Tarmoqsimon polimerlar (a) yoki sopolimerlar (b) ham uzun zanjirsimon tuzilishga ega bo‘lib, ularning makromolekulasi asosiy (yoki bosh) zanjir va bir qator turli o‘lchamlarga ega yon zanjirlar iborat bo‘ladi.
a b
Bunday makromolekulalarning asosiy yoki yon zanjirlari qattiq (yoki egiluvchan) bo‘lishi, shuningdek, gidrofilligi bilan farqlanishi mumkin.
To‘rsimon yoki fazoviy makromolekula deb monomerlar (elementar zvenolar) uzun zanjirlar bo‘lib bir biri bilan uch o‘lchamli to‘rsimon shaklda birikkan polimer (a) yoki sopolimerga (b) aytiladi. Bunday sopolimerlarda ham monomerlar (elementar zvenolar) turlicha bo‘ladi.
a b
To‘rsimon makromolekulalar, odatda, yuqori elastiklikka ega bo‘ladi, ular hajmiga quyi molekulyar birikmalar diffuzion tarzda kirishi, erituvchilarda cheklangan miqdorda bo‘kishi va gel-struktura hosil qilishi mumkin, ammo eritmaydi. Bunday tuzulishli makromolekulalarning tipik vakillari kauchuk, jun keratini, teri kollageni kabi yuqori molekulyar birikmalardir.
Agar polimerda elementar zvenolar (monomerlar) monoton tarzda takrorlanib kelsa, zanjir bo‘ylab zvenolar “uzoq tartibi” hosil bo‘ladi va polimer regulyar deyiladi. Bunday tartib saqlanmagan polimer noregulyar deb yuritiladi. Noregulyarlikka turli xil sabablar olib keladi. Masalan polimerlanish jarayonida zvenolarni ( ) birikish tartibiga bog‘liq tarzda regulyar (a) va norgeulyar (b) zanjirlar hosil bo‘lishi mumkin:
a b
Sopolimerlarda ham monomerlarning joylashishi tartibli yoki tartibsiz bo‘lishi mumkin. Mos ravishda bunday makromolekulalar statistik regulyar yoki noregulyar sopolimerlar deyiladi.
Chiziqli sopolimerda har bir tipdagi monomerlar molekulyar zanjirning ma’lum uzunligida takrorlanib kelsa, bu qismlar bloklar va makromolekula esa blok-sopolimer deyiladi.
Bloklar uzunligi va qattiqligi (egiluvchanligi) hamda boshqa fizik ko‘rsatgichlari bilan farqlanishi mumkin. Bu holat makromolekulaga turlicha xossalarni namoyon qilishga imkon beradi. Aynan shu tipdagi makromolekulalarga suyuq kristall holati xosdir.
Tarmoqlangan sopolimerda asosiy zanjir bir tipdagi ( ) monomerlardan va yon zanjirlar boshqa ( ) tipdagi monomerlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday birikma payvandli sopolimer deyiladi.
Asosiy zanjirdagi monomer zvenolarda atomlar ketma-ketligiga qarab polimer gomozanjirli yoki geterozanjirli deb ataladi.
Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan, uglerod, oltingugurt, fosfor kabilardan tuzilgan bo‘lsa, bunday birikma gomozanjirli polimer deyiladi. Asosiy zanjirda faqat uglerod atomi takrorlansa, polimer karbozanjirli deb yuritiladi.
Agar asosiy zanjirda monomerlar (elementar zvenolar) ketma-ketligi shakllanishi turli xil atomlar asosida shakllangan bo‘lsa, polimer (sopolimer) geterozanjirli deyiladi, masalan:
Atomlarning makromolekulyar birikmalar hosil qilish qobiliyati ularning D.I. Mendeleev davriy tizimida joylashgan tartibiga ham bog‘liq. Birinchi guruh elementlari va bir valentli elementlar (jumladan, vodorod) polimer hosil qilmaydi, chunki zanjirli bo‘lib birikish uchun elementlar kamida ikki valentli bo‘lishi kerak. Davriy tizimning boshqa elementlari zanjirli birikmalar hosil qila oladi, ammo, ularning barqarorligi atomlar o‘rtasidagi bog‘lar mustahkamligiga bog‘liqdir.
Polimerlar elementar tarkibiga qarab organik, elementorganik va noorganik kabi tiplarga bo‘linadi. Ular ichida nisbatan keng miqyosda o‘rganilgani va ishlab chiqariladigani organik polimerlar hisoblanadi. Organik polimer molekulasi tarkibiga uglerod atomidan tashqari, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, galogenlar atomlari kiradi. Elementorganik polimerlar zanjirlari asosan uglerod va geteroatomlar tuzilgan bo‘ladi va hamda tarkibiga azot, kislorod, oltingugurt atomlari kirmaydi. Noorganik polimerlar zanjirlarida uglerod atomi bo‘lmaydi.
Polimer molekulasining o‘zgarishlari va modifikatsiyasi
Polimer molekulasining tuzilishini maqsadli o‘zgartirilib yangi tipdagi va muhim xossali yuqori molekulyar birikmalar olinishi jiddiy ahamiyotga egadir. Bunday o‘zgarish reaksiyalari o‘z-o‘zidan borishi, fizik faktorlar, masalan, issiqlik, yorug‘lik, radiatsiya, havodagi kislorod, mexanik kuchlanish, shuningdek, ekspluatatsiya sharoitlari ta’sirlari ostida amalga oshirilishi mumkin. Polimerlar molekulyar o‘zgarish reaksiyasining uchta asosiy turi mavjuddir:
- polimerlanish darajasi saqlanadigan polimeranalogik va ichki molekulyar o‘zgarishlar;
- polimerlanish darajasi oshishiga olib keladigan tikilish, payvandlash va blok-sopolimerlanish;
- polimerlanish darajasi kamayishiga olib keladigan parchalanish - destruksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |