Tuproq qoplamining antropogen omillar ta’sirida ifloslanish muammolari. Reja



Download 13,83 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi13,83 Kb.
#590678
  1   2
Bog'liq
11 maruza


Tuproq qoplamining antropogen omillar ta’sirida ifloslanish muammolari.


Reja:

  • Tuproqlarni ifloslanishi va uning bugungi kun holati, kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari.

  • Tuproqlarning ifloslanishi va ularni muhofaza qilish.

Tuproqlarni ifloslanishi va uning bugungi kun holati, kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari.
Yil sayin iqlimning o‘zgarayotgani, antropogen ta’sirni ortayotgani, ayniqsa, kundalik xayot faoliyat mobaynida sanoat korxonalari hamda maxsulotlardan foydalanish natijasida ham tuproq tarkibidagi moddalarning miqdor jihatdan o‘zgarishi kuzatilishi, turli moddalarning QQM ko‘rsatgichidan oshishiga olib keladi, bu esa QQM ko‘rsatkichlarini qabul qilishda ilmiy jihatdan jiddiy yondashishni talab etadi. Bu o‘z o‘rnida tuproqlarni ekologik toza holda asrash, ulardan oqilona foydalanish va inson salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biosfera va uning asosiy qismi bo‘lgan tuproq qoplamini radioaktiv ifloslanishi tabiiy va antropogen omillar ta’sirida kelib chiqadi, yillar davomida ifloslanishning ortishi hamda atrof-muhit xususan tuproq biologik olamining jiddiy havf ostida qolishi davom etaveradi.
Hozirgi kunda yangi-yangi aniq ifloslangan maydonlar CHernobil, Semepalatinsk va Nevada kabi hududlar ifloslangan maydonlar hisoblanadi.
Tuproqqa doimiy ravishda tabiiy va antropogen omillar o‘zining ta’sirini o‘tkazadi, buning oqibatida esa tuproqning xossa hususiyatlari o‘zgaradi. Hususan, neft uglevodorodlari tabiiy muhit va tuproq qoplamining ifloslovchi asosiy moddalar qatoriga kiradi. Uning kimyoviy ta’siri tuproqning morfologik, fizik, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy, mikrobiologik, biokimyoviy va biologik xossalarini o‘zgartiradi, natijada tuproq unumdorligining pasayishi kuzatiladi. Qolaversa tuproqdagi organik moddalarning minerallanish jarayoniga, umumiy va guruhiy mikroorganizmlarning xilma-xilligiga, ularning miqdorining kamayishiga, fermentlar (katalaza, invertaza, polifenoloksidaza, oksidaza, proteaza, fosfataza, degidrogenaza) faolligining susayishiga, tuproqning nafas olishi va morfologik belgilarining o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Ekosistemaning neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi ekologik muammolardan tashqari geoekologik muammoga ham sabab bo‘lib, litosferaning yuqori qismi va suv to‘planuvchi qatlamiga singib bir qator holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Gidrogeologiya instituti tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududining er osti sizot suvlari ustida katta miqdorda neft va neft mahsulotlari to‘plangan va tuproq qatlamlaridan er ostiga qarab sizib o‘tgan. Ifloslanishning kengayishi boshqa hudud tuproqlarining ham ifloslanishiga olib kelgan.
Tuproqda uglevodorodlarning 5gr/100gr tuproqda uchrashi unda kechuvchi nitrifikatsiya jarayonining bir necha bor sekinlashishiga va mikroorganizmlarning keskin kamayishiga olib keladi.
Tuproqning eng nozik qismi hisoblangan biologik dunyosi ifloslanish natijasida sezilarli zarar ko‘radi. Ayniqsa umumiy mikroorganizmlar, geterotrof, uglevodorodoksidlovchi, denitrifikator, nitrifikator bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, mayda hashoratlar va o‘simliklar zaharli kimyoviy ta’sirga nisbatan chidamsiz hisoblanadi.
Respublikamiz sug‘oriladigan tuproqlarining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, tuproq xossalarini o‘zgarishini o‘rganish va uning rekultivatsiyasi bo‘yicha T.Abdraxmonov, L.Tursunov, A.Vaxobov, U.Juraeva, Z.Jabbarov va E.Xushvaqtovlar 2006-2008 yillarga mo‘ljallangan DITD-7 yo‘nalishidagi ro‘yxat raqami A-7-070 «Sug‘oriladigan tuproqlarning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish holati va uni tozalashning biologik asoslari» mavzusida amaliy loyixasi (amaliy granti) doirasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Tadqiqotchilar ifloslangan hudud tuproqlarining mikrobiologik olamini o‘rganishlariga ko‘ra mikroorganizmlar neft miqdori va fasllar bo‘yicha turlicha miqdorda uchrashi aniqlangan.
Tadqiqot natijalaridan ko‘rish mumkinki, aktinomitset va nitrifikator bakteriyalar ifloslanishdan keyin kamayib ketgan. Natijada mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq biokimyoviy jarayonlar, ya’ni fermentlar faolligi susayishi kuzatiladi. Tuproqda kechadigan barcha biokimyoviy jarayonlar bevosita tuproqdagi fermentlarning funksiyasi bilan bog‘liq. Fermentlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, tuproqda kechadigan bioreaksiyalarni ming va million marta tezlashtiradi.
Aniqlanishicha, hozirgi vaqtda tuproqda 40 ga yaqin (ureaza, katalaza, invertaza, perooksidaza, polifenoloksidaza va boshqalar) fermentlar mavjud bo‘lib, tuproqda turli xil vazifalarni bajaradi.
Xususan, fermentlardan proteaza va ureaza fermentlari tuproqdagi organik azotning minerallanish jarayonini harakterlaydi. Ya’ni tuproqdagi nitrifikatsiya va ammonifikatsiya jarayonini faollishtiradi va azot bioelementini o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan holatigacha olib keladi.
Qora tuproq mintaqasida neft va neft mahsulotlari (fenol, amin, geterotsiklik birikmalar, neft mahsulotlarinining oraliq formalari) bilan ifloslanishdan so‘ng polifenoloksidaza va peroksidaza fermentlari o‘zining faolligini yo‘qotadi.
Qora tuproqlarda invertaza va degidrogenaza fermentlari neftni turli miqdoriga ta’sirchan bo‘lib, ureaza fermentining faolligi NH3 shaklidagi azot hisobiga bir necha marta ortadi. Biroq tuproqqa tushgan neftning turli miqdori tuproq tiplariga ko‘ra fermentlar faolligiga turlicha ta’sir qiladi. Jumladan, neftning minimal dozasi polifenoloksidaza (PO) va va polifenoloksidaza (PFO) faolligiga stimulyativ ta’sir qilsa, yuqori miqdori sekinlashtiruvchi ta’sir qiladi, xuddi shuningdek ureaza va invertaza faolligiga neft turlicha ta’sir etadi (18-19-rasmlar).18-rasm

Download 13,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish