Turli makromolekulalarni membranalar bilan ta'sir qilinishi Reja



Download 0,87 Mb.
bet1/4
Sana06.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#532413
  1   2   3   4
Bog'liq
Turli makromolekulalarni membranalar bilan ta\'sir qilinishi


Turli makromolekulalarni membranalar bilan ta'sir qilinishi


Reja:

  1. Asosiy ta’rif va tasniflari

  2. Sopolimerlarda ham monomerlarning joylashishi tartibli yoki tartibsiz bo‘lishi

  3. Polimer molekulasining o‘zgarishlari va modifikatsiyasi


Polimer deb ko‘plab atom guruhlar yoki quyi molekulyar birikmalarning (monomer yoki elementar) takroranuvchi zvenolarni zanjirsimon chiziqli va to‘rsimon shakllarda reaksion birikib, hosil qilgan turli konfiguratsiya, konformatsiya va yuqori massali ulkan makromolekulaga aytiladi. Bunday yuqori molekulyar birikmalar tabiiy sharoitlarda va kimyoviy reaksiyalar asosida hosil bo‘ladi va ular mos ravishda tabiiy va sintetik polimerlar deb yuritiladi.
Polimerlarda “poli” - ko‘p va “mer” - qism degan ma’noni anglatadi va “poli” old qo‘shimchasi monomer nomi oldiga quyiladi, masalan, monomer etilen asosida sintez qilingan polimer polietilen deyiladi. Polimer so‘zi kimyoviy sintez qilingan yuqori molekulyar birikmalarga nisbatan qo‘llanishi o‘tgan asrning 30- yillarida Shtaunger tomonidan tavsiya etilgan. Tabiiy polimerlarni aksariyatini nomlanishi nisbatan oldinroq boshlangan bo‘lib, ular turli tabiatshunoslar tomonidan kiritilgan. Masalan, sellyuloza, fibroin, keratin, kollagen, pektin va h.k.
Shuni ta’kidlash lozimki, polimer makromolekulasida takrorlanadigan zvenolar to‘liqligicha zanjir tarkibiga kirsa monomer (“mono” – bir) deyiladi va aksincha, zvenolar birikishida qo‘shimcha turli elementlar yoki quyi molekulyar birikmalar ajralib chiqsa takrorlanadigan zvenolar monomer emas, balki elementar zveno deb yuritiladi. Monomerlardan farqli elementar zvenolar murakkab tuzilishli, tarkibli va o‘lchamli quyi molekulyar birikmalar bo‘lib, odatda ular tabiiy polimerlar, jumladan, polisaxaridlar va oqsillarning molekulalari tashkil etadi. Umumiy hollarda elementar zvenolar deyilganda monomer zvenolar ham nazarda tutiladi va aksincha.
Polimerdagi monomer (elementar) zvenolar soni n bilan belgilanadi va polimerlanish darajasi (PD) deyiladi. Aynan sintetik polimer polietilen uchun quyidagi monomer asosidagi formula o‘rinli bo‘ladi
[–CH2 – CH2 –]n
shuningdek, tabiiy polimerlar tipik vakili polisaxarid sellyuloza uchun

Odatda monomer zveno nisbiy molekulyar massasi (Mo) deb belgilanadi va n ga bo‘yicha polimerning nisbiy molekulyar massasi (M), ya’ni M = nMo topiladi. Bunda n ning miqdori bir necha donadan 10000 va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Demak, n ga, ya’ni polimerlanish darajasiga bog‘liq holda polimerning molekulyar massasi turlicha bo‘ladi va shartli ravishda quyidagi toifalarga bo‘linadi: M = 500 ÷ 10000 bo‘lsa oligomer, undan yuqori M = 10000 ÷ 50000000 bo‘lsa yuqori molekulyar birikma deyiladi. Yuqori molekulyar birikmalar ham molekulyar massalarga nisbatan quyi molekulyar massali (M = 10000 ÷ 50000), o‘rtacha molekulyar massali (M = 50000 ÷ 5000000), yuqori molekulyar massali (M = 5000000 ÷ 50000000), polimerlar ham deb yuritiladi. Eng yuqori molekulyar massali polimerlar sirasiga DNK molekulasi kiradi va hozirda ushbu ulkan makromolekulagina shaklini elektron mikroskopiyada ko‘rishga erishilgan.
Polimerlar molekulasida bir xil monomerlar takrorlanib kelsa, bunday birikma gomopolimer, agar har xil monomerlar bo‘lsa – sopolimer deyiladi. Shuningdek, monomerlarning birikishiga qarab makromolekula chiziqli, tarmoqlangan va to‘rsimon (fazoviy) tuzilishlarga ega bo‘ladi. Bunday makromolekulyar tuzilishlarni vujudga kelishi monomerlar xiliga, kimyoviy yoki tabiiy sintezni amalga oshirish mexanizmlariga bog‘liq.
Chiziqli polimerlar (yoki sopolimerlar) odatda uzun zanjirsimon tuzilishda bo‘ladi. Agar monomerlarni xiliga qarab turli ranglar bilan belgilasak, unda chiziqli polimer (a) va sopolimer (b) ning molekulyar ko‘rishini quyidagicha tassavvur qilish mumkin:
a b

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish