Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiroki



Download 34,13 Kb.
bet4/7
Sana16.12.2022
Hajmi34,13 Kb.
#888508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tuproqning unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning ishtiro

Fizikaviy usullarga- fizik muxanikaviy va melioratv tadbirlar qо‘llash yani yerni ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihattan qimmatli struktura yaratish, tuproqning suv- fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Qо‘riq yerlar foydalagnishga kiritilib, madaniylashtirilgandan keyin, u tabiiy unumdorlik bilan bir qatorda sun’iy unumdorlikka yega bо‘la boshlaydi. Lekin tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin sun’iy unumdorlik bilan bir qatorda, doimo tabiiy unumdorlikka yega bо‘ladi. Demak, bu har ikkala unumdolik turlari bir-biri bilan bog‘liq. Yerlar qanchalik uzuoq muddat foydalanilib, uning ma’daniy xolati yaxshilanib, yuqori agrotexnika tadbirlari sistemasi qо‘llanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham shunchalik yuqori bо‘ladi. Ma’daniy о‘simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda bular haqiqiy samarali unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari potensial samarali unumdorlik ham ajratiladi. Yо‘naltirilgan holda ma’daniy tuproqlarning yaratilish jarayonlari о‘z navbatida tuproq unumdorligining muayyan darajasi (modeli) ni yuzaga keltirish imkonini beradi. Tuproq unumdorligi modeli deganda ekinlarning ma’lum darajadagi hosilni olish uchun zarur shart sharoitlarga javob beradigan va agronomik nuqtai nazardan ahamiyatga ega bо‘lgan tuproq xossalari yig‘indisi tushiniladi.
Har bir tuproq tipi uchun unumdorlik darajasini kо‘rsatuvchi muayyan, о‘ziga xos bо‘lgan xossalar kо‘rsatkichi mavjuddir.
Shuning uchun insoniyat tomonidan qishloq xо‘jaligida tuproq va iqlim sharoitida mos rejalashtirilgan madaniy ekinlar ekiladi va yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun bir qator agrotexnik tadbirlarni amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narhini aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ham bir fermer va shirkat xо‘jaligidagi yerlarning kadastri va bonitirovkasi ishlab chiqiladi. Bunda tuproq bahosini ishlab chiqish, ichki imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va kо‘p yillar mobaynida olingan hosil e’tiborga olinadi.
Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning asosiy xalqimizning asosiy boyligi bо‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Tuproq unumdorligi - bu o‘simliklar o‘suv davrining barcha rivojlanish fazalarida uning suv va oziq moddalariga bo‘lgan talabini doimo yetarli miqdorda qondirishdir, tuproqlarning ushbu xususiyati qanchalik yaxshi bo‘lsa, u shunchalik unumdor bo‘ladi.
Tuproq unumdorligi ikki turga - tabiiy va foydali unumdorlikka bo‘linadi.
Tabiiy unumdorlik tuproq hosil bo‘lishida har xil omillarning ta’sir etish jarayonida vujudga keladi, bu tuproqlarning turli mexanikaviy va kimyoviy tarkibi hamda iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Demak har qanday tuproq tabiiy unumdorlikka ega bo‘ladi.
Tuproqning foydali unumdorligini oshirishda organik, mineral, bakterial o‘g‘itlardan va boshqa kimyoviy vositalardan foydalanish alohida o‘rin tutadi.
Dehqonchilikni kimyolashtirish deganda – qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini va hosil sifatini oshirishning muhim vositasi bo‘lgan mahalliy va mineral o‘g‘itlardan, begona o‘tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy vositalardan samarali foydalanish tushuniladi.
Fanda shu narsa aniqlanganki, qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan ekinlar hosilini 50 foizga ya’ni o‘g‘itlarni qo‘llash evaziga olinadi.
Dehqonchilikda ishlatilayotgan o‘g‘itlarning samaradorligi, uni qo‘llash hisobiga olingan qo‘shimcha hosil yoki sof daromad bilan belgilanadi. Ilmiy tekshirish institutlari va ilg‘or xo‘jaliklarning tajribalarini ko‘rsatishicha, ishlatilgan 1 s o‘g‘it hisobiga quyidagicha qo‘shimcha mahsulot olinar ekan ( s hisobida):
4 жадвал
Қишлоқ хўжалик экинларининг ҳосилдорлиги (ц/га) ва қўлланиладиган
азотли ўғит миқдори (кг/га) (2000 йил)

Давлатлар

Азотли ўғит миқдори, кг/га

Экин тури

Ҳосилдорлик, ц/га

АҚШ

57,9

Бошоқли дон экин

58,4

Картошка

427

Қанд лавлаги

531

Канада

34,1

Бошоқли дон экин

28,1

Картошка

287

Қанд лавлаги

495

Германия

156

Бошоқли дон экин

64,5

Картошка

450

Қанд лавлаги

617

Франция

126

Бошоқли дон экин

72,4

Картошка

396

Қанд лавлаги

759

Хитой

183

Бошоқли дон экин

47,9

Картошка

140

Қанд лавлаги

245

Ҳиндистон

67,4

Бошоқли дон экин

23,3

Картошка

184

Аргентина

19,2

Бошоқли дон экин

34,5

Картошка

256

Россия

12,5

Бошоқли дон экин

15,9

Картошка

114

Қанд лавлаги

187

O‘rta Osiyo sharoitida g‘o‘zaga beriladigan mineral o‘g‘itlarning miqdorlari va ularning o‘zaro nisbatlarini o‘rganish masalalari Y.I. Chumakov, QM. Semergey, I.I. Madraimov, G.I. Yarovenko, P.V. Protasov, B.P. Machigin, M.A. Belousov, I.I.Niyezaliyev, J. Sattarov, YE.I. Stolipin, Zelenin, T.S. Zokirov va F.Q Kodirxo‘jayev ishlarida bayon etilgan. Ular tomonidan aniqlanishicha, bo‘z tuproqlarda g‘o‘zaga beriladigan mineral o‘g‘itlarning optimal miqdorlari, eskidan paxta yetishtirilib kelingan yerlarda azot bo‘yicha gektariga 120-180 kg, fosfor 60-90 kg bo‘lib, azotning fosforga bo‘lgan nisbati 1:0,5 o‘tloq tuproqlarda 1:0,7-1:0,8 hisoblanadi.




Download 34,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish