Bioinjeneriya va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti 191-Tuproqshunoslik ta'lim yònalishi talabasi Egamberganova Sevinchoyning tuproq muhiti ishqoriyligi nordonligi mavzusida tayyorlagan taqdimoti 2021-2022 Reja: I.Kirish II.Asosiy qism I bob. I.1 Tuproq muhiti II bob. ll.1 tuproq ishqoriyligi III bob. III. 1 tuproq nordonligi III. 2 ishqoriy elementlar III.Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Tuproqqa singdirilgan kationlar tuproq xossalari bilan birga unda o’sadigan o’simliklarning o’sish va rivojlanish fazalariga, hamda hosildorligiga tasir ko’rsatadi. O’simlik bilan singdirilgan kationlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy ishlar ko’p bo’lib, buni boshlab bergan olim K.K.Gedroyts hisoblanadi. Gedroyts (1935) vegetatsion tajribalar yordamida alohida olingan kationlarni o’simlik xossalariga tasirini o’rgandi. Gedroyts o’z tajribalarida qora tuproqlardan foydalandi va uni navbatma-navbat alohida-alohida kationlar (Ca, Sr, Mg, Al, H, Fe, Cd) bilan to’yintirib maxsus idishlarga suli ekib tajribani davom ettirdi. Tajriba natijalaridan quyidagilar kelib chiqdi: 1. Qora tuproq to’la (butunlay) Ca bilan to’yintirgan variantda suli bevosita qora tuproqni o’ziga ekilganga nisbatan yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Tuproqqa singdirilgan kationlar tuproq xossalari bilan birga unda o’sadigan o’simliklarning o’sish va rivojlanish fazalariga, hamda hosildorligiga tasir ko’rsatadi. O’simlik bilan singdirilgan kationlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy ishlar ko’p bo’lib, buni boshlab bergan olim K.K.Gedroyts hisoblanadi. Gedroyts (1935) vegetatsion tajribalar yordamida alohida olingan kationlarni o’simlik xossalariga tasirini o’rgandi. Gedroyts o’z tajribalarida qora tuproqlardan foydalandi va uni navbatma-navbat alohida-alohida kationlar (Ca, Sr, Mg, Al, H, Fe, Cd) bilan to’yintirib maxsus idishlarga suli ekib tajribani davom ettirdi. Tajriba natijalaridan quyidagilar kelib chiqdi: 1. Qora tuproq to’la (butunlay) Ca bilan to’yintirgan variantda suli bevosita qora tuproqni o’ziga ekilganga nisbatan yaxshi o’sadi va rivojlanadi. -
- Tuproq muhiti Tuproqdagi muhit, yani tuproq reaksiyasi tuproq eritmasidagi H+ va OH- ionlarining miqdori va nisbati bilan bog’liq bo’lib, pH odatda H+ ionlarning faolligini salbiy logarifmi bilan o’lchanadi. Tuproq eritmasida erigan moddalarning tarkibiga hamda tuproqning qattiq qismi bilan o’zaro tasiriga bog’liq ravishda eritmada H+ va OH- miqdorlari, nisbati, yani pH o’zgaradi. Tuproq eritmasi neytral (pH=7), nordon (pH7) bo’ladi. Bundan tashqari, oraliqdagi pH lar ham bo’ladi, yani kuchsiz nordon, kuchsiz ishqoriy va boshqalar. Tuproq reaksiyasi qator omillarni birgalikdagi tasiriga bog’liq bo’ladi.Bu omillarga, tuproq qattiq qismining kimyoviy va minerologik tarkibi, erkin tuzlarning tuproqdagi miqdori va sifati, organik moddalarning miqdori va sifati, tuproq havosining tarkibi, tuproq namligi, tuproqdagi organizmlar faoliyati va boshqalar kiradi. Tuproq muhitini boshqaradigan muhim omillardan biri undagi tuzlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |