Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti "Tarix va tillar" fakulteti "Tarix o'qitish metodikasi" yo'nalishi18/1-guruh talabasi Xasanova Marjonaning "Tarix



Download 9,89 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi9,89 Kb.
#49903
Bog'liq
Xasanova (ESSEY)


Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti "Tarix va tillar" fakulteti "Tarix o'qitish metodikasi" yo'nalishi18/1-guruh talabasi Xasanova Marjonaning "Tarix, shaxs va jamiyat o'qitish metodikasi" fanidan "Dars jarayonlarida ta'lim vositalarining turlari va ahamiyati" mavzusida yozgan

ESSEYI

"Agar mendan: "Sizni nima qiynaydi?", deb so'rasangiz, "Farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi",deb javob beraman" Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi tezkor globallashuv davrida jahon mamlakatlarining nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki, ijtimoiy, maishiy va madaniy sohalarini ham birdek rivojlantirishlariga zarurat tug'ilmoqda. Ta'lim tizimi bu borada barcha sohalarga kerakli mutaxassis kadrlarni yetkazib beruvchi asosiy bo'g'in hisoblanadi. Shu boisdan ham rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning ta'lim sohasiga jiddiy e'tibor qaratayotganligi, yillik davlat budjetidan eng ko'p ulush aynan ushbu sohaga yo'naltirilayotganligi, tizimni yanada takomillashtirish maqsadida qator loyihalar va qonunosti hujjatlari soha islohotiga yo'naltirilayotganligi bejiz emas, albatta. Rivojlanish bosqichini boshidan kechirayotgan mamlakatimizda ham mustaqillik yillarida sohaga oid muhim hujjatlar qabul qilindi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" yurtimizda ta'lim olish va ta'lim berishning huquqiy kafolati bo'lib xizmat qildi. Endilikda mamlakatimiz ta'lim tizimini yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarish, uning moddiy-texnik bazasini barpo etish va jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy tizimni yaratish yo'lida izchillik bilan harakat qilmoqda va bu borada jahonning ilg'or tajribalaridan foydalanmoqda. Mazkur jarayonlarning birlamchi bo'gini va harakatlantiruvchi kuchi bu, albatta, ta'limni tashkil etuvchi dars jarayonlaridir. Ta'lim tizimida amalga oshiriladigan har qanday islohotning natijasini avvalo, dars jarayoni ko'rsatib beradi. Ta'limning sifatli bo'lishi eng avvalo, o'quvchilarga berilayotgan bilimlarning nechog'lik tushunarli, to'g'ri va aniq ekanligiga bog'liq. Lekin pedagog doimo ham bu jihatlarga jiddiy e'tibor beravermaydi. Natijada darsdan ko'zlangan asosiy maqsadga erishilmaydi. Bu borada kutilgan natijaga erishishni ta'lim metodlari hamda vositalari osonlashtiradi.

Ta'lim metodlari - ma'lum bir bilimlarni o'quvchiga yetkazishdagi ustullar majmuasidir. Ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

  • zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; 

  • o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi; 

  • xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;

  • muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; 

  • u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;

  • o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi

  • o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; 

  • o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi

  • o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; 

  • o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi. 

O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi. Ta'lim vositalari esa o'qitilishi va o'rganilishi lozim bo'lgan har qanday axborot tashuvchi vositalardir. Ta'lim vositalaridan foydalanish jihatidan quyidagi qismlarga ajratish mumkin:

  1. Ta'lim beruvchi uchun (o'quv-metodik qo'llanmalar, metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar, o'quv dasturlari, dars rejasi, ma'ruza matni);

  2. Ta'lim oluvchi uchun (darslik, o'quv qo'llanma, jadvallar, tarqatma materiallar, yo'l-yo'riq texnologik xaritalar, tipik xatolar xaritasi, topshiriq varaqalari);

  3. Dars o'tkazish uchun (plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual vositalar, texnik vositalar, real vositalar).

Zamonaviy ta'limda dars jarayonida o'qituvchi ta'limning texnik vositalari (diaproektor, doska-blaknot, doska- stend, videofilmlar, grafoproektor), yordamchi ta'lim vositalari (model-mulyajlar, grafik-diagrammalar, namunalar, chizma, sxemalar) yoki o'quv-uslubiy materiallar (ish varaqasi, nazorat varog'i, matnlar) dan foydalanib darsni sifatli va mazmunli tashkil etishi mumkin. Ma'lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo'lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchalar o'rtasidagi aloqa va o'zaro bog'liklikni o'rnatish uchun Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvallaridan keng foydalaniladi.Ma'lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalaridan T-jadvali, Venna diagrammasi keng tarqalgan ta'lim vositalari sanaladi.

Ta'lim metodi va vositalarining hozirgi zamon ta'lim tizimi va dars jarayonidagi ahamiyati beqiyos. Bugungi pedagog kadrlardan o'z ustida tinimsiz ishlash va yangi bilim berishning tushunarli va oson uslublarini yaratib o'z metodiga aylantira borish talab etilmoqda. Ayni shu boradi ta'lim vositalari ham kengayib, takomillashib boradi.
Download 9,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish