Turklarning Kichik Osiyoga kelib o‘rnashishi masalasi. Turk hoqonligi Kichik Osiyo Vizantiya imperiyasi davrida


Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyo uchun kurashi



Download 67,68 Kb.
bet4/9
Sana11.06.2022
Hajmi67,68 Kb.
#654221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MAVZU Qadimgi turklar

Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyo uchun kurashi.
330-518 - yillarda Dunay va Reyn daryolari chegaralari orqali G‘arbiy Rim imperiyasiga aksariyatini german qabilalari tashkil etgan ko‘p sonli varvarlar7 bostirib kirgan. Sharqda ham bundan kam bo‘lmagan tashqi tajovuzlar bo‘lib turgan. 378-yildagi Adrianopol jangida vestgotlar8 g‘alabaga erishgan, Rim imperatori Valent II9 o‘ldirilgan, qirol Alarix I10 butun Gresiyani talon-taroj qilgan. Keyinchalik Alarix I Italiya, Ispaniya va Galliyaga qarab yurib, o‘zining qirolligini tashkil etgan. Shu tariqa Vizantiya ularning xavfidan xalos bo‘lgan. 441-yilda ularning o‘rniga xunnlar keladi. Ularning dohiysi Attila11 bir necha bor urush qilgan. Biroq bosib olingan xalqlar o‘lpon to‘lash hisobiga qutulib ketgan.
Vizantiyaga qarshi bosqinchilik urushlari davom etgan. Langobardlar12 Alboin rahbarligida 568-yilda Italiyaga bostirib kirib, Vizantiya tasarrufidagi mamlakatning shimoliy qismini bosib olgan va poytaxti Paviya bo‘lgan Langobard davlatiga asos solgan. 591-yilda forslar bilan bo‘lgan jangda Armaniston qo‘lga kiritilgan. VII asr boshlariga kelib Vizantiya ichki hayotidagi tartibsizliklar oqibatida forslar aralashuvi bu yerlarda yana kuchaygan. Vizantiya tarixida og‘ir davr boshlangan. Forslar Misr, Suriya va Kichik Osiyo hamda Konstantinopolga xavf sola boshlagan.
626-yilda Konstantinopol avarlar13, slavyanlar14 va ularning ittifoqchisi bo‘lgan forslar tomonidan qamal qilingan. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, avarlar va slavyanlar orasida chiqqan kelishmovchilik natijasida bosqinchilar shaharni ololmagan. Imperator Irakliy I15 forslar ustidan g‘alaba qozongan va urush harakatlarini forslar hududiga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Eron shohi Xusrav II ning o‘limi va ro‘y bergan bir qator g‘alayonlar forslarni egallagan hududlaridan voz kechishga, bitim imzolashga, o‘zlarini Vizantiyaning vassali deb tan olishga majbur qilgan. Biroq har ikki tomon bergan katta talofot arablarning bosqini uchun qulay sharoit yaratgan.
634-yilda xalifa Umar Suriyaga bostirib kiradi. 635-yilda arablar Damashqni qo‘lga kiritgan. Vizantiya va Arab xalifaligi o‘rtasida Suriyani o‘z nazoratiga olish maqsadida boshlangan hal qiluvchi jang 636-yil 20-avgustda bo‘lib o‘tgan. Ko‘p ming sonli qo‘shinga ega bo‘lishiga qaramasdan, Vizantiya qo‘shini ichidagi sarosimalik va qum jangiga moslashmaganlik Yarmuk daryosi bo‘yidagi jangda g‘alabani boy berish bilan yakunlangan, arablar g‘alaba qozongan. Irakliy Konstantinopolga chekingan.
Keyingi 40 yil davomida urushlar natijasida toliqqan Misr, Shimoliy Afrika, Suriya, Falastin, Yuqori Mesopotamiya aholisi avvall arablarni qo‘llab-quvvatlagan. Chunki, dastlab soliqlar kamaytirilganligi, diniy bag‘rikengilk siyosati olib borilganligi tufayli arablarni o‘z xaloskorlari sifatida qabul qilgan.
Arablar flot tuzgan va Konstantinopolni qamal qilgan. Biroq yangi imperator Konstantin IV Pogonat (668-685 yy) ularning hujumlarini qaytargan. Qamal ham quruqlik, ham dengiz tomondan besh yil (673-678 yy) davom etganiga qaramay, arablar Konstantinopolni bosib ololmagan. Shu tariqa arab qo‘shinlari tor-mor keltirilgan.
Vizantiya arablar bilan bo‘lgan urushlar natijasida ko‘p hududini boy bergan bo‘lishiga qaramay, inqirozdan jipslashgan holatda chiqqan. Imperiya milliy tarkibi bir millatli edi, diniy farqlilik unutilgan. VII asr oxiriga kelib, Vizantiya aholisini greklar yoki grek tilida gaplashuvchi ellinlashgan xalq tashkil etgan edi. Rasmiy til bu yerda har doim grek tili bo‘lgan. Kichik Osiyoning etnik tarkibi shu tariqa o‘zgarib borgan. Armanlardan tashqari, forslar, suriyaliklar va arablar yashaydigan aholi punktlari paydo bo‘lgan.
VIII asr boshiga kelib imperiyadagi mavjud barqarorlik yana inqirozlar bilan almashgan. Bolgarlar, arablar bilan tinimsiz urushlar boshlangan. Lev Isavr – Lev III nomi bilan Vizantiya taxtiga o‘tirib, 717-802 yillar davomida hukm surgan Isavriylar sulolasiga asos solgan. U imperiya yemirilishining oldini olgan va arablarni hal qiluvchi mag‘lubiyatga uchratgan.
Isavriylarning yarim asr hukmronlik qilgan ikki vakili 747 yilda ro‘y bergan va mamlakatni ostin-ustin qilib yuborgan o‘latni hisobga olmaganda, imperiyani qudratli va gullab-yashnagan holatga keltirgan.

Download 67,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish