Sheraliyev Akmal Xusen o’g’li 972-21
Slavyanlar — kelib chiqishi bir va tillari oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhi. Uning tarkibiga; sharqiy S. (ruslar ukrainlar, beloruslar); gʻarbiy S. (polyaklar, chexlar, slovaklar, lujichanlar); janubiy S. (bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, makedonlar, bosniyaliklar, chernogoriyaliklar) kiradi. Umumiy soni 293,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari), shu jumladan, RFda 125,5 mln. kishi. Slavyan tillarida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, katoliklar, bir qismi protestantlar. S. haqida qad. maʼlumotlarga koʻra, ular mil, 1—2-asrlarda venedlar nomi bilan maʼlum boʻlgan. 6-asr oʻrtalarida Prokopiy, Iordan va boshqalarning asarlarida uchraydi. 7-asrning 2-yarmida S. arab muallifi Abu Malik alAxtalning asarlarida tilga olingan. S.ning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oilasiga mansub tillarda soʻzlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, dregovich, vyatich va boshqa qabilalardan iborat. Mil. 2—4-asrlarda german qabilalari (gotlar, gepidlar)niig jan.ga siljishi oqibatida S. yashagan hudud 2 qismga boʻlinib ketgan. Bu voqea S.ni sharkiy va gʻarbiy guruhlarga boʻlinishida katta rol oʻynagan. 5-asr oxirida gunnlarning kuchsizlanishi oqibatida S. jan. ga siljiy boshlagan. Ular Dunay daryosi, Qora dengizning gʻarbiy sohillari, Vizantiyaning Bolqon ya.o.dagi viloyatlariga kirib borgan. Shu tariqa S.ning jan. guruhi vujudga kelgan. Jan. Sda ilk davlat — Birinchi bulgʻor podsholigi, gʻarbiy Sda Samo davlati, keyinchalik Buyuk Moraviya saltanati tashkil topgan. 10-asrda Odra va Visla oʻrtasida Polsha, 9—10-asrning 1-yarmida markazi Kiyev sh. boʻlgan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan. Davlatlarning paydo bulishi slavyan xalqlarining shakllanishiga imkon bergan.
Slavyan xalqlarining uz milliy davlatidan mahrum boʻlishi (jan. va gʻarbiy S.ning katta qismi Avstriya, keyinroq Avstriya-Vengriya va Usmonli turk imperiyasiga qoʻshib olingan), milliy taraqqiyotidagi qiyinchiliklar, ogʻir iqtisodiy ahvol 19-asrning oxiri — 20-asrning boshida ularning Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanadaga koʻchishiga sabab boʻlgan. Jan. va gʻarbiy S. oʻrtasidagi milliy harakat, RossiyaTurkiya urushi, Birinchi Bolqon urushi (1912)dagi Avstriya-Vengriyaning magʻlubiyati natijasida S.ning etnik hududlari qaytadan birlashtirshgan.
S. dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |