Yerning suv balansi



Download 49,62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2022
Hajmi49,62 Kb.
#337304
Bog'liq
Yerning suv balansi - Vikipediya



Yerning suv balansi

Yerning suv balansi - muayyan vaqt ichida Yer yuzasiga yogʻin koʻrinishida tushadigan suv

miqdori bilan quruqlik va Dunyo okean i yuzasidan bugʻlanadigan suv miqdorining nisbati.

Yaʼni Yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari koʻrinishida aks

ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bugʻli va qattiq (muz) holatidagi barcha

shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4–109 km

3

 umumiy suv massasining (V. I. Vernadskiy



boʻyicha) tabiatdagi suv aylanishida yil davomida 518600 km

3

 suv qatnashadi va yerga



tushadigan suv (atmosfera yogʻinlari) bilan undan sarf boʻladigan (bugʻlanish, oqim) suv

miqdori deyarli teng boʻladi. Bu tenglik (balans) Yer va uning ayrim qismlari Dunyo okeani,

chekka oqimli hudud, ichki oqimi bor hudud uchun suv balansi tenglamalari koʻrinishida

boʻladi. Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (Xo),

quruklikning chekka oqimli hudu-diga (Xz), quruqlikning ichki oqimli (berk) hududiga (Xi) va

ularning yigʻindisi sifatida butun Yer sirtiga (XER) yogʻadigan yillik yogʻin miqdorlarini hisobga

olish zarur.

Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan (Zo), quruqlikning ichki (berk) oqimli

xududidan (Zv) va ularning yigʻindisi — Yer kurrasi yuzasidan (ZEP) boʻladigan yillik bugʻlanish

miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv balansi tenglamalarida

quruqlikdan Dunyo oke-aniga yoki u bilan tutash boʻlgan dengizlarga daryolar oqizib

keltiradigan yillik oqim miqdori (Yr) ham hisobga olinadi. Kirim va chiqim qismlarining qabul

qilingan belgilariga asosan suv balansi tenglamalari dastlab Yer sirtining ayrim qismlari

uchun tuziladi:a) Dunyo okeani uchun quyidagicha ifodalanadi:ZO=XO+YZ;b) chekka oqimli

hudud uchun:v) ichki oqimli hudud uchun esa: Zu=Xu koʻrinishida yoziladi. Yuqoridagi

tenglamalarning yigʻindisi butun Yer uchun suv muvozanatini

ifodalaydi:Z0+Zz+Zu=X0+Xz+XuOxirgi ifoda Yer sirtiga tushadigan yogʻin miqdori (XER)

undan boʻladigan bugʻlanish (ZEP)ra tengligini koʻrsatadi. Olimlarning hisobiga koʻra, Yer

yuzasiga har yili oʻrtacha 577 ming km

3

 yoki 1130 mm yogʻin tushea, xuddi shuncha



miqdordagi suv bugʻlanadi.


Dare, koʻl va yer osti suvlaridan sugʻorish, aholi va sanoatni suv bilan taʼminlashda

foydalanilishi Ye.s.b. ele-mentlari nisbatini oʻzgartiradi. Agrotexnik va agrooʻrmonmeliorativ

tad-birlar tuproqning infiltratsion xususiyatlarini oshiradi. Bu esa oʻz navbatida dalalardan

kelgan suvlarning yuza oqimini kamaytiradi, tuproq nami, uning bugʻlanishi va

transpiratsiyasini oshiradi hamda grunt suvlari hajmini bir oz koʻpayishiga sabab boʻladi.

Shaharlar rivojlanishi, sanoat korxonalari va yoʻllar qurilishi tuproqning infiltratsiya

xususiyatlarini kamaytiradi, yuza oqimini koʻpaytirib yer osti suvlarning oziqlanishni

zaiflashtiradi. Grunt suvlarining miqdori meliorativ tadbirlar, shaxta va karyerlardan yer osti

suvlarini soʻrib olish natijasida ancha oʻzgaradi.

E.s.b.ni tashkil qiluvchi hisoblar suv rejimini oʻrganish uchun gidrologiya va meteorologiyada

keng qoʻllaniladi.

[1]


1. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yerning_

suv_balansi&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Yerning_suv_balansi&oldid=

2281710

" dan olindi 



Manbalar


 

Soʻnggi tahrir 2 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi  

Vikipediya

Download 49,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish