inflyatsiyaning
o’sishi va 
AQSh
savdo balansidagi tanqislik navbatdagi
dollar 
deval’vatsiyasini
 keltirib chiqardi. 1971-yilning oxirida oltinning bir unsiyasi 38 dollarga
chiqdi. Dollarning tarkibidagi oltin miqdori esa umuman to’xtatildi. 1973-yillar yana 10 foizga
deval’vatsiya
 qilindi. 1974-yilning fevraliga kelib, oltinning bir unsiyasi dunyoning yirik birjalarida
150 dollarga ko’tarildi. Hozirgi kunda bu ko’rsatkich 260 dollarni tashkil etadi. 100 yil mobaynida
dollar 10 barobar arzonlashdi. Ammo oltin standartidan voz kechilgan paytda dollar yer yuzining
ko’pchilik aholisini ishonchini qozongan edi. Ko’plab davlatlarning norasmiy pullariga aylanib qoldi.
Oxirgi yillarda esa Janubiy Amerika davlatlarining ko’pchiligida dollar asosiy pul o’rnida
qo’llanilmoqda.
AQShdan
boshqa yana 26 davlat pul birligi dollar nomi bilan yuritiladi. Zamonaviy “dollarchi”
davlatlarning katta qismini Britaniya imperiyasidan mustaqil bo’lgandan so’ng qabul qilishgan.
1857-yilda 
Kanada
Britaniya koloniyasidan 
domin’oniga
aylangan vaqtdan boshlab, bu davlatning
rasmiy pul birligiga aylandi. Shuning uchun ham hozirgi paytda zamonaviy Kanada banknotlarida
ham Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni portreti aks etgan. Oxirgi muomalaga kiritilgan
dollarlardan biri - bu Singapur dollaridir. 1967-yilda keng muomalaga kiritilgan ushbu banknotlar
qushlar, kemalar, gullar va boshqa narsalar bilan bezatilgan. Bu pul dunyo pullari ichida ham eng
chiroyli bo’lishiga da’vogarlik qiladi. Lekin zamonaviy 
AQSh
dollarlari esa hamon XX asr boshidagi
tasvirini o’zgartirganicha yo’q. Old qismi 
kulrang
, orqasi 
yashil
. Barcha banknotlar bir xil
o’lchamda (157x67 mm). XX asr oxiriga kelib, pul qalbakilashtirish avjiga chiqqan paytda
dollarning sodda ko’rinishi davr talabiga javob berolmay qoldi. Yaqin-yaqingacha pulni
qalbakilashtirish juda oson edi. 1996-yilda chiqqan dollarning yangi nusxasi firibgarlar uchun
jiddiy sinov bo’ldi.
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. 
„Барчанинг кўзини қувнатадиган белги. Доллар белгиси — $ ҳақида бешта банд“ (https://bug
un.uz/2021/04/05/barchaning-kozini-quvnatadigan-belgi-dollar-belgisi-haqida-beshta-band)
.
Bugun.uz. Qaraldi: 5-Aprel 2021-yil.
Manbalar



Download 249,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish