Universiteti Kompyuter arxitekturasi



Download 338,43 Kb.
bet1/4
Sana28.06.2022
Hajmi338,43 Kb.
#716347
  1   2   3   4
Bog'liq
Ahmadjon


Muhammad Al-Xorazmiy nomdagi Toshkent Axborot-Texnologiyalari universiteti


Kompyuter arxitekturasi fanidan
Oraliq nazorat ish


Guruh: 042-19 Bajardi: Umarov B. Tekshirdi: Karimov A.

Bilet №10


1 Umumiy, taqsimlangan va aralash xotirali arxitekturalar. 2 Apparat darajasida parallelikni ta'minlash usullari.
3 Kompyuter arxitekturasining apparatli va dasturiy modellari.


Javoblar:

  1. Umumiy, taqsimlangan va aralash xotirali arxitekturalar.

Kompyuterning saqlash qurilmalari kamida ikkita darajaga bo’linadi: asosiy (bosh, tezkor, fizik) va ikkilamchi (tashqi) xotira.
Asosiy xotira o’zida har biri o’zining unikal manzili (tartib nomeri) ga ega bo’lgan bir baytli yaycheykalarning (kataklarning) tartiblangan massivini ifodalaydi. Protsessor komandani asosiy xotiradan oladi, dekodlaydi va uni bajaradi. Komandani bajarish uchun asosiy xotiraning bir nechta yaycheykalariga murojaat qilishi mumkin. Odatda asosiy xotira

yarimo’tkazgich texnologiyalaridan foydalanib ishlab chiqariladi va quvvat o’chirilganda ma’lumotlari yuqotiladi.
Ikkilamchi xotirani (asosan disklar) baytlar ketma-ketligidan tashkil topgan bir o’lchovli chiziqli adreslar maydoni deb qarash mumkin. Asosiy xotiradan farqli ravishda, u elektr energiyasiga bog’liq emas, hajmi ancha katta va asosiy xotiraning kengaytmasi sifatida ishlatiladi.
Segment – bu ma’lum bir maqsadga mo’ljallangan xotira sohasi, uning ichida chiziqli adreslash qo’llab-quvvatlanadi. Segmentlar protseduralardan, massivlardan, stek yoki skalyar kattaliklardan tashkil topadi, lekin odatda aralash turdagi ma’lumotlardan tashkil topmaydi.
Xotira segmentlari dastur kodlari fragmentlarini (matn muharriri, trigonometrik kutubxonalar va boshqalar) umumlashtirish jarayonlari zarurligi bilan bog’liq holda paydo bo’ldi, ularsiz har bir jarayon o’z manzil maydonida ma’lumotlarni takroriy saqlashi kerak edi. Tizim bir nechta jarayonlarning xotirasida aks ettiradigan ma’lumotlarni saqlaydigan xotiraning ushbu alohida sohalari segmentlar deb ataladi. Shu tariqa xotira chiziqli bo’lishni to’xtatdi va ikki o’lchovli bo’ldi. Adres ikkita komponentdan iborat: segment nomeri, segment ichida siljish. Bundan tashqari, jarayonning turli komponentlarini (dastur kodi, ma’lumotlar, stek va boshqalar) turli segmentlarda joylashtirish qulay bo’ldi. Yo’l-yo’lakay ma’lum bir segment bilan ishlash xususiyatini unga atributlarni berib boshqarish mumkin, masalan, segmentda saqlanayotgan
Asosiy xotira – kompyuterning dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladi.
Hozirgi kompyuterlarning xotirasi 8-bitli, ya’ni bir baytli yacheykalardan iborat bo‘lib, xotiraga ana shu baytlarning adreslari orqali murojaat qilinadi.
Baytlarni guruhlarga birlashtirilib so‘zlar (rus tilida – слово) hosil qilinadi. 1, 2, 4 va 8 baytli, ya’ni 8, 16, 32 va 64-bitli yoki razryadli so‘z uzunliklariga ega kompyuterlar mavjud.
Ma’ruzada kompyuter xotirasining so‘z uzunliklarini, protsessorlar ichki registrlarining uzunliklarini ifodalashda va boshqa holatlarda razryad iborasi qo‘llanilgan.

Ushbu asosiy xotirada yacheykalar adreslarining qiymati 0000 dan FFFF gacha o‘zgarishi mumkin.


Asosiy xotiraning umumiy xajmi 64 Kbayt (FFFF – 16 bit, 216=65536 bayt).
Hozirda bunday hajmli xotiralar – o‘rnatiladigan kompyuterlarda, ya’ni kontrollerlarda ishlatilmoqda.
Odatda asosiy xotira adreslari 16-lik sanoq sistemasida ifodalanadi.


  1. Download 338,43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish