Turklarning Kichik Osiyoga kelib o‘rnashishi masalasi. Turk hoqonligi Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasi davrida



Download 67,68 Kb.
bet1/9
Sana11.06.2022
Hajmi67,68 Kb.
#654221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MAVZU Qadimgi turklar


2-Mavzu. QADIMGI TURKLAR (mil. avv. I ming yillik – XI asr)


REJA:

  1. Turklarning Kichik Osiyoga kelib o‘rnashishi masalasi.

  2. Turk hoqonligi

  3. Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasi davrida

  4. Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyo uchun kurashi

  5. Vizantiya imperiyasining parchalanishi

  6. Tasviriy san’at, me’morchilik va madaniy aloqalar

  7. V asr oxiri - XI asr o‘rtalarida Kichik Osiyo



Turklarning Kichik Osiyoga kelib o‘rnashishi masalasi.
Nomadizm1ning paydo bo‘lishi – qadimgi davr iqtisodiy tarixida yangi davr hisoblanadi. Ko‘chmanchi yer egaligidan o‘troq qabilalarning ajralishi - mehnat taqsimoti sohasida ro‘y bergan dastlabki o‘ziga xos yirik ijtimoiy bo‘linish edi. Natijada, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ayirboshlash jadal rivojlana boshlagan.
Nomadlar va o‘troq aholi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har doim ham tinchlik bilan kechavermagan. Ko‘chmanchi chorvadorlik sarflangan mehnat birligiga nisbatan o‘ta mahsuldor, biroq foydalanayotgan maydonga nisbatan kam hosildor bo‘lib, kengaytirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishda yangi yerlarni o‘zlashtirishni, hududni yanada kengaytirishni talab qilgan. Bepoyon yaylovlar hisobiga bu masalani hal qilish uchun ko‘chmanchilar o‘troq aholi yerlariga tez-tez tajovuz qilib turgan. Bu esa ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan.
Ko‘chmanchilar asta-sekin o‘troq aholiga nisbatan bosqinchilik, talonchilik urushlarini ham amalga oshirib borgan. Nomad atalmish bu qabilalarda ichki ijtimoiy dinamikasi nuqtai nazaridan o‘zining elitasi, boy dohiylari, urug‘lar zodagonlari yetishib borgan. Urug‘chilikning ana shu yuqori qatlami qabilalarning yirik ittifoqlarini boshqarish barobarida ko‘chmanchi a’yonlarga aylangan, yanada boyib, oddiy ko‘chmanchilar ustidan o‘z mavqelarini mustahkamlab borgan. Tadrijan shakllanib borgan shu hokimiyat oddiy ko‘chmanchilarni bosqinchilik va talonchilik urushlariga jalb etgan. Ular o‘troq aholi yashaydigan yurtlarga bostirib kirib, o‘z hukmron tabaqalari foydasiga o‘lpon to‘lash tartibini joriy qilgan, shu tariqa butun-butun davlatlarni o‘z hukmdorlari ta’siriga bo‘ysundirgan. Natijada, ko‘chmanchilarning ulkan davlatlari paydo bo‘la boshlagan. Biroq bu davlatlar ko‘p hollarda uzoq yashamagan. Chingizxonning maslahatchilaridan biri Yelyuy-Chusay aytganidek: “Otda o‘tirib koinotni bosib olish mumkin, ammo o‘troq holda uni boshqarib bo‘lmaydi”.
Yevroosiyoga dastlabki ko‘chmanchilar 10 ming yil avval borib o‘rnashgan. Turkiyaning janubi-g‘arbida joylashgan shahar tipidagi Chatal-Guyuk aholi manzili taxminan 10 ming yildan ham ko‘proq tarixga ega. Bu shahar neolit davriga xos matriarxat madaniy taraqqiyotining yuksak namunasidir. Aynan shu shahar hech qanday jamoat joylariga ega bo‘lmasada, dunyoda eng qadimgi shahar, yirik inson manzilgohi hisoblanadi. Shu davrga xos bo‘lgan “Xojilar” tarixiy obidasi ham shundan dalolat. Mazkur namunalar insoniyat tamaddunining timsolidir. Ular qanchalik qadim bo‘lmasin - u yoki bu qavm yoki qabilaga mansubligi noma’lum. Ma’lum narsa shu-ki, bugungi kunda qayd etilgan tarixiy obidalarga o‘xshash minglab yodgorliklar Turkiya hududida yaratilgan, turklarning mulki sanaladi.
Keyingi ming yillar davomida turklar urug‘, qabila, xalq sifatida shakllanishning uzoq tarixiy yo‘lini bosib o‘tgan. Ular katta qismining ko‘chmanchilikka xos hayot shaklini, turmush madaniyatini kuzatish mumkin. Ularning asosiy kuchi yengil vaznli, tezkor, manyovr qilish imkoniyati qulay bo‘lgan g‘ildirakli harbiy aravalar hisoblangan. Bu aravalar ayniqsa, miloddan avvalgi III ming yillik oxiridan miloddan avvalgi II ming yillikkacha bo‘lgan davrda xettlarda, hind-oriy xalqlarida2, yunonlarda, misrliklarda keng qo‘llanilgan.
Miloddan avvalgi I asrdan boshlab ko‘chmanchilarning yagona harbiy mashg‘ulot turi otliqlar bo‘lgan. Nomadlar yoshlikdan boshlab chavandozlik san’atini egallagan. Uzoq muddat davomida otda yurishga o‘rgangan, qurol ishlatishni puxta egallagan. Otlarda jang olib borish qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan xalq bo‘lgan. Ham urug‘chilik, ham feodal jamiyati davrlarida o‘troq aholi sinfiy munosabatlari nomadlarga nisbatan kam rivojlangan. Bu esa patriarxal va urug‘chilik aloqalarining uzoq muddat saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu aloqalar tazyiq o‘tkazishning kelishmovchilik, talonchilik, bosqinchilik, o‘lpon yig‘ish kabi og‘ir shakllari sifatida ko‘chmanchilar jamiyatida emas, asosan o‘troq aholi jamiyatida sodir etilgan. Mazkur omillar qabilalarni mustahkam harbiy intizomga o‘rgatgan, qabila qo‘shinining harbiy sifatlarini oshirgan, ularni chiniqtirgan.
Yevropa tarixida 375-yil alohida o‘ringa ega. Shu yili ko‘p sonli xunnlar3ning Markaziy Osiyodan bu hududga yopirilib kirishi - G‘arbga qarab Buyuk Ko‘chishga o‘ziga xos turtki bergan. Bu jarayon Rim imperiyasida hukm surgan quldorlik tuzumining yemirilishiga olib kelgan. Aynan shu jarayon tufayli Yevropada yangi, ilk feodal jamiyatlari paydo bo‘la boshlagan. Ko‘hna qit’a o‘rta asrchilik bosqichiga kirgan. Bu Buyuk Ko‘chishning muhim ahamiyati shundaki, Yevropa qit’asida yangi siyosiy va etnik xarita shakllangan. Sharqiy Yevropa cho‘llariga xunnlar bilan birga bolgarlar, xazarlar, savirlar va boshqa turkiy tilli qabilalar ko‘chib kelgan. Bu bilan Buyuk Ko‘chish davri Shimolda O‘rta Volga qirg‘oqlarigacha uzangan ulkan hudud tub joy aholisining keyingi taqdirida alohida ahamiyat kasb etgan. Ko‘p sonli xunn qabilalari ittifoqidan faqat VI-VII asrlarda Turk hoqonligi tarkibida bo‘lgan bolgarlar, savirlar va barsillar chiqib, O‘rta Volga bo‘yi rayonining cho‘l-o‘rmon hududlariga ko‘chib ketgan. Ular u yerlarda mahalliy fin-ugorlar bilan chatishib, yangi Volga Bolgariyasi davlati tarkibidagi bolgar xalqi shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
V asrda xunnlar Attila (Atilla) rahbarligida Italiya, Ispaniya, Fransiya chegarlariga borib, qudratli Rim imperiyasini tor-mor qilishda ishtirok etgan. 453-yilda Attila vafotidan keyin Xunnlar davlati qulagan. Bu davlat tarkibiga kirgan xalqlar asosan turk tilli bo‘lgan. Sharqdan G‘arbga qarab yurish davomida yo‘l-yo‘lakay bosib olingan xalqlar - bolgarlar va suvarlar ham bor edi. Ular tatar xalqining uzoq ajdodlari hisoblangan. Bu xalqlarning ayrimlari beixtiyor xunnlarga qo‘shilib ketgan. Qolganlari o‘z joylarini tashlab, nisbatan tinch hisoblangan shimoliy hududlarga ko‘chib ketgan.
Osiyodagi ko‘chmanchilik harakati hind-evropa (asosan, fors), arab, turk va mo‘g‘ul tillarining yoyilishi bilan ham bog‘liq. O‘troqlashuv va mahalliy aholi bilan aralashib ketish - odatda til orqali ro‘y bergan. Ayni paytda bu jarayonga xo‘jalik va moddiy madaniyat xususiyatlari ham ta’sir etgan. Bunday tarixiy qonuniyat nafaqat Osiyoda, balki Afrikada (Shimoliy Afrika – Mag‘ribning arablashib ketishi), Yevropada (O‘rta Dunay – Pannoniyaning vengerlashuvi) ham kuzatilgan.
Bunga o‘xshash jarayon Saljuqiylar va Usmoniylar hukmronligi davrida turklarning ommaviy ko‘chib o‘tishi munosabati bilan Anado‘luda, qisman Bolqonlarda ham sodir bo‘lgan.
Turkiy qabilalar tili – turk tiliga, turklar umumiy nomi – turk millati nomiga asos qilib olingan. “Turklar” etnonimi dastlab 542-yilda xitoy manbalarida uchraydi. Ayrim olimlar tomonidan “turk” va “turkiy” atamalari o‘rtasida farq borligi aytiladi. Ularning fikricha, turk – bu, turklar, turkiylar – turk tilida gaplashadigan barcha xalqlar. Masalan, ozarbayjon, o‘zbek, qozoq, turkman, tatar, yoqut, qirg‘iz, balqar va boshqalar.

Download 67,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish