25-variant 1. Kredit riski va uni keltirib chiqaruvchi omillar. 2. Foiz stavkasi, turlari, ularga ta’sir etuvchi omillar va foiz marjasi.
Javob: Kredit tashkilotlari faoliyatini to`g`ri tashkil qilish, ularda mavjud risklarni minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning darajasini aniqlash va tahlil qilishdan iborat.Kredit riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi ya`ni kredit summasining (qisman yoki to`liq) va u bo`yicha foizlarning shartnomada ko`rsatilgan muddatlarda to`lanmasligi tushuniladi. Kredit risklarini aniqlash va baholash har qanday kredit tashkilotining rivojlanish hamda taraqqiy etish maqsadiga erishish uchun ishlatiladigan kurash usullarining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit risklarining kredit tashkilotlari uchun dolzarb muammoligi shundaki, kredit riski mavjud bo`lgan holda kreditorda qarz oluvchi tomonidan kredit shartnoma shartlarini, uning o`z majburiyatlarini belgilangan vaqtda bajara olish imkoniyatiga ishonchsizlik hosil bo`ladi.
Krеdit riskining yuzаgа kеlishigа quyidаgilar sаbаb bo’lishi mumkin:
turli хil mаkrо vа mikrоiqtisоdiy оmillаr, iqtisоdiy qоnunchilik vа mе’yordаgi o’zgаrishlаr;
qаrz оluvchi fаоliyatiga ta’sir qiladigan iqtisоdiy vаsiyosiy muhitdаgi o’zgаrishlаr, sаlbiy хоllаr tufаyli оlingаn krеditni to’lаshgа mоs pul оqimini tаshkil qilаоlmаslik;