Tuproqlarni suvli- fizik tartibotiga sug‘orishning ta’siri. 3-seminar mavzusi bо‘yicha topshiriqlar



Download 34,06 Kb.
bet1/2
Sana01.09.2021
Hajmi34,06 Kb.
#162148
  1   2
Bog'liq
3-seminar


Tuproqlarni suvli- fizik tartibotiga sug‘orishning ta’siri.

3-seminar mavzusi bо‘yicha topshiriqlar

1.Tuproqning suv-fizik tartiboti nima va unga nimalar kiradi.

2.Sug‘orish ta’sirida suv-fizik xossalari qanday о‘zgarishlarga uchraydi.

3. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun suvli-fizik xossalarni ahamiyati.

1. Bug‘lanish suyuq suvni gaz holatiga va atmosferaga diffuziya holatga uzatish hisoblanadi. Buning uchun quyosh va atmosferadagi yaroqli energiya va suyuq suv bo‘lishi talab etiladi. Gidrologik siklli bug‘lanishning suvga, yaroqli energiyaga, hudud iqlimi orqali ikki omilga bog‘liq. Qish oylari davomida namgarchilik yuqori bo‘lgan yerlarda bug‘lanish yog‘ingarchilik miqdoriga ko‘ra past bo‘ladi. Yoz oylarida yaroqli suv energiya serob bo‘lganida bug‘lanish suv balansida asosiy qismni egallaydi. Quruq oylar davomida yaroqli suv chegaralangan bo‘ladi. Arid mintaqalarda bug‘lanish uchun yaroqli energiya miqdori yuqori bo‘ladi, lekin suv bug‘lanish uchun suv yetarli bo‘lmaydi. O‘simliklar transpiratsiyasi fotosintez jarayoni va yomg‘ir yog‘i­shiga bog‘liq. Transpiratsiya bargda stoma - bargdagi teshik­cha­lar­ning ochilishi va yopilishiga bog‘liq bo‘ladi. Transpiratsiya har bir o‘simlik poyasida suvning yuqoriga va pastga harakatlanishi aniq­­lanadi. Turli xil o‘simliklarning transpiratsiya jarayoni ham turli­cha bo‘ladi, tuproqda yaroqli suv bo‘lganida o‘simliklar suvni tup­roq­dan barglari tomon yuqoriga harakat­lantiradi hamda bu suv barg­lardan atmosferaga adsorbsiyalanadi. Bug‘lanish ba’zida suv balans tenglamasi asosida suvning yo‘qolishi bilan ham tavsiflanadi. Suv b­alans tenglamasi gidrologik siklning matematik tenglamasidir. Ta­biat­da suvning yo‘qolishi va sarflanishi bu yer yuzasidan suvning bug‘lanishi hisoblanadi.

Vegetatsiya davrida yomg‘ir yog‘ishi, yer yuzasidan suvning bug‘lanishi va nam barglar yuzasidan suvning bug‘lanishi bilan aralashib umumiy suv bug‘lanishi sodir bo‘ladi. Bu uchta manba suv bug‘lanishning vegetatsiya darajasiga va iqlimiga bog‘liq bo‘ladi. Tropik o‘rmonlarda yog‘ingarchilikda suv yo‘qolishi dominant holda bo‘ladi. Bu iqlimiy sharoitda o‘simliklarga tuproq yuzasidagi suvda ta’sir qilishi yetarlicha bo‘lmaydi. 3-jadvalda Yangi Zellandiyadagi 2 katta bargli o‘rmonlarida suv balansi tasvirlangan.

O‘simliklar tomonidan barglarning kichik teshikchalari (stoma) orqali suv bug‘lanadi. Bu jarayon ba’zida quruq barg bug‘lanishi deb ham ataladi. Stomaning suv transpiratsiyasi darajasiga, o‘simlik fiziologik fenomenonga ta’siri katta. Ba’zi o‘simliklar suv kam bo‘lganida stoma teshiklari yoplib qoladi, shuning uchun suvdan foydalanish chegaralangan bo‘ladi.

2.Sug’orish ta’sirida suv fizik xossalari qanday o’zgarishlarga uchraydiKeltirilgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, kirish va chiqish vaqt davomida teng bo‘lmasligi kerak; agar kirib keladigan va chiqib ketadigan suvning miqdori bir xil bo‘lsa, suv saqlashni o‘zgartirish kerak (S). Ma’lumki, har bir suv saqlashda kritik chuqurlik ba’zi suv saqlashda har doim mavjud bo‘ladi, hattoki, aniqlash jarayonida bir xildagi suv miqdori bo‘lmasa ham. Suv saqlash tavsifi daryolar yer osti suviga suv saqlash sifatida ham bir-biridan deyarli tavofut bo‘lmaydi, faqat tavofut oqim darajasi asosida hosil bo‘lishi mumkin (masalan, suvni saqlashda qanchalik tezlik bilan harakatlanishi). Sekin oquvchi daryo ko‘lga aylanganda kritik chuqurlik chegarasi bo‘lmaydi. Suv saqlashni muhimligi Yer yuzasida toza hamda yuqori miqdordagi suv aniq ma’lumotlar orqali ta’kidlanadi

3.Tuproq holatini yaxshilash uchun suv-fizik xususiyatlarining ahamiyati

Melioratsiya ishlari olib boriladigan maydonlarda suv tartiboti dinamikasini tahlil qilish juda ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki suv tartiboti tuproqning havo, issiqlik, ozuqa va mikrobiologik jarayonlariga ta’sir ko‘rsatib, uning unumdorlik omili hisoblanadi.

Suv tartibotini o‘rganishning asosiy vazifasi kirim va chiqim elemenlarini hisob va prognoz qilish, uni boshqarib borish, kerakli tomonga yo‘naltirish, yerlardan samarali va rejali foydalanishni, qisqasi tuproq unumdorligini oshirish imkonini beradi.



Tuproqning suv tartiboti deb, tuproqda suvning harakatini ko‘rsatuvchi hodisalar majmuasi, ya’ni tuproqda suvning tushish va uning sarflanish hodisalari majmuasiga aytiladi. Suv tartibotining miqdor jihatdan ifodalanishi esa tuproqning suv balansi deb ataladi, ya’ni tuproqning suv balansi deganda ma’lum vaqt ichida suv jamg‘armasining o‘zgarishi tuproqda ketadigan suvning tushishi (kirim) va sarflanishi (chiqim) tushuniladi.

A.N.Kostyakov suv tartiboti kirim elementlariga quyidagilarni kiritadi: 1. Atmosfera yog‘in-sochinining umumiy miqdori (R harfi bilan belgilanadi). 2. Yerning ustki qismidan oqib kelayotgan suv miqdori (S bilan belgilanadi). 3. Sizot yoki filtrlangan suv miqdori (S bilan belgilanadi). 4. Tuproq qatlamlarida atmosfera namligini kondensatsiyasi (A bilan belgilanadi).

Chiqim elementlari esa quyidagicha bo‘ladi: 1. Namlikni bug‘­la­nishi – Ye. Bu ko‘rsatkich berilgan maydonda ikki xil yo‘l bilan sodir bo‘lishi mumkin.

Birinchidan, tuproq qatlamlaridan va suv yuzasida bug‘lana­digan namlik bo‘lsa, ikkinchidan, o‘simliklar orqali namlikning transpi­ratsiyasi. Bu agrotexnika, o‘simliklar xili va ularning hosildorligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yerning ustki qismidan oqib chiqib ketadigan suv miqdori-S (tekshiriladigan maydon bilan uning yon atrofidagi maydonlar ham kiradi ).

Tuproq sizot suvining chiqib ketishi – 0 (ya’ni tekshiriladigan maydondan tashqariga). Grunt suvlarining tashqariga chiqib ketishi suv qabul qilishi (qurilmalar) orqali, daryolar, jarliklar yoki sizot suvlarining yon boshiga oqishi natijasida boshqa maydonlarga oqib chiqib ketishi bu infiltratsiya deyiladi yoki bo‘lmasa yengil mexanik tarkibli yerlar, ayniqsa, galechiklar (shag‘alli) yerlardan ham oqib chiqib ketishi mumkin. Endi beriladigan maydonda suv tartibotini quyidagi tenglamadan ko‘rishimiz mumkin:




Download 34,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish