Toshkent moliya instituti



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.01.2020
Hajmi1,68 Mb.
#35392
Bog'liq
buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uni


 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 BYUDJET HISOBI VA DAVLAT JAMG’ARMALARI 

FAKULTETI 

«BYUDJET HISOBI»  KAFEDRASI 

 

«BYUDJET TAShKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI» 

FANIDAN» FANIDAN 

 

 

Mavzu: Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi 

 

                                                                  Bajardi: DBG’I-    guruhi  

talabasi Aliev X. 

                                                                Tekshirdi: k.o`q. Iskanov X. 

 

 

 

Toshkent-2017 


 

 



REJA 

Kirish____________________________________________________________3 

I BOB. Buxgalteriya hisobi schyotlari va ularning umumiy tavsifi  

1.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi _________5 

1.2. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi_____________________________10 

II BOB. Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi  

2.1.  Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv haqida tushuncha_13 

2.2.  Sintetik va analitik hisob_______________________________________15 

2.3.  Buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish__________________19 



Xulosa__________________________________________________________22  

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati__________________________________23 

Ilovalar__________________________________________________________24 

 

 



 

 

 



 

 

 



    

 


 

Kirish 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  «Iqtisodiy  islohotni  amalga 

oshirishning  asosiy  nuqtalaridan  biri  bozor  iqtisodiyotining  huquqiy  negizini 

yaratishdan  iboratdir.  Avval  boshdanoq  biz  o’zimiz  uchun  muhim  saboq  chiqarib 

oldik  –  zarur  huquqiy  omilni  shakllantirmasdan  turib,  tegishli  qonunlar  va  me’yoriy 

hujjatlarni  qabul  qilmasdan  turib,  islohotlarni  amalga  oshirishning  ishonchli 

kafolatini, islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo’lmaydi».*

1

 

Respublikamizda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  tamoyillari  va  uning  keyingi 



bosqichlarida  ustuvor  yo’nalishlarning  belgilanishi,  ayniqsa  ijtimoiy-siyosiy 

hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan 

kelib  chiqqan  holda  bir  qancha  sohalarni,  jumladan  buxgalteriya  hisobi  tizimini 

ham isloh qilishni taqozo etdi.  

Ma’lumki,  O’zbekiston  Respublikasida  bozor  munosabatlarining  qaror 

toptirilishi,  ko’p  ukladli  iqtisodiyotning  vujudga  keltirilishi  barcha  jabhada 

bo’lgani  kabi,  buxgalteriya  hisobi  borasida  ham  ulkan  o’zgarishlarning  sodir 

bo’lishiga  olib  keldi.  Ma’muriy-buyruqbozlik  tizimiga  asoslangan  iqtisodiyot 

sharoitida shakllangan korxona, tashkilot va muassasalardagi buxgalteriya hisobini 

yuritish tizimi jahon iqtisodiy tizimiga dadil kirib borayotgan mamlakatimiz uchun 

zamonaviy  talablarga  javob  bera  olmay  qolmoqda.  Keyingi  yillar  mobaynida 

xalqaro  andozalarga  to’la-to’kis  javob  beruvchi  buxgalteriya  hisobi  tizimini 

yaratish borasida ko’pgina islohotlar olib borilmoqda. 

Buxgalteriya 

hisobidan 

foydalanuvchilar 

doirasi 

ancha 


kengayib 

borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar 

barpo  etilayotganligi,  jahon  moliya  bozoriga  (qimmatli  qog’ozlar  birjalariga, 

xalqaro banklarga, fondlarga va  boshqalarga)  chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi 

kuchi  va  valyutaning  ayrim  mamlakatlar  o’rtasida  erkin  harakatlanishi  zarurligi 

buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab 

qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq  

                                                           

1

 

I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T.: O’zbekiston, 1995 -y.



 

 


 

o’zgartirish  keyingi  vaqtlarda  O’zbekiston  uchun  ham  tobora  dolzarb  vazifaga 



aylanmoqda.  Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida  respublikada  xalqaro 

andozalarga  to’la-to’kis  mos  keluvchi  buxgalteriya  hisobining  milliy  andozalari 

ishlab  chiqilmoqda  va  amaliyotga keng  tatbiq  etilmoqda. Buxgalteriya  hisobining 

milliy  andozalari  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi  Qonun  asosida  ishlab 

chiqilgan  bo’lib,  ushbu  andozalar  buxgalteriya  hisobi  shakllari  va  usullarini 

tanlashda  korxonalarning  mustaqilligini  kengaytiribgina  qolmasdan,  hisob 

axborotining ishonchliligi uchun ularning ma’suliyatini ham oshirmoqda.  

Buxgalteriya  hisobini  isloh  qilishda  xalqaro  tamoyillarga  asoslangan 

hisobvaraqlar rejasining qabul qilinishi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. 

Yangi hisobvaraqlar rejasi O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan 

korxonalarning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarga  kirishishida,  jahon  iqtisodiy 

integratsiyasiga  qo’shilishida  asosiy  vosita  bo’lib  xizmat  qiladi.  Mazkur 

hisobvaraqlar  rejasi,  bir  tomondan,  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  xalqaro 

andozalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi tomondan, buxgalteriya hisobi va soliq hisobi 

o’rtasidagi muammolarni barham toptirishga ko’maklashadi.  

Buxgalteriya  hisobini  isloh  qilinishi,  eng  avvalo,  uning  boshqaruv  hisobi, 

moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Rivojlangan 

mamlakatlar  tajribasidan  ma’lumki,  buxgalteriya  hisobini  boshqaruv  hisobi, 

moliyaviy  hisob  va  soliq  hisobiga  ajratilgan  holda  tashkil  qilish  nafaqat 

korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham 

istiqboli uchun xizmat qiladi.  

 

 



 

 

 



 

 


 

I BOB. Buxgalteriya hisobi schyotlari va ularning umumiy tavsifi 



1.1.  Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi 

Korxonalarda  ko‘p  miqdorda  xo‘jalik  operatsiyalari  sodir  bo‘lib,  xo‘jalik 

mablag‘lari  doimo  harakatda  bo‘ladi.  Korxonaga  rahbarlik  qilish  uchun  xo‘jalik 

mablag‘larining  harakati  to‘g‘risida  umumlashgan  ma'lumotlarni  olish  talab 

qilinadi.  Bunday  ma'lumotlarni  balans  yordamida  olish  mumkin  emas.  Shuning 

uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi. 



Buxgalteriya hisobi schyotlari - mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 

shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 

hamda nazorat qilish usulidir. 

Schyotlarning  har  birida  hisobga  olinayotgan  xo‘jalik  mablag‘lari  yoki 

ularning  manbalarining  boshlang‘ich  holati  hisobga  olinadi,  keyingi  bo‘ladigan 

joriy  o‘zgarishlar  o‘z  vaqtida  aks  ettirib  boriladi.  Natijada  schyotlardan  ayrim 

turdagi  aktivlar  yoki  passivlar  to‘g‘risidagi  ma'lumotlarni  istalgan  paytda  olish 

mumkin bo‘ladi. 

Tashqi  ko‘rinishi  bo‘yicha  schyotlar  ikki  ustundan  iborat  bo‘lgan  jadval 

shaklida  bo‘ladi.  Schyotning  nomi  jadvalning  yuqori  qismida  yoziladi.  Ushbu 

jadvalning  chap  qismi  "Debet"  (D-t),  o‘ng  qismi  "Kredit"  (K-T)  deb  ataladi. 

"Debet"  va  "Kredit"  so‘zlari  buxgalteriya  hisobiga  uning  rivojlanish  davri 

boshlanishida  kiritilgan  bo‘lib,  bu  so‘zlar  XII  asrlarda  sotuvchi  va  bankir 

o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 



"Debet"  so‘zi  lotincha  bo‘lib  "u  qarzdor",  "Credit"  so‘zi  esa  "ishondi" 

degan ma'noni bildiradi. 



Schyotning tashqi ko‘rinishi. 

 

 



Debet    "Schyot nomi yoki raqami"    Kredit 

 

 



 

 


 

Schyotlarda  mol-mulk  va  uning  manbasining  hisobot  davri  boshi  hamda 



oxiridagi  holati  aks  ettiriladi.  Schyotlarga  hisobot  davrining  boshiga  ma'lumotlari 

buxgalteriya  balansining  aktiv  va  passiv  qismlari  moddalaridan  olib  yoziladi. 

Ushbu  ma'lumotlar  qoldiq  yoki  saldo  deb  ataladi.  Ayrim  hollarda  ba'zi  bir 

schyotlarda  saldo  bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Debet  va  kreditda  aktiv  yoki 

passsivlarning  tarkibidagi  o‘zgarishlar  aks  ettiriladi.  Hisobot  davri  ichida 

schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan 

summalarni kredit oborot deb ataladi. 

Buxgalteriya  hisobi  schyotlarini  turkumlashdan  asosiy  maqsad  amalga 

oshirilgan  xo‘jalik  muomalalarini  umumlashtirish,  olinadigan  ma'lumotlarni 

soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat 

ishlarini to‘g‘ri tashkil 

qilishni ta'minlashdir. 



Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi 

 

 

№ 



Schyotlar turkumlanishi 

xususiyatlari 

Xususiyatlardan kelib chiqqan holda 

schyotlar tarkibi 

1. 

 

 



Schyotlarning tuzilishiga 

ko'ra 


Doimiy schyotlar 

Aktiv (A) Passiv 

(P) 

Vaqtinchalik 



schyotlar 

Tranzit schyotlar (T) 

Balansdan tashqari schyotlar (BT) 

2. 


Ko'rsatkichlarni aks 

ettirilishiga ko'ra 

Sintetik schyotlar 

Analitik schyotlar 

3. 

Balansda aks ettirilishiga 



ko'ra 

Balans schyotlari 

Balansdan tashqari schyotlar (BT) 

4. 


 

 

 



Tayinlanish -mo'ljaliga  

ko'ra 


Asosiy schyotlar 

Aktiv schyot (A) 

Passiv schyot (P) 

Tartibga soluvchi 

schyotlar 

Kontr-aktiv (KA) Kontr-

passiv (KP) To'ldiruvchi 

schyotlar 

Taqsimlovchi 

schyotlar 

Yig'ib taqsimlovchi 

Hisobot davrlari bo'yicha 

taqsimlovchi 

Kalkulyatsiya schyotlari 

Taqqoslovchi schyotlar 


 

Aktiv schyot (A)  - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, 

unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish 

esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. 



Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan 

schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining 

krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi. 

Kontr-aktiv  schyot  (KA)  -  bu  u  bilan  bog‘lik  bo‘lgan  aktiv  schyotning 

saldosidan  chegiriladigan  moliyaviy  hisobotda  aktivning  sof  qiymatini  aks 

ettiruvchi schyotdir. 

Kontr-passiv  schyot  (KP)  -  bu  u  bilan  bog‘lik  bo‘lgan  passiv  schyotning 

saldosidan  chegiraladigan  moliyaviy  hisobotda  majburiyat  yoki  sarmoyaning  sof 

qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. 

Tranzit  schyotlar  (T)  -  bu  hisobot  davrida  foydalaniladigan,  lekin 

yopiladigan  Moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobotda  aks  ettiriladigan  hisobot 

davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik 

schyotlaridir. 



Balans  schyotlari  deb,  balansda  qatnashadigan  schyotlarga  aytilib,  ular 

bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. 



Balansdan  tashqari  schyotlar  (BT)  -  bu  korxonaga  qarashli  bo‘lmagan, 

lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli 

huquqlar  va  majburiyatlar  haqidagi  axborotni  umumlashtirishga  mo‘ljallangan 

schyotlardir.  Bu  schyotlar  boshqa  schyotlar  bilan  o‘zaro  bog‘lanmaydi  va 

korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi. 

Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va 

qiymat  ko‘rinishidagi  ma'lumotlarni  olish  maqsadida  hisob  yuritishga 

mo‘ljallangan. 

Analitik schyotlar ma'lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini 

nafaqat  qiymat,  balki  natura  hamda  mehnat  o‘lchovi  birliklarida  yuritishga 



 

mo‘ljallangandir.  Analitik  schyotlar  bo‘yicha  buxgalteriya  provodkalari  amalga 



oshirilmaydi. 

Korxona  ba'zi  xo‘jalik  mablag‘lari  hisobini  yuritishda  bir  necha  bahodan 

foydalanish  zaruriyati  tug‘iladi.  Shunday  mablag‘lar  va  ular  tashkil  topish 

manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. 



To‘ldiruvchi  schyotlar  tegishli  mablag‘  va  ular  tashkil  topish  manbalari 

hisobini  yuritishga  mo‘ljallangan  schyot  ma'lumotlarini  to‘ldirish  uchun 

mo‘ljallangan. 

Taqsimlovchi  schyotlar.  Bu  schyotlar  korxonaning  ba'zi  bir  xarajatlarini 

hisobga  olish  va  ularni  kalkulyatsiya  obyektlari  yoki  hisobot  davrlari  o‘rtasida 

to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi 

Yig‘ib  taqsimlovchi  schyotlar.  Bu  schyotlar  ma'lum  xo‘jalik  jarayonidagi 

xarajatlarni  bir  oy  davomida  hisobga  olish,  bu  xarajatlarni  iqtsiodiy  mazmuniga 

qarab,  guruxlashtirish  va  ularni  kalkulyatsiya  obyektlari  o‘rtasida  oldindan  qabul 

qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. 



Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, 

bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  tannarxini  aniqlash  uchun  xarajatlar 

hisobini yuritishga mo‘ljallangan. 

Taqqoslovchi  schyotlar  ayni  bir  muomalalar  yoki  korxonaning  butun  bir 

moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. 

Xo‘jalik  mablag‘lari  turi  va  joylanishini  ko‘rsatuvchi  aktiv  schyotlarning 

xususiyati  shundaki,  mablag‘larning  ko‘payishi  debet,  mablag‘larning  kamayishi 

esa  schyotning  kredit  tomonida  aks  ettiriladi.  Aktiv  schyot  xususiyatini  quyidagi 

chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin: 

 

Debet                      AKTIV SChYoT  

Kredit 

 

Boshlang‘ich saldo (Sb) 



 

 

-



Mablag‘larning 

ko‘payishi 

Mablag‘larning 

kamayishi 

>- 

(Do) Debet oborot 

(Ko) Kredit oborot 

Oxirgi saldo (So) 

 


10 

 

Schyotdagi oxirgi qoldiq yoki saldo quyidagi formula orqali topiladi: 



So = Sb + Do - Ko 

Xo‘jalik  mablag‘larining  manbalarini  aks  ettiruvchi  passiv  schyotlarning 

ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debet tomonida ko‘rsatiladi: 

 

Debet 



PASSIV SCHYOT        Kredit 

 

С 

Boshlang‘ich saldo (Sb) 



Mablag‘larning 

kamayishi 

Mablag‘larning 

ko‘payishi 

>- 

(Do) Debet oborot 

(Ko) Kredit oborot 

 

Oxirgi saldo (So) 



 

Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So = Sb + Ko - Do 

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv 

schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir. 

Tranzit schyotlar xususiyatiga keladigan bo‘lsak, ular daromadlarni hisobga 

olish  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lsa-xuddi  passiv  schyot  kabi  talqin  etiladi.  Agarda 

xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlar bo‘lsa aktiv schyotlar kabi ishlatiladi. 

Tranzit schyotlar tarkibida bo‘lgan ikkita taqqoslovchi schyotlar xususiyati 

umuman boshqacha, ularni quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin: 

 

Debet 



9200 

Kredit 


Debet 

9900 

Kredit 


 

 

 



Aktivlarning 

chiqib ketishidan 

xarajatlar 

 

 



 

Aktivlarning 

chiqib ketishidan 

daromadlar 

Xarajatlarning 

yakuniy moliyaviy 

natijaga hisobdan 

chiqarilishi yoki 

xarajatlarni  

 

 



hisobga oluvchi 

tranzit 


schyotlarning 

yopilishi 

Daromadlarning 

yakuniy 


moliyaviy 

natijaga 

hisobdan  

 

chiqarilishi yoki 



daromadlarni 

hisobga oluvchi 

tranzit 

schyotlarning 

yopilishi 


11 

 

1.2.  Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 



Schyotlar  rejasi  –  buxgalteriya  hisobi  tizimidagi  axborotning  umumiy 

tuzilishini,  uning  xo‘jalik  mexanizmiga  muvofiq  holda  iqtisodiy  tavsifini  aniqlab 

beradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 

-  sonli  buyrug‘i  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  buxgalteriya  hisobining  Milliy 

standarti  (21-BHMS)  «Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  -  xo‘jalik 

faoliyati  buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  va  uni  qo‘llash  bo‘yicha 

yo‘riqnoma»ni  tasdiqladi  va  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 

tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. 

Ushbu  standart,  byudjet  muassasalari  va  banklardan  tashqari,  mulk 

shakllaridan qat'iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 

1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi. 

Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta'riflash 

mumkin. 


Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 

schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan. 

Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: 

I.  Uzoq muddatli aktivlar; 

II.  Joriy aktivlar; 

III. Majburiyatlar; 

IV. Joriy kapital; 

V.  Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 

VI. Balansdan tashqari schyotlar. 

Birinchi  to‘rt  qism  schyotlarining  majburiyatlariga  asosan  moliyaviy 

hisobotning  I-shakliga  balans  tuziladi.  Beshinchi  qism  «Moliyaviy  natijalarning 

shakllanishi  va  ishlatilishi»  schyotlarning  ma'lumotlariga  asosan  moliyaviy 

natijalar to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi. 


12 

 

Schyotlar  rejasida  barcha  schyotlar  9  bo‘limda  quyidagi  tizimda  keltirilib 



ko‘rsatilgan: 

1-bo‘lim. Asosiy  vositalar, nomoddiy  va  boshqa uzoq  muddatli  aktivlar;  2-

bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar; 

3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy 

qismi; 

4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 



5-bo‘lim.  Pul  mablag‘lari,  qisqa  muddatli  investitsiyalar  va  boshqa  joriy 

aktivlar; 

6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 

7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 

8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 

9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 

Birinchidan  sakkizinchi  bo‘limgacha  bo‘lgan  schyotlar  balans  tuzilishiga 

mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga 

mos keladi. 

Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, 

ikkinchi  qismi  to‘rt  bo‘lim  (2,  3,  4,  va  5)lardan,  uchinchi  qismi  ikki  (6  va  7) 

bo‘limlardan,  to‘rtinchi  qism  bir  (8-bo‘lim)  bo‘limdan  va  beshinchi  qism  bir  (9-

bo‘lim) bo‘limdan iborat. 

Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 

Schyotlarni  buxgalterlar  tomonidan  eslab  qolishni  osonlashtirish  va 

axborotlarni  avtomatlashtirish  zaruriyati  schyotlarga  nomerlar  berkitishni  taqozo 

etadi.  Schyotlar  rejasidagi  schyotlar  kodlaridan  tashqari  nomiga  ham  ega. 

Schyotning  nomi  -  bu  tub  ma'noda  schyotning  o‘zidir.  Chunonchi,  har  bir 

shaxsning  familiyasi,  uning  o‘zini  ramzi  bo‘lganidek,  schyotning  nomi  o‘zini 

anglatadi.  Schyotlar  bilan  ish  olib  borganda  asosan  ularning  tayinlanishi  va 

foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan 

schyotlarning  to‘liq  ro‘yxati  schyotlar  rejasidir.  Ayrim  subyektlar  tomonidan 



13 

 

qo‘llaniladigan  schyotlar  ro‘yxatida  farqlarning  mavjudligi  ikki  xil  schyotlar 



rejasini  taqozo  etadi:  birinchisi-namunali, qonunchilik bilan  belgilangan schyotlar 

rejasi,  ikkinchisi-buxgalteriya  hisobining  ish  schyotlar  rejasi.  Har  bir  korxona 

umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar 

rejasini  tuzib  olishlari  kerak.  Ish  schyotlar  rejasida  tanlab  olingan  schyotlar 

miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari 

hisobini ta'minlashi kerak. 

Hisobning  barcha  subyektlari  namunali  schyotlar  rejasidan  foydalanishga 

majbur.  Schyotlar  rejasida  ko‘rsatilmagan  schyotlarni  qo‘llash  faqat  O‘zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



14 

 

II BOB. Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi 



2.1.  Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv haqida tushuncha 

Har  bir  xo‘jalik  operatsiyasi  mablag‘ning  tuzilishida  yoki  manbaning 

tuzilishida  yoki  bir  vaqtda  ham  mablag‘da  ham  manbada  bir  xil  summaga 

o‘zgarishga  olib  keladi.  Bunday  o‘zgarishlarni  qayd  qilish  uchun  buxgalteriya 

hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi. 

Ikkiyoqlama  yozuv  shunday  yozuvki,  uning  natijasida  har  bir  xo‘jalik 

operatsiyasining  summasi  schyotlarda  ikki  marotaba:  bir  schyot  debetida  va  ayni 

vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki 

xo‘jalik  operatsiyalari  yuzaga  keltiradigan  o‘zgarishlar  ikkiyoqlama  xususiyatga 

ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta'sir etadi. 

1494  yilda  italiyalik  matematik  Luka  Pacholi  ikki  yoqlama  yozuv  usulini 

asoslab  bergan.  Uning  «Schyotlar  va  yozuvlar  to‘g‘risidagi  traktatida»  (lot. 

tractatus - muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» 

schyotlarda  aks  ettirish  va  «bermoq»  va  «ega  bo‘lmoq»  schyotlarning 

summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan. 

Ikkiyoklama  yozuv  vositasida  schyotlar  o‘rtasidagi  paydo  bo‘lgan  o‘zaro 

aloqa 


schyotlar 

korrespondentsiyasi 

deyiladi. 

Bu 

korrespondentsiyada 



qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. 

Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya 



provodka(o‘tkazma)si  deyiladi.  Buxgalteriya  provodkalari  oddiy  va  murakkab 

bo‘ladi. 



Oddiy  buxgalteriya  provodka(o‘tkazma)si  deb,  ma'lum  bir  xo‘jalik 

operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks 

ettirilishiga aytiladi. 

Murakkab  buxgalteriya  provodka(o‘tkazma)si  ma'lum  bir  operatsiyaning 

summasi  bir  schyotning  debeti,  boshqa  bir  qancha  schyotlarning  kreditida  yoki 

aksincha,  bir  schyotning  krediti  va  bir  nechta  schyotlarning  debetida  aks 

ettirilishidir. 



 

15 


 

Xo‘jalik  operatsiyalarini  schyotlarda  ikkiyoqlama  yozuv  usuli  bilan  aks 

ettirish tartibini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin. 

1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 so‘m naqd pul 

olib kelindi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida 

pul  mablag‘i  kamaydi,  kassada  esa  shu  summaga  ko‘paydi.  Bu  schyotlarning 

ikkalasi ham aktiv schyotlardir. 

 

Debet   5010(A)      Kredit 



Debet    5110 (A)       Kredit 

(+) 

(-) 

    1 500 000                                                                                            1 500 000 so‘mga           

    so‘mga kas-                                                                                        hisob-kitob schyo- 

    sada pul                                                                                              tida pul kamayishi 

     ko‘payishi 

 

2-misol.Kassadan  xodimlarga  1  500  000  so‘m  ish  haqi  berildi.  Ushbu 



xo‘jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish 

haqi yuzasidan qarzlar ham kamaydi. 

 

Debet   5010(A)      Kredit 

Debet    5110 (A)       Kredit 

 

(-) 

(-) 

 

  

1 500 000  



1 500 000  

 

 



so‘mga kas- 

so‘mga xodimlar   

 

sadagi pul mab- 



bilan ish haqi 

 

 



lag‘i kamayishi 

yuzasidan qarz- 

 

larning kama- 



 

yishi


 

16 


 

Buxgalteriya  hisobida  ikki  yoqlama  yozuv  usulidan  schyotlarda  xo‘jalik 

operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har 

bir  operatsiya  bir  xil  summaga  bitta  schyotning  debeti  va  boshqa  bir  schyotning 

kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, 

hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. 

 Shunday  tenglikning  bo‘lmasligi  schyotlarda  xatoga  yo‘l  qo‘yilganligidan 

dalolat beradi. 

 

2.2.  Sintetik va analitik hisob 

O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi  Qonunining 8 

–moddasi  “Sintetik  va  analitik  hisob”  deb  nomlangan  bo’lib,  unda  sintetik  va 

analitik hisobga quyidagicha ta’rif berilgan:  



Sintetik  hisob  qonun  hujjatlarida  belgilanadigan  tartibda  buxgalteriya 

hisobi  ob’ektlari  haqidagi  ma’lumotlarni  muayyan  iqtisodiy  belgilari  bo’yicha 

umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.  

Analitik hisob buxgalteriya hisobi ob’ektlari haqidagi batafsil buxgalteriya 

axborotini  shakllantirish  maqsadida  buxgalteriya  hisobining  sub’ekti  tomonidan 

mustaqil ravishda belgilanadigan tartibda yuritiladi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  zimmasidagi  mablag‘larning  holati  turli 

tuman  bo‘lib,  ularni  to‘liqligini  nazorat  qilish  buxgalteriya  hisobi  zimmasidadir. 

Mablag‘larni  turlari  bo‘yicha  hisobga  olishda  buxgalteriya  hisobi  schyotlaridan 

foydalaniladi.  Har  bir  schyot  bir  turli  mablag‘lar  harakatini  hisobga  olish  uchun 

belgilangandir. 

Masalan:  «Kassa»  schyotida  faqat  kassadagi  pul  mablag‘larining  kirim-

chiqimi  hisob-kitob  qilinadi  va  bu  to‘g‘risida  to‘liq  ma'lumot  olish  imkonini 

beradi. 


 

17 


 

Demak,  schyotlar  yordamida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  zimmasidagi 

mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar 

harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi. 

Har  bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  o‘z  mablag‘larini  to‘liqligini,  undan 

samarali  foydalanishni  nazorat  qilib  borish  maqsadida  sintetik  va  analitik  hisob 

schyotlaridan foydalanadi.  Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini 

va  ular  tashkil  topish  manbalari  holati  haqidagi  ma'lumotlarni  umumlashtirib,  pul 

o‘lchov  biriligida  aks  ettiriladigan  schyotlar  tizimiga  aytiladi.  Sintetik  schyotlar 

orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi. 



Analitik  (tahliliy)  hisob  schyotlari  esa  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularning 

manbalari  haqidagi  ma'lumotlarni  alohida  turlari  bo‘yicha,  aniq  ko‘rsatkichlar 

orqali ifodalaydi. Ya'ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy 

qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi. 

Analitik  hisob  schyotlari  miqdori  u  qo‘llanayotgan  korxona,  tashkilot  va 

muassasaning  iqtisodiyotning  qaysi  tarmog‘ida  ekanligi,  ularning  faoliyati  katta 

yoki  kichikligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Quyidagi  misollar  orqali  sintetik  va  analitik 

schyotlarni  bir-biridan  farqi  va  shu  bilan  birga  ularni  o‘zaro  bog‘liqligini  ko‘rib 

o‘tamiz. 

Misol uchun "Yoqilg‘ilar schyoti"ni olaylik: 

Boshlang‘ich  qoldig‘i  5000000  so‘m,  oy  davomida  kirimga  qabul  qilingan 

yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m; 

Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 

pulda  ifodalangan,  lekin  "Yoqilg‘ilar"  schyotida  uning  miqdori,  assortimenti,  bir 

birlik  mahsulot  bahosi  ko‘rsatilmadi.  Chunki,  yuqorida  sintetik  schyotlarda 

mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta'kidlagan edik. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatida  mablag‘larning  har  bir  turining 

harakati  alohida  o‘rganilishi  lozim,  chunki  ularni  harakatini  to‘g‘ri  tashkil  qilish 

birinchidan,  tegishli  mablag‘ga  bo‘lgan  talabni  aniqlash  bo‘lsa,  ikkinchidan 


 

18 


 

ularning  turlari  bo‘yicha  mulkning  but  saqlanishi  ustidan  nazorat  qilish  uchun 

etarli ma'lumot olishdir. 

Analitik  hisob  yordamida  mol-mulk  va  ularning  manbalari  turlari  bo‘yicha 

o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-

alohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. 

Analitik  kartochkaning  tuzilishini  yuqoridagi  misol  shartlaridan  foydalanib 

quyidagicha ko‘rinishdagi jadvalni keltiramiz: 



 

1030-"Yoqilg‘ilar" schyoti bo‘yicha  

Analitik schyot kodi: 1031 

 Mahsulot nomi: Benzin A-80  

Bahosi: 1040 so‘m  

O‘lchov birligi: litr 

 

№  Operatsiya mazmuni 



kirim 

chiqim 

qoldiq 

Miqdor



summasi  miqdori  summasi  miqdori  summasi 

 

Oy boshiga qoldiq 



— 

— 

— 



— 

1500 


1560000 

1.  


Asosiy ishlab chiqarishga 

berildi 


-  

— 

400 



416000 

1100 


1144000 

2.  


Mol etkazib beruvchilardan 

qabul qilindi 

500 

520000 


— 

— 

1600 



1664000 

3. 


Yordamchi ishlab 

chiqarishga 

— 

— 

800 



832000 

800 


832000 

4.  Ma'muriyatga berildi 

— 

— 

200 



208000 

200 


624000 

Oborot 


500 

520000 


1400 

1456000 


200 

624000 


 

 

 

 

 

19 


 

 

1030-"Yoqilg‘ilar" schyoti bo‘yicha 

Analitik schyot kodi: 1033 

Mahsulot nomi: Ko‘mir 

Bahosi: 60000 so‘m 

O‘lchov birligi: tonna 



 

№  Operatsiya 

mazmuni 

Kirim 

chiqim 

qoldiq 

 

 

miqdori  summasi  miqdori  summasi  miqdori  summasi 

 

Oy boshiga qoldiq 



— 

— 

— 

— 



40 

600000 


1.  Asosiy ishlab 

chiqarishga berildi 

— 

— 

— 



— 

— 

— 



2.  Mol etkazib 

beruvchilardan qabul 

qilindi 

— 

— 



— 

— 

— 



— 

3.  Yordamchi 

ishlab 

chiqarishga 



— 

— 

— 



— 

— 

— 



Oborot 

 

 



 

 

 



 

 

Keltirgan  misollardan  ko‘rinib  turibdiki,  tegishli  analitik  schyotlarning 



oboroti va oxirgi qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma'lumotlariga barobardir. 

Sintetik  va  analitik  (tahliliy)  schyotning  boshlang‘ich  hamda  oxirgi 

qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy 

summalariga teng bo‘lishi kerak. 

Bu  qoida  shundan  kelib  chiqqanki,  analitik  schyotlar  sintetik  schyotlar 

ma'lumotlarini  faqat  batafsil  ko‘rsatib  beradi  va  unda  umumiy  ko‘rinishda  aks 

ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, 

sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi 

barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak. 

Sintetik  schyotning  debeti  va  krediti  bo‘yicha  aylanma  summalari  tahliliy 

schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak. 


 

20 


 

Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha 

ochilgan  tegishli  analitik  schyotlar  aylanmalari  summalarining  tengligi  shu  bilan 

shartlanganki,  analitik  schyotlarga  ham  xuddi  sintetik  schyotlardagi  kabi  o‘sha 

muomalalarning  o‘zi  va  o‘sha  tomoniga  yoziladi.  Bunda  bir  nechta  analitik 

schyotlarga  yozilgan  muomalalar  summalari  har  doim  pirovardida  shu  muomala 

bo‘yicha  sintetik  schyotda  aks  ettirilgan  umumiy  summani  hosil  qiladi.  Hisobot 

davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari 

albatta solishtirib tekshirilishi kerak,  chunki  yo‘l  qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish 

va to‘g‘rilash uchun muhimdir. 

 

2.3.  Buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini umumlashtirish 

Xo‘jalik  faoliyatiga  rahbarlik  qilish  va  buxgalteriya  hisobining  to‘g‘ri 

yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va 

jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar zarurdir. 

Sintetik  va  analitik  hisobning  ma'lumotlarini  tekshirishda,  ma'lumotlar  har 

oyning  oxirida  schyotlardan  olinadi.  Lekin,  har  bir  schyotda  hisobning  bitta 

obyekti  bo‘yicha  ma'lumotlar  mavjud  bo‘ladi.  Barcha  mablag‘larni  yoki 

hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma'lumotlar 

bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot 

vedomost)larda mujassamlanadi. 

Aylanma  qaydnoma  (oborot  vedemost)  bu  buxgalteriya  hisobi  schyotlari 

yordamida  joriy  davrda  hisobga  olingan ma'lumotlarni  ma'lum  bir  vaqtga  (asosan 

bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi. 

Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 

1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 

2. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 

Aylanma  vedomostlarida  obyektlarning  boshlang‘ich  qoldig‘i,  oy  davomidagi 

xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi. 



 

21 


 

Sintetik  schotlarda  ma'lumotlar  umumlashtirilib,  faqat  pul  ko‘rsatkichida 

ifodalangani  uchun  sintetik  hisob  sintetik  schotlari  aylanma  vedomostlari 

qo‘yidagicha shaklda bo‘ladi: 



 

Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma 

vedomost 

20 ___  yil "  ____________ " oyi 

uchun 

(so‘m yoki ming so‘m) 

 

Schyotlar 

raqami 

Schyotlarning 

nomi 

Boshlang‘ich 

qoldiq 

Aylanma 

(oborot) 

Oxirgi qoldiq 

 

 

Debet  Kredit  Debet  Kredit  Debet  Kredit 

1. 

2. 

3. 

4. 

5. 

6. 

7. 

8. 

 

Aktivlar 



 



=3+5-6 


 

 

Passivlar 



 



  =4+6-5 



JAMI 

 

 



 

 

 



 

 

 



Aktiv  schyotlar  bo‘yicha  oxirgi  qoldiqlar  boshlang‘ich  qoldiqqa  debet 

oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Passiv  schyotlar  bo‘yicha  oxirgi  qoldiqni  topish  uchun  boshlang‘ich  qoldiqqa 

kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi. 

Aylanma  qaydnomadagi  ustunlar  bir  -  birovlariga  tegishli  tartibda  teng 

keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha 

boshlang‘ich  qoldiqlar  jamilarining  tengligi  balansning  har  xil  bo‘limlarida 

keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida 

bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. 

Barcha  schyotlar  debeti  va  kreditining  yakunlari  har  xil  bo‘lishi  mumkin  emas, 

chunki  barcha  muomalalar  schyotlarda  ikki  yoqlama  yozuv  bilan  aks  ettiriladi. 

Oxirgi  qoldiqlarning  tengligi  boshlang‘ich  qoldiqlarning  tengligiga  o‘xshab 

shartlanadi. 


 

22 


 

Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar 

summalaridan  foydalaniladi.  Gap  shundaki,  o‘ng  tomondagi  so‘ngi  ustunlarda 

ko‘rsatilgan  oxirgi qoldiqlarning  barchasi  birgalikda korxonaning  yangi  balansini 

anglatadi. 

Lekin  balansni  tuzish  aylanma  vedomostiga  sintetik  schyotlar  qoldiqlarini 

balans  jadvaliga  mexanik  o‘tkazishni  anglatmaydi.  Aylanma  vedomosti  faqat 

hisobot davrining oxiriga bo‘lgan korxona mablag‘lari holati to‘g‘risidagi dastlabki 

ma'lumotlargagina  egadir.  Unda  hisoblab  chiqarilgan  qoldiqlar,  balans  tuzishdan 

oldin  tekshiriladi  va  aniqlanadi.  Shuning  uchun  sintetik  schyotlar  bo‘yicha 

aylanma vedomostlar ko‘pincha tekshiruv balansi deb ham nomlanadi. 

Analitik  hisob  schyotlarida  esa  natura  va  boshqa  o‘lchov  birliklari 

qo‘llanilishi ular aylanma qaydnomasi shaklinining quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini 

taqazo etadi. 

 

 



" sintetik schotining analitik hisob schyotlari bo‘yicha 

aylanma vedomosti 

 

Obyektlar 

nomi 

O‘lchov 

birligi 

Bahosi  Boshlang‘ich 

qoldiq 

Kirim 

Chiqim 

Oxirgi 

qoldiq 

 

 

 

 

 

Miq-

dori 

Sum-

ma 

Miq-

dori 

Sum-

ma 

Miq-

dori 

Sum-

ma 

Miq-

dori 

Sum-

ma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

23 


 

Xulosa 

Zamonaviy  sharoitlarda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  faoliyatini  boshqarish 

jarayonida  ichki  va  tashqi  foydalanuvchilar  tomonidan  faoydalaniladigan 

buxgalteriya  hisobining  o’rni,  kerakligi  va  ahamiyati  oshib  bormoqda.  Ko’p 

turdagi  mulkchilik  shakllari  va  korxonalarda  vujudga  kelayotgan  xo’jalik 

vaziyatlari  sharoitlarida  ko’p  sonli  schyotlar  rejasidan  fodalanish  zaruriyati 

tug’iladi,  chunki  turli  foydalanuvchilar  buxgalterdan  turlicha  ma’lumotlarni  talab 

qiladi. 


Har  bir  schyotda  jamlanadigan  ma’lumot  har  xil  foydalanuvchilar,  ya’ni 

ichki bilan bir qatorda tashqi foydalanuvchilarning talablariga javob berishi lozim, 

chunki olingan ma’lumotlarning tahlili asosida korxonaning kelajakdagi moliyaviy 

faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv qarorlari qabul qilinqdi. 

Ushbu  ma’lumotni  olish  uchun  buxgalter  buxgalteriya  hisobining 

yuritilishining  umumiy  uslubiyatini  buzmagan  holda  ko’p  sonli  schyotlardan 

foydalanishi lozim. 

Korxona  va  tashkilotlar  tasdiqlangan  schyotlar  rejasiga  asosan  o’z  xo’jalik 

operatsiyalari buxgalteriya hisobiga oid ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishi va 

uni hisob siyosati bilan tasdiqlashi lozim. 

Korxonaning  schyotlar  rejasida  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  va  muomala 

tizimi jarayonlarining xususiyatlari hisobga olinishi lozim. 

Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  aytganda,  albatta  bosh  buxgalter  korxona 

buxgalteriyasidagi barcha xo’jalik muomalalarini ishchi schyotlar rejasiga muvofiq 

to’g’ri  amalga  oshirilishini  ta’minlashi  va  bosh  kitobda  o’z  vaqtida  aks  ettirib 

borishi kerak.              



 

 

 

24 


 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

1.  I.A.Karimov.  O’zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida.  -T.: 

O’zbekiston, 1995 -y. 

2. Sh.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda        

barpo etamiz. -T.: O’zbekiston, 2017.  

3«Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  -  xo‘jalik  faoliyati  buxgalteriya 

hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» 

4.  O’zbekiston  Respublikasining  2016  yil  13  apreldagi  “Buxgalteriya  hisobi 

to’g’risida”gi  Qonuni, O`RQ-404-sonli. 

5. O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. 

–T.: 2010 -y. 

6. A.A.Karimov va boshqalar “Buxgalteriya hisobi”. Darslik. –T.: “Sharq”NMAK, 

2004-y. 

7. K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit”. O`quv qo`llanma. –T.: “Oqituvchi”, 

2004-y. 

8.  I.K.Ochilov,  J.E.Qurbonboyev  “Moliyaviy  hisob”.  O`quv  qo`llanma.  –T.: 

“IQTISOD -MOLIYA”, 2007-y. 

9. A.Ibragimov va boshqalar “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”. O`quv qo`llanma. 

–T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2008-y. 

10.  F.G.Gulyamova,  U.T.Fayziyeva  “Yangi  hisobvaraqlar  rejasi  bo’yicha  3000  ta 

buxgalteriya o’tkazmalari ”. Ilmiy-amaliy qo’llanma. –T.: “NORMA”, 2007-y. 

11.  Ch.Rizayev  “Buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  o’zaro  bog’lanishi”.–T.: 

“NOSHIRLIK YOG’DUSI”, 2011-y. 

12.  D.Xolboyev,  U.N.Ibragimov  “Moliyaviy  hisob”.  O`quv  qo`llanma.  –  T.: 

“Cho’lpon”NMIU, 2016-y. 

      Internet saytlari: 



 

www.lex.uz

  

 

25 


 

www.mf.uz 

www.soliq.uz 

Ilovalar 


 

26 


 

 

 

27 


 

 

 

 

 

28 


 

 

 

 

29 


 

 

 

 

30 


 

 

 

 

31 


 

 

 

 

 

 

32 


 

 

 

 

 

33 


 

 

 

 

 

34 


 

 

 

 

 

 

 

 

35 


 

 

 

 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish