Тоshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti «Jismoniy madaniyat nazariyasi»


Darsda jismoniy tarbiya yuklamasini mutanosiblashtirish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi



Download 282.28 Kb.
bet10/18
Sana29.08.2021
Hajmi282.28 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Darsda jismoniy tarbiya yuklamasini mutanosiblashtirish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • o’yinlar va mashqlar miqdorini o’zgartirish;

  • mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash;

  • mashq bajarishga ajratilgan vaqtni ko’paytirish yoki ozaytirish;

  • mashqning bajarish sur'atini o’zgartirish;

  • harakatlar amplitudasini ko’paytirish yoki ozaytirish; - mashq bajarishni murakkablashtirish yoki soddalashtirish;

  • mashq bajarishda turli predmetlarni qo’llash.



Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari

Darsda o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda o’qituvchi rejasiga muvofiq o’quvchilarni mashq bajarish uchun uyushtirish usullari tushuniladi.

Frontal (yoppasiga) shug’ullanish usuli - mashqlarni barcha o’quvchilar bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi ko’proq o’quvchilarni qamrab olishda, darsda yuqori zichlikka va katta jismoniy yuklamaga erishishdadir, o’quvchilar o’qituvchi farmoyishi yoki buyrug’ini baravariga bajarsalar, yoppasiga shug’ullanish usuli mashqlarni jamoa bo’lib bajarishning yaxshi namunasi bo’la oladi.

Mazkur usul o’quv muassasalarining barcha bosqich o’quvchilari bilan olib boriladigan ishlarda, ayniqsa, o’quv materiali bilan tanishtirishda keng qo’llaniladi.



Guruhli usul shundan iboratki, unda o’quvchilar guruhlarga bo’linadilar, har bir guruh o’qituvchi topshirig’iga binoan mustaqil shug’ullanadi. Mashq uchun jihoz va anjomlar yetishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi o’rganiladi. Guruhlar ma'lum bir vaqtdan so’ng joy almashadilar. Har bir guruhga o’quvchilarning mashg’ulot paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi.

Guruhlarga bo’linish ikkigacha, uchgacha sanash yoki bir qator kolonnadan ikki, uch qator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi.

Darsda guruhlar bir-biriga halal bermaydigan tarzda joylashadi.

Guruhli usul barcha o’quvchilar mustaqil mashg’ulotlarga yetarli darajada tayyor bo’lganlaridan so’ng qo’llanilishi mumkin.



Individual usul shundan iboratki, bunda har bir o’quvchi mashq bajaradi, qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qo’llaniladi. Bu o’qituvchiga har bir mashq bajarilganidan so’ng yakun chiqarish, bolalar e'tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga jalb etish imkonini beradiki, bu ta'lim va tarbiya jihatidan juda muhim.


Download 282.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat