Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiroki



Download 34,13 Kb.
bet1/7
Sana16.12.2022
Hajmi34,13 Kb.
#888508
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiro


Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiroki
Mundarija:
Kirish
I.Bob. Tuproqlarning unumdorlik xususiyatini o`rganib chiqish.
1.2. Tuproq unumdorligini oshirishda mikroorganizmlardan foydalanish.
1.2. Tuproq unumdorligi modeli.
II.Bob.
Tuproqning eng muhim xususiyati uning unumdorligidir. Tuproq unumdorligining turlari ularning paydo bo’lishi, sizlarga tuproqshunoslik kursidan ma‘lum. Bu yerda shuni qayd etish kerakki, har bir tuproqning paydo bo’lish jarayoni uning bevosita (genezisi) bilan bog’liq. Demak tuproq rivojlanishi va evolyutsiyasi jarayonida uning unumdorlik darajasi o’zgarib turadi. Ayniqsa uning o’zgarishi inson faoliyati ta‘sirida tezroq kechadi. Bizning vazifamiz ana shu o’zgarishlarni inson uchun zarur bo’lgan tomonga burish, tuproq unumdorligini nafaqat saqlab qolish, balki uni takroriy ishlab chiqish, ko’paytirish yo’llarini qidirib topishdir.
Birinchi tuproqshunos olimlardan V.R.Vilyams bo’lib, tuproq unumdorligining ilmiy jihatdan asoslangan formulasini yaratgan. U shunday deb yozgan edi: “Tuproq unumdorligi, uning o’simliklarini yer hayotiy omillari bilan u yoki bu darajada ta‘minlash qobiliyatidir...,” “Bir vaqtda har ikkala bir-biriga teng va almashtirib bo’lmaydigan o’simliklarning hayot omillari bilan maksimal ehtiyoj miqdoriga ta‘minlash qobiliyatidir”. Tuproqning bu xususiyati, uning yer yuzasidagi boshqa jinslardan to’laligicha ajratib, unga tabiiy mustaqil tana sifatida qarash imkonini beradi.
V.R.Vilyams ta‘rifiga ko’ra tuproq unumdorligi degan tushunchani tuproqning o’simliklarga zarur miqdordan suv va ozuqalarga bo’lgan talablarini, butun o’suv davri davomida ayni bir vaqtda va maksimal darajada qondirish qobiliyati degan ma‘noda tushunish kerak.
V.R.Vilyams bunday sharoitga asosan, strukturali tuproq javob bera oladi deb hisoblaydi va tuproq unumdorligining saqlashning yagona yo’lini o’t-dalali almashlab ekish bilan bog’laydi. Dehqonchilikni jadallashtirishni tuproqqa tushayotgan og’irlik bu g’oyaning ahamiyatini kamaytirmaydi va aksincha, oshiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi intensiv dehqonchilik rayonlarida bu holatni hisobga olmaslik tuproq unumdorligining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproq unumdorligi tushunchasiga tuproqning o’sishi va rivojlanishi ta‘minlovchi yana bir qator xususiyatlarini tuproq havosi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va shu kabilarni ham qo’shish kerak. Bu qo’shimchalar madaniy o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabini chuqur o’rganish natijasida kiritiladi. Bundan tashqari dehqonchilikda o’simliklarni tuproqqa uning unumdorligiga bo’lgan talabi yanada oshib ketadi.
Tuproq unumdorligi, uning kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari orqali namoyon bo’ladi. Shuni qayd qilish kerakki, qishloq xo’jalik o’simliklarining hosildorligi, butunlayicha tuproq unumdorligiga bog’liq emas. Ba‘zi olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, (I.S.SHatilov, T.N.Kulavokskaya va b), madaniy o’simliklar hosilining uchdan bir qismi iqlim sharoiti, agrotexnik tadbir, shuningdek yetishtirilayogan navlarning xususiyatlari va boshqalar bilan bog’liq.
Sug’orish jarayonida tuproq unumdorligi omillarining roli bir qadar oshadi. Chunki suv va ozuqa tartiblari, o’simliklarning vegetatsiya davrida ayrim bosqichlarni o’tishi kabi qator omillarni ma‘lum darajagacha boshqarish imkoniyati yaratiladi.

SHu naqtai nazardan qo’yida sug’oriladigan tuproqlar unumdorligini tashkil qiluvchilarning ba‘zi birlarini ko’rib chiqamiz.


Tuproqning organik moddalari uni tuproq hosil qiluvchi jinslardan farqlaydigan asosiy ko’rsatkichidir. Chirindi tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida katta rol o’ynaydi. Sug’oriladigan tuproqlarning chirindi tartibi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda qo’riq yerlardan farqli o’laroq organik moddalardan, organik moddalarning tuproq profilida yo’qolishi, qayta hosil bo’lishi va taqsimlanishi yuzaga keladi. Masalan, tipik bo’z tuproqlarda chirindining eng ko’p miqdori, profilning yuqori qismdagi chimli qatlamga to’g’ri kelib 2,0 - 2,5 % ni tashkil etadi va pastki qatlamlarda keskin kamayadi. Bo’z voha tuproqlarida esa, chirindi miqdori sug’orish boshlangandan keyin chirindili qatlamning pastki qatlamlari bilan ajralishi hamda organik moddalarning mineralizatsiyalanish jarayonining ortishi tufayli sezilarli darajada kamayadi. Lekin ma‘lum bir vaqtdan so’ng, oldingi vaqtdagi tipik bo’z tuproq (hozirgi davrda bo’z vohaning) yuqori qatlami o’simlik qoldiqlari miqdori oshishi va ularning mineralizatsiyalanish sur‘atining o’sishi natijasida yana ma‘lum bir chegaragacha chirindi bilan boyiydi. Bo’z voha tuproqlarida organik moddalar miqdori haydalma qatlamda (30-35 sm) 1,2-1,5 % ni tashkil etsa, u optimal chirindi miqdoridir. Shu bilan birga chirindi bilan boyigan qatlamlar qalinligi 1-1,5 m ga yetadi. Chirindining 1 m li qatlamdagi umumiy miqdori gektriga 100-180 t ga yetadi. Shu bilan birga chirindining sifat tarkibi ham o’zgaradi. Chirindining tuproq profilida taqsimlanish va miqdori sug’oriladigan tuproqlarni mustaqil tip sifatida ajratishning asosiy sabablaridan biridir.
SHuni qayd etish kerakki, tuproq unumdorligi nafaqat undagi chirindining umumiy miqdori bilan belgilanib qolmaydi, aksincha tuproqning yuqori qatlamidagi va har yili o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida yangilanib turadigan “musaffo”, “faol” chirindi bilan belgilanadi. Chuqur qatlamlardagi chirindining inertligi 1954 yilda M.A. Orlov va undan keyin qator olimlarning paxta o’simligi bilan o’tkazgan tajribalarda ko’rsatib berildi.
2. Chirindining ekologik roli juda kattadir.
Uning o’simliklar o’sish va rivojlanishiga ijobiy, fiziologik, bioximik yo’l bilan ta‘siri ilmiy ravishda asoslangan. Unumli dehqonchilik sharoitida yuqori texnikaviy og’irlik ta‘siri paytida chirindining mineral o’g’itlar o’zlashtirilishini oshirish qobiliyati bebahodir.
Tuproq chirindisining ekologik ahamiyati uning qo’riqlovchi funktsiyalarida ham aks etadi. Gryunvaldning ma‘lum tajribalarida shu narsa qayd etildiki, organik o’g’itlar solinganda, suli trips kasalligiga duchor bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda dalaning mineral o’g’itlar solingan qismida esa o’simliklarning katta qismi sezilarli darajada kasalga chalindi. Shuningdek “Tuproqshunoslik” va “Agoroximiya” institutida lizimetriya yordamida olib borilgan tajribalar tuproqda “faol”, “Musaffo” chirindi mavjud bo’lganda g’o’za vilt kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug’lar ta‘sirini kamayishini ko’rsatadi. Chirindining tuproq unumdorligi uchun qanchalik katta ahamiyati bo’lmasin, umuman chirindi hosil bo’lish jarayoni ham tuproq hosil bo’lish jarayonidek judayam sekinlik bilan ro’y beradi. Tipik bo’z tuproqlarning to’la genetik profili hosil bo’lishi uchun bir necha o’n yil, hattoki bir necha yuz yillar kerak. Shu bilan bir vaqtda tuproq ekologik jihatdan kuchsiz tuzilmalarga mansub bo’lib, uni halok qilish juda oson. Bu esa eng ko’p hollarda odamlarning “madaniy” deb hisoblangan faoliyati ta‘sirida yuz beradi. Yerlardan yuqori texnik bosimlar ayniqsa, ayrim o’simliklarning yakka hokimligidan jadal foydalanish natijasida yerlarni buzilishi qaytmas jarayon kasb etishi mumkin. Bundan ham yomoni puxta o’ylamasdan qo’llanilgan tadbirlar yerlarni 1-2 avlod hayotida hosil olish mumkin bo’lmagan yerlarga aylantiradi.
Bo’z voha tuproqlarida chirindi odatda, g’o’za, beda, va oraliq ekinlari qoldiqlarining chirishi hisobiga hosil bo’ladi. 9 dalali almashlab ekish sharoitida har gektar bug’doyzordan 100-120 ts hosil olganda tuproqda qoladigan organik qoldiqlar chirindi taqchilligini qoplashga yetarli bo’lmaydi. Bundan ham kattaroq taqchillik esa, g’o’za yakkahokimligida vujudga keladi. Bo’z voha tuproqlarida vujudga kelgan chirindi kamayib ketish hodisasi uning yaqqol misolidir. Samarqand va Toshkent vohalaridagi ayrim xo’jaliklar bo’yicha olingan ko’p yillik ma‘lumotlarni taqqoslash shuni ko’rsatadiki, 25-30 yil davomida chirindi miqdori 0,2-0,3 % ga kamayib ketgan.
O’zbekiston tuproq qoplamlarining xilma-xilligi va transformatsiyasini o’rganish, tuproqlarning fizikaviy, kimyoviy, agrokimyoviy va meliorativ-ekologik holati aniqlash hamda unumorlik darajasini baholash, turli
masshtabli tuproq monitoringini yuritish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olish, turli tuproq iqlim sharoitlariga mos holda qishloq xo’jalik ekinlariga organik
, mineral va noan’anaviy o’g’itlar qo’llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish bo’yicha amaliy ishlarni amalga oshirish lozim.Tuproq ekologik muhit sifatida katta ahamiyatga ega. Uning bioekologik xususiyatlari mikroorganizmlar va umuman organizmlar uchun ahamiyati yuqori. Tuproqda uchraydigan turli guruh hayvonlarining soni, sifati, xillari ham turlichadir. Masalan,tuproq qatlamida 100mlrd dan ortiq mikroskopik tirik organizmlarning hujayralari uc
hraydi. 1 g tuproqda yuzlab, minglab bakteriyalar
sodda hayvonlar uchraydi. Bir gektar igna bargli o’rmonlarda 1000kg, cho’l tuproqda 10 kg atrofida zoomassa bo’ladi.
Tuproq muhitda uchraydigan turli bakteriyalar va ayvonlar o’simlik uglevodlar yog’ va oqsillarini iste’mol qilsa,
zamburug’lar o’simliklarni sellyulozasini parchalaydi, yirtqichlar esa o’z o’ljalarini tirik massasi bilan oziqlanadi. Biosferada biologic moddalar almashinishi, “
mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida yuzaga keladi, ya’ni organic qoldiqlar cherish parchalanish tuproq hosil bo’lishi, moddalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishi va tuproqda energiya oqimi yuzaga kelai. Yuksak o’simlik vakillari organic moddalarni sintez qiladi va ularda quyosh eneriyasini to’playdi. O’simlikda hosil bo’lgan organikmoddalaryaproqlar shoxlar ildizlar tuproqqa
o’tadi. Tuproqdagi organik moddalar parchalanganda bakteriyalarning biosenozi almashinib turadi. Avvalo tuproqda tez va oson parchaladigan moddalar bo’lganda, asosan spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon bakteriyalar keng tarqaladi, keyinchalik ularning o’rnini spora hosil qiluvchi aerob bakteriyalar egallaydi.Tuproqqa yaxshi ishlov berilganda bekteriyalar sonining oshishi kuzatiladi. Tuproq hosil bo’lish jarayonida tirik organizmlardan bakteriyalar, zamburug’lar, infuzoriyalar, o’simliklarning ildizi va bir qator hayvonlarning roli nihoyqtda katta. Azot qishloq xo‘jaligi o‘simliklarning hosildorligini oshirishda fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, oltingugurt kabi elementlardan ham yuqori o‘rin egallaydigan asosiy element hisoblanadi. Ammo azotning molekulyar holati o‘simliklarga to‘gridan-to‘gri o‘zlashtirila olmaydi. Asosan uning minerallashgan shaklini o‘simliklar o‘zlashtiradilar xolos. Aynan tuproqda ham mineral shakli mavjud, boshqa shakllari havoga uchib ketadi. Shu sababli tuproqdagi azotning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi o‘simlik oziqlanishi uchun ahamiyatlidir. Azot toplovchi mikroorganizmlar azotofoksatirlar-atmosferadagi molekulyar azotni o‘zlashtiruvchi va uni organik birikmalarga o‘tkazuvchi mikroorganizmlar bo’lib ular dukkakli o‘simliklar bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub bakteriyalardir. Dukkakli o‘simliklar ekilgan har bir gektar maydonda yiliga 100– 250 kg va undan ortiq atm. azoti to‘planadi. Beda ildizida to‘plangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini ko‘paytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkaksiz o‘simliklar ildizida tuganaklar hosil qiluvchi aktinomitsetlar ham Azot toʻplovchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Tuproqda va suv havzalarida erkin yashovchi sporali anaerob bakteriya – klostridium, aerob sharoitda yashovchi mikroorganizmlar – azotobakter, oligonitrofillar ham azot to‘plovchi faol mikroorganizmlarga kiradi. Ko‘k-yashil suvo‘tlarning ko‘pchilik turlari (Nostoc, Anabaena va boshqalar), ayrim to‘q-qizil oltingugurt bakteriyalar va yashil bakteriyalar ham aktiv Azot toʻplovchi mikroorganizmlardir. Azot to‘plovchi ko‘k-yashil suvo‘tlarning 80 turi ma’lum bo‘lib, 45 turi O‘rta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburug‘ turlari, achitqilar, spiroxetlar va boshqa ham atm. azotini to‘plashda ishtirok etadi.



Download 34,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish