krеditning tа’minlаngаnligi uchun оlingаn gаrоvning qiymаti vа sifаti bo’yichа to’liq ishоnchning yo’qligi;
yuqоri bilimgа egа bo’lgаn kredit tashkiloti хоdimlаri vа mijоzlаrning yеtishmаsligi;
qаrz оluvchi subyеktning mаhаlliy yoki dаvlаt miqyosidа оbro’sini tushib kеtishi, uning ishchаnlik fаоliyatidаn yuzаgа kеlgаn o’zgаrishlаr.
Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised) daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi, deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi (mortgage rate), deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi (commercial loan rate), deb ataladi. Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari hisob-kitob pul birligi (unit of account), to‘lov muddati (maturity) va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, yoki defolt riskidir (default risk).
• Hisobkitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
• Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha to‘lov muddati – bu davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi uzoq muddatlilarining foiz stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin.
• To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga u ning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim. Endi ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.
Foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq. Foiz riskini foiz marjasi orqali baholash mumkin. Foiz marjasi – bu olingan foizlar va to’langan foizlar o’rtasidagi farqdan iborat. Foiz marjasi koeffitsenti ma’lum vaqtda uning xaqiqiy darajasin ko’rsatadi va quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: K = ma’lum davrda olingan foizlar – shu davrda to’langan foizlar*100/ daromad keltiruvchi aktivlarning o’rtacha qoldig’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |