Umumiy psixologiya” fanidan Mavzu: “Real va ideal menning fanda yoritilishi” mavzusida kurs ishi bajardi



Download 180 Kb.
bet4/7
Sana14.07.2022
Hajmi180 Kb.
#795028
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suvonova Nilufar. kurs ishi 5

l. Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo‘llam ing mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi, uning o ‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o ‘zgartirish imkoniga ham egadir.

2.Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Jjtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.

3.Individuallik - har qanday insonning betakror, o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individualiik shaxsning intellektual, em osional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi, Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega: Yo‘nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 5.Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 6.Jndividual tipologikxususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.

1.2. Shaxsning «Men»obrazi


Shaxs psixologiyada, garchi uning shakllanishiga jinsi, temperamenti, irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatsa-da, ijtimoiy fenomen sifatida qaraladi. Ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqot olib boradigan mutaxassislarning aksariyati o‘z tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida G.Olport, S.Meddi, Uilyam Jeyms kabi psixologlarning nazariyalariga tayanadi. Ulardan biri U.Jeymsning shaxs nazariyasida shaxs «Men»i haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay olgan, desak bo‘ladi. U. Jeyms shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib ko‘rsatdi: empirik «Men»va haqiqiy «Men». Empirik «Men»inson nimaniki «o‘zimniki» deb atay olgan barcha narsalar yig’indisidir. Uning ichiga:
• Material «Men»— o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va shaxsan uning o‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluvchi «Men»bo‘lsa;
• Ijtimoiy «Men»— shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak, shaxsning atrofida qancha alohida ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lsa, uning uchun shuncha ijtimoiy «Men»i mavjud bo‘ladi;
• Psixik «Men»— individning ijtimoiy muhitda uning kimligini namoyon qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlarining yig’indisi hisoblanadi;
• Haqiqiy yoki axloqiy «Men»— shaxsning o‘zini anglashi, o‘z-o‘ziga baho berishi doirasidan iboratdir. Zamonaviy psixologiyada bunday «Men»ni shaxsning markaziy bo‘g’ini sifatida qaraladi va «Men»konsepsiya (bu ilmiy atama fanga amerikalik psixolog K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi orqali ifodalanadi [2].
U.Jeymsning tasvirlashicha, shaxsning ijtimoiy «Men»i ijtimoiy psixologik nazariyalar orasida uzoq vaqtdan beri va ko‘p o‘rganilgan mavzudir. Sotsiolog olimlardan biri Charlz Kuli «Shaxs oynasi» tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs atrofidagi odamlarning unga nisbatan berayotgan bahosi va fikriga aynan oynaga qaraganday qaraydi, degan flkrni asoslagan. Uning fikricha, har qanday shaxs o‘ziga nisbatan atrofdagilarning berayotgan bahosi va flkrini qabul qilar ekan, o‘zini oynaga solgandek bo‘ladi. Bu fikrni keyinchalik Jorj Gerbert Mid va Garri Stek Sallivanlar ham rivojlantirgan [3].
J.G.Midning fikricha, shaxsning o‘zini anglashi uning ijtimoiy munosabatlarining hosilasi bo‘lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi tomondan, go‘yoki obyektga qaragandek qarashni o‘rganadi [4]. Shuni alohida qayd etish kerakki, bunda atrofdagi butun bir ijtimoiy guruh yoki jamoa a’zolarining fikri — jamoaviy ustanovka sifatida rol o‘ynaydi. Aynan shu holat tufayli biz o‘zimizni boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday ko‘rishga o‘rganamiz, o‘zimizga boshqalar ko‘zi bilan qarashga o‘rganamiz. Lekin o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri nima uchundir bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan savol barchani qiziqtiradi. Bu savolga javob aynan jamoa a’zolarining barchasi ham biz haqimizda bir xilda fikr yuritmasligi va bizga bir xilda baho beravermasliklari bilan bog’liqdir. Bundan tashqari atrofdagilarning flkrini inobatga olishimizda qanday omillar rol o‘ynaydi, degan savol ham muhimdir. Dastlabki omil sifatida fikrlarni qabul qiluvchining yoshi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolalar uchun ota-onasi, o‘qituvchisining fikri muhimdir. Katta yoshdagilar uchun esa oila a’zolaridan biri, do‘sti, hamkasbi kabilar ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs bolishi mumkin. Bu borada jins xususiyati ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Amerikalik Jon Xoelter, amerikalik o‘smir — o‘quvchilar bilan tadqiqot o‘tkazib, shuni aniqlaganki, o‘smir qizlar o‘zining o‘g’il bola tengdoshlarining fikrlarini ko‘proq inobatga olar ekan, o‘smir o‘g’il bolalar esa o‘z ota-onalarining fikrlarini ko‘proq inobatga olishi aniqlangan (Hoelter J., 1984). Shaxs «Men»i va o‘zini anglashida boshqalarning ta’siri katta, lekin buning o‘ziga xos muammoli jihati ham mavjuddir.
Karl Yungning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi mavjud va u Persona deb ataladi. Ana shu Persona shaxsning haqiqiy «Men»i va Yolg’on «Men»i o‘rtasida muammolarni keltirib chiqaradi. K. Yungning fikricha, Persona, o‘ziga xos niqobga ega boiib, shaxs jamoatchilik bilan munosabatlarda o‘zinining haqiqiy «Men»inini yashirish maqsadida shu niqobni taqib oladi. Buning natijasida shaxs o‘zining asl basharasini har doim ham va barcha ijtimoiy guruhlar oldida ham namoyon etavermaydi, natijada uning aslida qandayligini atrofidagilar bila olmaydi. K. Yungning taxmin qilishicha, Persona — bu jamiyat va shaxs o‘rtasidagi hamkorlikdir. Uning maqsadi — shaxsning haqiqiy «Men»ini yashirgan holda boshqalarda yaxshi taassurot uyg’otishdan iboratdir. Ko‘pincha shaxs o‘zining asl holati bilan Personani chalkashtirib yuboradi. Bunday holda «Men»ham Persona bilan aralashib ketadi, shaxs esa ijtimoiy muhit oldida rol o‘ynovchi yolg’onchi mavjudodga aylanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs o‘zini o‘z niqobidagi holati bilan chalkashtirib yuboradi. K.G.Yung bunday holat individning o‘z-o‘zini anglashiga xavf solishini ko‘rsatib beradi.
Dastlab K.Yung, undan keyin esa uning izdoshi Ester Xarding shaxsning atrofidagilar uning niqobdagi holatiga qarab bergan bahosini qabul qilishi natijasida o‘z «Men»ining haqiqiy mohiyatini to‘liq anglay olmasligi bilan bog’liq vaziyatlarni ham keltirib o‘tishgan. Bunday holatda shaxsning «Men»— konsepsiyasi va Personasi bir-biriga mos tushadi. Bunday bolishi shaxs uchun har doim ham istalgan holat bolavermaydi. Shu bois bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxs faqat atrofidagilarning fikri va bahosiga suyanibgina qolmasdan, o‘zi ham o‘zini tahlil qilish, o‘z kamchiliklarini tan olish orqali o‘zini anglashga va o‘zining haqiqiy «Men»ini, «Men»konsepsiyasini rivojlantirishga harakat qilishi lozim.
Shaxs «Men»ining tuzilishiga doir turli xil yondashuvlar mavjud boiib, ular orasida eng ko‘p tarqalgani, o‘z ichiga «Men»ning uch tarkibini qamrab oladi: kognitiv (o‘zi haqida bilimlar), emotsional (o‘z-o‘ziga baho) va xulqiy (o‘ziga munosabat). Shaxsning o‘z-o‘zini anglashining tuzilishi haqida boshqa bir yondashuv V.V. Stolinga tegishli bo‘lib, u o‘z-o‘zini anglashni tadqiq etishda eng asosiysi shaxsning oddiy tavsiflari majmuasida emas, balki ma’lum yaxlitlikda o‘zini tushunishi, o‘z identivligini aniqlashida aks etadi, degan fikrni ilgari suradi. Ijtimoiy psixologiyada ko‘proq aynan shu yaxlitlikdagi ma’lum strukturaviy elementlar haqida gapirish mumkin. 0’z-o‘zini anglashning boshqa xususiyati shundan iboratki, uning ijtimoiylashuv jarayonida rivojlanishi — bu nazorat etiladigan, faoliyat va muloqot diapazonining kengayishi sharoitida ijtimoiy tajribani muntazam egallash orqali aniqlashtirilib boriladigan jarayondir.
0’z-o‘zini anglash shaxsdagi chuqur, intim tavsiflariga mansub. Uning rivojlanishi faoliyatdan tashqarida amalga oshmaydi: faqat faoliyat jarayonidagina shaxs o‘zi haqidagi tasavvurlar bilan atrofdagilarning u haqidagi tasavvurlarini taqqoslab boradi, kerak bo‘lsa, «korreksiyalaydi». Shaxsning o‘z-o‘zini anglash sohasi — bu «Men»obrazining yil sayin o‘zgarib borish jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida shaxs dastlab o‘zining boshqalardan farqliligini anglash bilan birga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so‘ng shaxsda o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
«Men” siymosi — ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men»siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men»siymolar bo‘lishini qayd etishadi. 0’spirinlik davriga xos bo‘lgan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o‘spirinning «Men»siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.
L.S.Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash bu — insonning o‘zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo‘lib, o‘zining jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuzaga keladi. Ushbu sifatlariga o‘z-o‘zining beradigan bahosida tashqi omillar, munosabatlar ham ta’sir etishi mumkin. 0’z-o‘zini anglash ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini ta’kidlash bu muammoning aynan ijtimoiy psixologik mohiyatga ega ekanligini anglashga yordam beradi. «Men»obrazi ma’lum vaziyatlarga qarab farqlanishi mumkin (masaian, individning o‘zini his qilishi, kayfiyati ham bunga ta’sir ko‘rsatadi), inson o‘zining muayyan fazilatlarini sezishi 0’z-o‘zini anglash natijasida yuzaga keladi [5].
R. Bernsning «Men»konsepsiyasi R. Berns «Men»konsepsiyasining differensiyalashgan tizimini taklif qiladi. Unga ko‘ra «Men»konsepsiyasining asosini o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkalari tizimi tashkil etadi. «Men»konsepsiyasi strukturasining asosiy komponentini quyidagi ustanovkalar tashkil qiladi: kognitiv; emotsional; xulq-atvor. R.Berns «Men»konsepsiyasining ierarxik (ketma-ketlik bilan bir-biriga teng bo‘ysundirish usuli) tizimi ko‘rinishida «Men»konsepsiyasi cho‘qqisiga erishib, o‘z-o‘zini anglashdagi imkoniyatlar chegarasini ochib berdi. R.Berns «Men»konsepsiyasi elementlarini quyidagicha tasniflagan: [6]
a) «Men»— anglovchi;
b) «Men»— obyekt.
U «Men»konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan ustanovkalarining yigindisi deb tushuntiradi. U buni ikki komponentga boladi, bu komponentlar o‘zaro bog’liq boiib, quyidagicha izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki o‘zini qabul qilish — «Men — anglovchi» — «Men»obrazi bilan bogliq boiib, bu esa o‘z navbatida «Men obyekt» bilan bogliq boladi. R. Berns o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkasini 3 ga boladi: — real (haqiqiy) «Men»ustanovkasi — bu individning o‘z aktual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishi; — oynadagi «Men»ustanovkasi; — kelajakdagi «Men»ustanovkasi. R.Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog’onada «Men»konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. Bular: ijtimoiy men; ma’naviy men; jismoniy men. R.Berns nazariyasida jismoniy men aspekti boshqa elementlarga nisbatan zaifroq ochib berilgan.
“Men” obrazining jinsiy identifikatsiya shakllanishi. Ilk bolalik davrida bola (3-4 yosh) o‘zining ma’lum bir jinsga munosabati bo‘lganligini tushunadi va atrofdagi odamlarning jinsini bemalol ajrata oladi. Garchi bolalar o‘zining shaxsiy jinsni tashqi belgilari orqali – kiyim, soch uzunligi bilan umumlashtiradi. Biroq o‘zining jinsiy identifikatsiyalashida bolada shu yoshda murakkablik yaratadi. Bola o‘zining maskulin-feminin ko‘rsatkichlarini baholashi bolalar orasida jinsiy rollari noaniqligi tufayli qiyinchiliklar bo‘ladi. Bu muammoni yechishida u savolga javob qidiradi: “Sen kim bo‘lishni istarding? Senga kim bo‘lishi ma’qul? Qiz bolami yo, o‘g’il bolami?deb savol berish va “Axloq eksperementlar” orqali, qachon bola erkak va ayol obrazlari va rollaridan birini tanlashi kerak.
O‘g’il va qiz bolalar o‘rtasidagi munosabatlar bolalar bog’chasida o‘ziga xos xususiyatga ega. Bolalar bog’chasi bola uchun faqatgina tashqi olamni bilish, dunyoni hissiy baholash emas, balki o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatini beradigan joydir. Ayniqsa o‘g’il bolalar bilan qiz bolalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos tarzda amalga oshadi. Bog’chada bolalar jamoasi shakllanadi. Kattalar bolaga o‘g’il bola va qiz bola qanday bo‘lishi kerakligi haqida tushuntiradilar. Masalan, o‘g’il bola yig’lasa “yig’lama, sen erkak bo‘lishing kerak”, “qiz bolamisan”deb, qizlarga esa “daraxtga chiqma, sen qiz bolasan” kabi iboralar bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollar xulq - atvorlariga qarab ham o‘zlarini qanday tutishni o‘rganadilar. O‘yin faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlarni namoyon qiladilar. Demak, bu davrdagi bolalarda muloqotning shakllanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muloqotni rivojlantirish tarbiyachilarning mahoratiga bog’liq, ya’ni mashg’ulotlarning to‘g’ri tashkil qilinishi muhimdir.
Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir.Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so‘z o‘zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so‘z ishlatadi.
Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so‘zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo‘li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo‘ladi va shu asosda lug’at va so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilishni o‘rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘pchilik psixologlar tug’ilgandan voyaga yetgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo‘lining o‘rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o‘z-o‘ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og’zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo‘la boshlaydi.
Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) yuzaga kela boshlaydi.
Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to‘planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat so‘z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so‘zning o‘zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola ma’lum bir sababga ko‘ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo‘lsa, unda yo‘qotilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo‘lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o‘zlashtirilishi ancha samarali kechadi.
Jinsiy o‘z-o‘zini aniqlasho‘zini qaysi jinsga tegishli ekanligini anglash. Ushbu nazariy qarashlar L.A.Koxlberg keltirgan quyidagi misol orqali yaxshi tushuntirib o‘tilgan. Masalan, jinsiy tipizatsiya nazaryasi nuqtayi nazardan bola “Men rag’bat xoxlayman”, “Men o‘g’il bola harakatlarini bajarganimda meni tan olishardi. Shuning uchun “Men o‘g’il bola bo‘lishni xoxlayman”. O‘zini kategoriyazatsiyalash nazaryasiga muvofiq. “Men o‘g’il bolaman shuning uchun men “erkak” harakatlarini qilishim kerak (Kon.I.S 1981).
Demak, bolalik davri boshida bolaning birlamchi jinsiy idenfikatsiyalashi paydo bo‘ladi. Kiyim va boshqa tashqi belgilari o‘zgarishi bilan jinsi o‘zgarmaganligi haqida bola tushunadi. Biroq ilk bolalik davridagi bolalar o‘z diqqatini jinsiy ayirmalarga kam yo‘naltiradi, qachon ular xal qiladi, kim “o‘g’il bola” yoki kim “qiz bola” (xususan bu bolalarning rasimlariga xos). Maktabgacha yosh davridagi 4 – yoshdan katta bolalar nafaqat atrofdagilar jinsini to‘g’ri ajrata oladi va jinsiga qarab odamlarga turlicha talablar ham qo‘yilishini bilishadi. Bu bolalarning o‘z kelajagi haqidagi tasavvurlaridan o‘rin olgan shaxsiy senariylarida aks etadi.
Kattalarnig ko‘pchiligi bolalarning faolligini chegaralaydilar va bu bilan o‘z nuqtayi nazariga binoan bolaning xafsiligini ta’minlashadi, shuningdek, tartib-intizom va muvofiqlik tushunchalarini birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Agarda bola ularning talablariga qarshilik ko‘rsatsa, ixtiloflar vujudga keladi va ular, E.Eriksonning fikricha bolada o‘ziga o‘z kuchiga ishonchsizlik, o‘z mustaqilligiga ishonmaslik tuyg’ularining paydo bo‘lishiga olib keladi. Mustaqillik va o‘ziga ishonmaslik alternativasi bolalik pallasini hal qiluvchi muammosi hisoblanadi. Ushbu krizis qanday xal bo‘lishi shaxsning keyingi taraqqiyotida aks etadi.
Ushbu pallaning shaxsning shakllanishidagi ahamiyatini tasvirlar ekan, R.Berne ushbu yoshda bola atrofidagilarning qo‘llab-quvvatlashiga va ruhiyatini ko‘tarishga ayniqsa juda muxtoj bo‘lishiga alohida e’tibor qaratadi. Unda paydo bo‘layotgan mustaqillik tuyg’usi shunchalik rag’batlantirilishi kerakki, kattalarning ma’n qilishi bilan bog’liq ixtiloflar bolaning ortiqcha uyatchanlik va o‘z kuchida shubhalanishiga olib kelmasligi kerak. Bolada o‘zining boshqarishning rivojlanishi unda ijobiy o‘z-o‘zini baholashining shakllanishiga ziyon keltirmasligi kerak.
4 yoshdan boshlab bolada u qanday inson bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar paydo bo‘la boshlaydi. Bolaning asosiy harakat kuchi shu yoshda energiya va intilish bilan olamni o‘rganish faoliyati, va uni bosh harakat qilayotgan kuchi esa qiziquvchanlik bo‘ladi. Bola endi erkinlik bilan harakat qiladi va yetarli darajada nutqi rivojlanib savol beradi va qabul qilgan javoblarni idrok qiladi.
Ota-ona bolaning o‘rganish faoliyatini chegaralamasligi o‘ta muhimdir, eng xaflisi, E.Eriksonga ko‘ra, bolada o‘zining qiziquvchanlik va faollik uchun ayibdorlik his-tuyg’ulari paydo bo‘lishi mumkin. Keyinchalik bu bolada tashabbuskorlik hissini yo‘qolishi chiqarishi mumkin. O‘z navbatida, R.Berne bolalarda ijobiy o‘z-o‘zini baholashni shakllantirishga harakat qilayotgan ota-onalarga bolaning faolligiga o‘z munosabatini shunday bildirishni maslahat beradi; unda o‘z-o‘ziga nisbatan kamsitilganlik munosabati va o‘zini jazolash hissi paydo bo‘lmasligi zarur.



Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish