Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari. Trening turlari. Shaxslararo muloqotni rivojlantiruvchi treninglar. Reja



Download 62,08 Kb.
bet1/8
Sana14.11.2022
Hajmi62,08 Kb.
#865695
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari. Trening turlari. Shaxslararo muloqotni rivojlantiruvchi treninglar.


Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari. Trening turlari. Shaxslararo muloqotni rivojlantiruvchi treninglar.


Reja:

1. Treningni tashkil etishning o’ziga xosligi. Faollik tamoyili, ijodiylik tamoyili.


2. Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab etilishi) tamoyili. Sheriklik (sub’ekt-sub’ektlik) muloqoti tamoyili.
3. Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri. Muloqotning komunikativ tomoni.
4. Muloqotning interaktiv,perseptiv tomoni va ularning farqi. Psixogimnastika uchun mashqlarning tanlanishi.

Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir normal inson o’zgalar tinglashga, o’z fikrini birovlarga yetkazishga, ya’ni gapirishga, fikrlarini ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug’ma qobiliyatliday o’zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o’z fikrlarimiz, o’ylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o’zimizga o’xshash inson jamiyatisiz mavjud bo’la olmasligimizni bildiradi.


O’qituvchi shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga anchagina o’yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil yog’och o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg’iz qoldirilib, harakatlari pinhona kuzatilgan. Juda ko’p bolalar taqiqlangan o’yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida esa endi barcha o’yinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning qopqog’ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu bolalarning o’qituvchisi surati ilib qo’yishgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda “ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.
Masalan, o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan bog’liq.
Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo’lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo’lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo’yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo’lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo’lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Mahlumki, o’zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.
Noverbal- muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko’proq hissiyotlarga boy bo’lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fazoviy masofa bo’ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tqazib trninglar tashkil qilish, o’qitgandan ko’ra, ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qurib o’qitgan ma’qul , chunki bunday sharoitda o’quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo’lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan.
Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani vahda berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan “Albatta bajaraman!”, desa ishonamiz, albatta.

Download 62,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish