Ukraina Ukraina (ukr. Україна) — Yevropaning jan sharqida joylashgan davlat. Mayd. 596,06 ming km². Aholisi 45 553 ming kishi (2013. 01. 15). Poytaxti — Kiyev sh



Download 1,75 Mb.
Sana21.01.2020
Hajmi1,75 Mb.
#36121
Bog'liq
Ukraina

Ukraina

  • Ukraina (ukr. Україна) — Yevropaning jan.sharqida joylashgan davlat. Mayd. 596,06 ming km². Aholisi 45 553 ming. kishi (2013.01.15). Poytaxti — Kiyev sh. Ma`muriy jihatdan 23 viloyat — Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donetsk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, IvanoFrankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelnitskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev sh.lariga bo`linadi.

Davlat tuzumi

  • U. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996 y. 28 iyunda qabul qilingan. Davlat boshlig`i — prezident (2005 y. yanvardan Viktor Yushchenko), u to`g`ri va yashirin ovoz berish yo`li bilan 5 y. muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Rada (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Tabiati

  • U. hududining aksar qismi Sharqiy Yevropa tekisligining jan.
  • g`arbiy qismiga mansub bo`lib, tekislik va o`rqirlardan iborat. Jan. da Qrim tog`lari (bal. 1545 m gacha) va G`arbda Ukraina Karpat tog`lari (bal. 206 m gacha) bor. U. hududi g`arbdan sharqqa 1300 km, shim.dan jan.ga 900 km ga cho`zilgan. Qora dengiz sohillari, asosan, pasttekislik; qo`ltiq va limanlar bor. Azov dengizi sohillari esa yassi, kum tillari mavjud.

Aholisi

  • Asosiy aholisi — ukrainlar (78% ga yaqin); rus, belorus, moldavan, qrim tatarlari, bolgar, venger, rumin, polyak, yahudiy, gagauz, o`zbek (12,5 ming) va b. (hammasi 130 millat va elat vakillari) ham yashaydi. Shahar aholisi 68,9%. 1 km kv ga - 77 odam to'g'ri keladi. Aholining aksariyati xristian (pravoslav va katolik), shuningdek, yahudiylik, islom va b. dinlarga e`tiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kiyev, Xarkov, Odessa, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Donetsk, Lvov.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

  • 2000 y. boshlarida U.da 100 dan ortiq siyosiy partiya, 1,5 ming jamoat tashkiloti bo`lgan. Eng ommaviy va nufuzli siyosiy birlashma va partiyalari: U. Xalq Pyx (U. Xalq Harakati) harakati (1989), Kommunistik partiya, Sotsialistik partiya (1991), Umumukrain birlashmasi — "Batkivshchina" ("Vatan", 1999), Sotsialdemokratik partiya (birlashgan, 1995), Regionlar partiyasi (2001), Ko`katparvarlar partiyasi (1990). U. kasaba uyushmalari federatsiyasi (1990) va bir qancha mustaqil tarmoq kasaba uyushmalari ham mavjud.

Sanoati

  • Ogir industriyada i.ch. sanoatining ulushi juda katta. Jumladan, konchilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, og`ir mashinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, shuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. O`rmon, yog`ochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari i.ch., avtomobilsozlik salmoqli o`rni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, U.ning "Zenit" eltuvchi raketasi yordamida xalqaro "Dengiz starti" loyihasining amalga oshirilishi ta`minlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr st-yalari, shuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremenchug , Kaxovka GESlari) energetikaning asosini tashkil etadi. 1986 y. Chernobil AESda falokat yuz berishi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000 y.dagi xalqaro kelishuvga binoan yopib qo`yilishi natijasida U.da elektr energiya hosil qilish birmuncha kamayib, 2003 y.da 179,5 mlrd. kVtsoatga tushib qoldi.

Iqtisodiyoti

  • U. iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim o`ringa ega: toshko`mir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qo`ng`ir ko`mir (Dnepr havzasi), gaz va neft (Karpatoldi, Qora dengiz shelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerch havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toshtuz (Donetsk havzasi) va b. foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida ishlovchi qora metallurgiya korxonalari cho`yan, po`lat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, mashinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi bo`lmish Novokramatorsk mashinasozlik z-di domna va marten pechlari uchun uskunalar, shaxtalar uchun mashinalar, yuk ko`tarish mexanizmlari, temirchilik press uskunalari, ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Radioelektronika sanoati, shu jumladan, televizor va EHMlar i.ch. rivojlangan.

Iqtisodiyoti

  • U.da teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremenchug , Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagich (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremenchug) z-dlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, bo`yoq, sintetik smola, plastmassa, sun`iy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, q.x. va ro`zg`orda ishlatiladigan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, spirt, yog`, go`sht, un, mevasabzavot konservalari ishlab chikaruvchi ko`pgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi jan. viloyatlarda va Zakarpatyeda vinochilik, dengiz bo`yi shaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat to`qimachilik (ip gazlama, movut, shoyi va zig`ir tolali gazlama i.ch.), tikuvchilik, ko`npoyabzal, chinni z-d va f-kalarini o`z ichiga oladi.

Qishloq xo`jaligi

  • Qishloq xo`jaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. U.ning q.x.ga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bug`doy, makkajo`xori, sholi, arpa, tariq, grechixa va b. yetishtiriladi. Bog`dorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zig`ir, qo`noq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. O`rmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli o`simliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, cho`chqa, qo`y va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, Karpat tog`lari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shug`ullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi.

Transport

  • Transportning hamma turlari rivojlangan. T.y. uzunligi 22,6 ming km, avtomobil yo`llari uzunligi 172,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: Odessa, Ilichyovsk, Xerson, Izmail, Mariupol, Kerch. Dnepr, Desna, Pripyat, Dnestr, Dunay daryolarida kema qatnaydi. Ilichyovsk — Varna (Bolgariya) yo`nalishida dengiz paromi mavjud. Neft va gaz kuvurlari qurilgan. Kiyev yaqinidagi Borispol sh.da xalqaro aeroport bor. Turizm rivojlangan. U. chetga mashinauskuna, kora va rangli metallar, temir va marganets rudalari, oziq-ovqat (shu jumladan, qandshakar), yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan energiya manbalari, asbobuskuna, iste`mol mollari oladi. Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Turkmaniston, Avstriya, Polsha, Belorussiya, Vengriya, Turkiya, Qozog`iston, O`zbekiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — grivna.
  • HukumatSemi-Prezidentlik Davlat •
  •  Prezident Petro Poroshenko • 
  • Bosh Vazir Arseniy Yatsenyuk
  • Mustaqillik  Sovet Ittifog`idan 
  • • Sana 24 avgust 1991

O`zbekiston — Ukraina munosabatlari

  • U. — O`zbekiston aloqalari qad. an`analarga ega. 20-a. boshlarida hozirgi O`zbekiston hududiga ukrain dehqonlari ko`chib kelganlar. 20—30-y.larda keng iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalar yo`lga qo`yildi. 2-jahon urushi yillarida U.ning nemisfashistlari bosib olgan hudud aholisi O`zbekistonga evakuatsiya qilindi. U.ning bir qancha sanoat korxonalari, tashkilot va muassasalari O`zbekistonga ko`chirildi. Bu yerga kelgan ko`pgina fan va madaniyat arboblari madaniy hayotda faol qatnashdilar. M. Bajan, M. Tereshchenko va b. ukrain adiblari O`zbekistonda ijod qildilar. Urushdan keyingi davrlarda ukrain va o`zbek adabiy aloqalari yanada rivojlandi. P. Tichina, A. Korneychuk, M. Bajan, M. Tereshchenko, Ivan Le va Oybek, G`afur G`ulom, Uyg`un, K. Yashin, A. Qahhor, Sh. Rashidov, Zulfiyalarning ijodiy do`stligi mustahkamlandi. T. Shevchenko, L. Ukrainka, P. Tichina, M. Bajan, Ivan Le, O. Gonchar, M. Rilskiy, A. Malishko asarlari o`zbek tiliga, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, G`. G`ulom, H. Olimjon, Shayxzoda, Uyg`un, Zulfiya, Mirtemir asarlari ukrain tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Toshkent sh.da T. Shevchenko haykali o`rnatilgan va shahardagi ko`chalardan biri uning nomi bilan atalgan.

Diplomatiya munosabatlari

  • 1991 y. U. va O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat o`rtasida 1992 y. 14 avg .da diplomatiya munosabatlari o`rnatildi. 1998 y. 18 fevral da O`zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o`rtasida Do`stlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to`g`risidagi shartnoma imzolangach, O`zR bilan U. ishonchli strategik hamkor bo`lib qoldi. O`zR va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining o`zaro tashriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik o`rnatish haqida kelishib olindi.

O`zbekiston paxta tolasi

  • Ko`p tomonlama hamkorlik bo`yicha tuzilgan O`zbekiston — U. qo`shma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlashtirib turibdi. Vakolatli banklar o`rtasida o`zaro hisobkitob va to`lovlar borasida aloqa o`rnatilgan. Ayni paytda O`zbekiston bilan U. o`rtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida O`zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 y. O`zR bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. U. O`zR ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uchun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yanchish mashinalari, elektr generatorlar, vagonlar uchun g`ildiraklar va b. yuboradi, O`zRdan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Ilichyovsk porti orqali 325 ming t O`zbekiston paxta tolasi xorijga jo`natildi.

Qo`shma korxona

  • UzRda U. ishbilarmonlari ishtirokida tuzilgan 40 qo`shma korxona faoliyat yuritmokda. U.da esa O`zR sarmoyasi ishtirokida 22 qo`shma korxona tashkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qashqadaryo va Summ viloyatlari o`rtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik to`grisida bitimlar imzolangan.
  • Ukrain va o`zbek xalqlari o`rtasidagi an`anaviy do`stlik munosabatlari ruhida madaniyat, fan va ta`lim sohalaridagi aloqalar samarali davom etib kelmokda. U. hududida yashovchi o`zbek va O`zR hududida yashovchi ukrain diasporalarining ehtiyojlarini ta`minlash ishlari yo`lga qo`yilgan.
  • WWW.Google.uz
  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Ukraina

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish