Umumiy psixologiya” fanidan Mavzu: “Real va ideal menning fanda yoritilishi” mavzusida kurs ishi bajardi



Download 180 Kb.
bet1/7
Sana14.07.2022
Hajmi180 Kb.
#795028
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suvonova Nilufar. kurs ishi 5


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI

Umumiy psixologiya” fanidan


Mavzu: “Real va ideal menning fanda yoritilishi”
mavzusida
KURS ISHI


Bajardi: PS 206-guruh talabasi
Suvonova Nilufar Komil qizi .


Ilmiy rahbar: Psixologiya kafedrasi
mudiri Phd.dots. M.M. Bafayev


TOSHKENT-2022
Mundarija:
Kirish …………………………………………………………………..….…….3
I BOB. Psixologik adabiyotlarda shaxs muammosining o‘rganilishi.
1.1 Shaxsni o‘rganish nazariyalari………………………….……….……..….….6
1.2. Shaxsning “Men” obrazi.……………...……………..……….…..………....10
II BOB. Mavzuning emperik o‘rganilishi………………………...…..
2.1.Shaxs bo‘lib shakllanishida “Men” obrazi va o‘zini-o‘zi baholash jarayonlari ….………......................................................................……………..19
2.2. “Men” va uning ijtimoiy psixologik mohiyati…...……………………...…..30
Xulosa ……………………………………………………………...………….34
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………….36


Kirish
Mavzuni dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim masalalaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk o‘z Vatanining tarixi buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
“Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariy tarixida tutgan o‘rni, mavqeyi va shuhrati bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetuk shaxs, barkamol avlod bo‘lib yetishishiga bog’liq. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqat zamonaviy asosda talim-tarbiya olgan, jaxonning manaman degan mamalakatlaridagi tengdoshlari bilan har qanday sohada bellasha oladigan jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir,”- Birinchi Prizidentimiz Islom Karimovning mana shu so‘zlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarning barkamol avlod, komil inson qilib tarbiyalashda shaxs sifatida tog’ri shakllanishiga e’tiborni qaratish mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Inson, odam juda ko`plab fanlarning o`rganish ob`ekti bo`lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o`rganadi. O`z ob`ektini belgilash va ta`riflash uchun turli tushunchalar qo`llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo`luvchi ongli faoliyat sub`ekti sifatida o`rganadi. Psixologiya fanida odamni ta`riflashda ko`plab tushunchalar qo`llaniladi. Shu jumladan “shaxs”, “individ”, "individuallik" tushunchalari ham qo`llaniladi.
“Individ” tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tugilgan chakalokni ham, katta eshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, akli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi kabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashaetgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sosial fazilat kashf etadi, shaxs bo`lib etishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma`lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o`zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o`zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo`lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o`zlashtiradi, o`zi uchun o`zgartiradi - bu jarayon davomida o`zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning o`zi hayot uchun yo`l tanlashida, bu yo`lni egallashida, hayotda o`z mavkei va urnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta`sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta`sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta`sir qiladilar. Masalan bir xil baho turli o`quvchilarga
Ko`rsatib o`tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo`nalishlarning tarkibida rivojlangan yoki ularning asosi bo`lgan:
Freydizmning psixoanalitik kontseptsiyasi, neofreydizm (yangi freydizm) va postfreydizm, bixevorizm va neobixevorizm, gumanistik psixologiya, interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, ekliktik nazariyalar va h.k.
Shaxs haqidagi an`anaviy nazariyalar orasida Freydizim nazariyasi alohida o`ringa ega. Z.Freyd turli xil kasalliklarni (asosan nevroz bilan bog`liq bo`lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari kasalning hayotida oldin ruy bergan va uning psixika (ruxiyati)ga yoki rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatgan voqealar degan xulosaga keldi. Bu ta`sirlar ko`pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning xulq-atvorlariga ta`sir qilishda davom etadilar, ba`zida xulq-atvorda buzilishga olib keladilar. Z.Freyd turli xil psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong osti (ong oldi) va ong.
Ongsizlik - instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida, ayniqsa, jamiyat tomonidan ta`kiklanganligi sababli anglanmaydigan bo`lib qolgan jinsiy mayllar (libido) alohida o`rin tutadi. Ong oldi - uning mazmunini kishi kiynalmay anglaydi. Ong - ijtimoiy meyorlar, man kilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.
Instinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tug`ma ejtiyojlar sifatida qaraladi. Arxetiplar (kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko`rish, afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi. K.YUng kishilarning psixik yo`nalganligi asosida ularni ikki guruhga bo`ladi: introvertlar va estrovertlar.
Introvertlar - xulq-atvor sabablarini o`zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, tortinchok, o`z harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil, boshqalarga ko`p qo`shilishga intilmaydilar. ektrovertlar- tashqi olamga yo`nalgan. Ular impul’siv, tashabbuskor, dilkash, guruhga va jamoaga tez moslashuvchan.

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish